ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Jannat onalar oyog‘i ostida” filmidan ruxsatsiz foydalangan shaxslar jarimaga tortildi

Аdliya vazirligi tomonidan huquq egasining murojaatini ko‘rib chiqish davomida Qirg‘iziston Respublikasi ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmi huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan namoyish etilganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.

Mualliflik va turdosh huquq obyektlaridan ruxsatsiz, noqonuniy ravishda foydalanish javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Hurmatli fuqarolar, agarda sizning mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish maqsadida tegishli tartibda sudga yoki Adliya vazirligiga murojaat qiling. 

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov Buxoro viloyat Qorako’l tumani adliya boʻlimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Uchrashuvda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda tuman adliya boʻlimining faoliyatini yanada jonlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Buxoro viloyati Qorako’l tuman adliya bo’limi, yuridik xizmat ko’rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo’limi xodimlari bilan o'tkazilgan yuzma-yuz muloqotda sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha fikr-mulohazalar tinglandi.

Shu bilan birga, vazir o’rinbosari tomonidan “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali yuridik xizmat ko’rsatish markazlariga kelib tushgan hujjatlar bilan tanishib, yuridik markaz tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarni yanada sifatli bajarish bo’yicha tavsiyalar berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Prezident Farmoni hayotda va nazoratda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  2022-yil 14-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 5.3-bandida Agentlik maktablarini taʼmirlash, zamonaviy oʻquv qurollari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mebel va oʻquv-laboratoriyalar bilan jihozlash choralarini koʻrish, oʻquvchilarga yashash va ovqatlanish uchun zarur sharoitlarni yaratish topshirigʻi belgilangan.

Adliya vaziri Qo‘qon shahridagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari markazlari mahallalarga “ko‘chib” o‘tmoqda


Farg‘ona viloyatining tuman va shahar maʼmuriy markazlaridan olisda bo‘lgan 10 ta MFYlar hududiga interaktiv kioskalar o‘rnatildi. Ayni kunlarda aholi ushbu interaktiv kioskalar yordamida 37 turdagi xizmatlardan (yil ohiriga qadar 70 taga yetkaziladi) foydalanishi mumkin.

Shunday interaktiv kiosklardan biri adliya vaziri ishtirokida "G‘alchasoy" MFY binosiga tantanali joylashtirildi. A.Toshqulov MFY aholisiga interaktiv kioskalar bilan ishlash tartibi va afzalliklari haqida tushuntirish berdi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev, Jizzax viloyat boshqarmasi boshligʻi A.Ergashev ishtirokida Arnasoy tumanidagi “Bobur” MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Tuman hokimi, sektor rahbarlari, profilaktika inspektori, mahalla, xotin-qizlar va yoshlar masalalari boʻyicha masʼullar hamda davlat organlari va tashkilotlari vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan qabul davomida hudud aholisi bilan suhbatlashildi.

Aksariyat murojaatlarga huquqiy maslahat berish orqali masalaning yechimiga toʻgʻri yoʻnalish koʻrsatilgan boʻlsa, bevosita sohaga aloqador murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Shu bilan birga hudud aholisi uchun sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ Firma nomi nima va firma nomiga bo‘lgan huquqni himoya qilish usullari qanday?

— Firma nomi yuridik shaxs bo‘lgan tijorat tashkilotining individual nomi bo‘lib, unga doir mutlaq huquq yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtda yuzaga keladi.

Yuridik shaxs to‘liq firma nomi bilan birga qisqartirilgan firma nomiga ham ega bo‘lishi mumkin.

Yuridik shaxsning firma nomida uning tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilishi kerak.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda firma nomida yuridik shaxs faoliyatining xususiyati ko‘rsatilishi kerak.

Firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquqni undan noqonuniy foydalanishdan himoya qilish:
▫️yuridik shaxsning ishchanlik obro‘sini himoya qilish maqsadida sud qarori to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish;
▫️noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o‘rovlardan huquqbuzar hisobidan olib tashlash;
▫️ noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o‘rovlardan olib tashlash mumkin bo‘lmagan taqdirda, ularni huquqbuzar hisobidan yo‘q qilib tashlash;
▫️kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o‘rovlarni firma nomiga bo‘lgan huquqqa egalik qiluvchi yuridik shaxsga berish orqali amalga oshiriladi.

Firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquqni undan noqonuniy foydalanishdan himoya qilish qonunchilikka muvofiq boshqacha usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-51-son Qonuni


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM