#Adliya_aksiya
Doʻstlik tuman adliya boʻlimi xodimlari “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida uy taʼlimi asosida tahsil olayotgan oʻquvchi yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida taʼlim muassasalari tomonidan dars soatlarining belgilanishi va oʻquv qurollari bilan taʼminlanganligi oʻrganilib, oʻquvchi yoshlarning muammolari va takliflari tinglandi.
Shu bilan birga, tumanning “Sanoatchilar” mahallasida yoshlar va ularning ota-onalari oʻrtasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida yoshlarning muammolariga huquqiy tushuntirishlar berildi. Ish yurituviga olingan murojaatlar sohalar kesimida koʻrib chiqilib, ijrosi taʼminlanishiga eʼtibor qaratildi.
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
Adliya vaziri Fargʻona davlat universitetida yoshlar bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻona davlat universitetining yuridik fakultetida hamda Fargʻona yuridik texnikumida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdi.
Adliya vaziri dastlab Universitetda tashkil etilgan muzey bilan tanishdi. Shundan soʻng talabalar bilan davra suhbati oʻtkazildi. Suhbat davomida Adliya vaziri talabalarga taʼlim tizimidagi islohotlar, sohadagi dunyo tajribasi, taʼlim tizimida yoshlarga yaratilgan imtiyozlar va imkoniyatlar haqida soʻzlab berdi.
Shuningdek, tadbirda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif, mulohazalar tinglandi, ular tomonidan berilgan savollarga Adliya vaziri batafsil javob berdi. Tadbir soʻngida faol yoshlarga Adliya vazirining sovgʻalari topshirildi.

#Adliya_hudud
Yetim bolalar huquqlari ta'minlanyaptimi?
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari, ularning ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq masalalar davlat idoralari e'tibor markazida bo‘lib kelgan.
Xususan, adliya idoralari ham ushbu jarayonda bevosita manzilli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, tuman (shahar) adliya organlari joylarda bo‘lib yetim va ota-onasining yoki qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga huquqiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.
Ularning o‘zlari va qonuniy vakillari bilan uchrashib, huquqlari, ular uchun taqdim etiladigan imtiyozlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar tushuntirilmoqda. Shuningdek, ularni qiynayotgan muammolar, huquqiy murojaatlari o‘rganilmoqda.
👉Batafsil

Buxoro viloyatida intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi hamda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Buxoro viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.

Nogironligi boʻlgan bolalar va yoshlarning murojaatlari oʻrganildi
Navoiy viloyatida viloyat Nogironlar jamiyatiga aʼzo I, II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar 25 ming nafarni tashkil etadi, ularning 8 mingdan ortigʻi yoshlar.
Adliya boshqarmasi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida nogironligi boʻlgan bolalar va yoshlar hamda ularning ota-onalari uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Muloqot avvalida Adliya vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan huquqiy aksiya mazmun-mohiyati yuzasidan tushuncha berilib, qonunchilikdagi yangiliklar, bolalar va yoshlar huquqlariga oid tartiblar toʻgʻrisida aytib oʻtildi.
Shundan soʻng, yigʻilganlarning murojaati tinglandi. Jismida nuqsoni bor kishi aksariyat hollarda ijtimoiy koʻmakka muhtoj boʻladi. Reabilitatsiya koʻriklari, uy-joy va dori-darmon taʼminoti doimiy ehtiyojlardan. Sayyor qabul davomida shu kabi masalalar eʼtibor markazida boʻldi.
Ayniqsa, nogironligi boʻlgan yoshlar uchun oliy taʼlim muassasasiga kirish, tashkilotlarda shu toifadagi fuqarolar uchun moʻljallangan ish oʻrinlari, tegishli tashkilotlar tomonidan beriladigan maxsus yoʻllanmalar umumiy nazorati, uy-joy taʼmiri, chet davlatlarda davolanish imkoniyati shuningdek, nogironlik aravachalari olish singari masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 15-may kuni Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kengash a’zolari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda o‘tgan davr mobaynida Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, shuningdek rejalashtirilgan masalalar muhokama qilindi.
Tadbirda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengash raisi J.Nuritdinov Kengash tomonidan so‘nggi yillarda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilgan tadbirlar hamda idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining 2024-yilda amalga oshirilgan va oshiriladigan ishlari xususida ma’ruza qildi.
Shuningdek, “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyalar tomonidan sud-xatshunoslik ekspertizasi uchun namunalarni taqdim qilinishi yuzasidan” uslubiy tavsiyalar hamda “Quyosh energiyasidan foydalanishda quyosh panellarining holatini aniqlash hamda ularning ahamiyati bo‘yicha ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribalarini o‘rganish natijasi” yuzasidan tayyorlangan tahliliy ma’lumot ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, jamiyatimizda quyosh panellaridan bugungi kunda keng foydalanilayotganligi qayd etilib, ushbu yo‘nalishda tadqiqot turini joriy qilish lozimligi ma’qullandi.
Shu bilan birga, “Mobil qurilmalar ekspertizasi” nomli uslubiy tavsiyaning taqdimoti va uni yagona uslubiyotlar reyestriga kiritish hamda joriy yilda ko‘rib chiqiladigan sud-tibbiy ekspertiza faoliyatida foydalanib kelinayotgan uslubiy tavsiyalarning ro‘yxatini tasdiqlash masalalari ham batafsil muhokama qilindi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
Bugun Samarqand viloyatidagi davlat xizmatlari markazlari ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish uchun kelgan fuqarolar bilan gavjum bo‘ldi.
Kun davomida markazlar orqali 6200 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatildi. Shundan 2000 mingdan ziyodi aynan subsidiya bilan bog‘liq. Xususan, Samarqand shahar davlat xizmatlari markazi kun davomida 1 350 ta xizmat ko‘rsatgan bo‘lib, ularning 570 dan ortig‘i subsidiya bo‘yicha.