Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik
Endi avtomototransport vositasini sotish jarayonida turmush o‘rtog‘ingizni roziligi arizasini notarial idoraga bormasdan dunyoni istalgan joyidan rasmiylashtirishingiz mumkin.
Rozilik beruvchi E-notarius.uz axborot portalida “Er-xotin umumiy tasaruffidagi mol-mulkni tasarruf etishga rozilik”ni tanlaydi, o'zining shaxsiga oid ma'lumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi:
▫️rozilik beruvchi qaysi Avtomototransportni sotishga rozilik berayotganini kiritadi;
▫️avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi;
▫️notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;
▫️belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi.
Siz ushbu notarial harakatni uyingizdan yoki ish joyingizdan chiqmagan holda kompyuter yoki mobil telefoningiz orqali 15 minutda rasmiylashtirishingiz mumkin.
@adliyangiliklari

#Onlayn_muloqot
💬Onlayn muloqot: "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi'' aksiya yakuni. Natijalar va xulosalar
Onlayn muloqot bugun, 5-aprel kuni soat 16:00 da vazirlikning “Adliya bilan muloqot/Диалог с юстицией” guruhi va yutubdagi “Adliya vazirligi — Ministry of Justice” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.
Mavzu yuzasi bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.
Savollarga Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti mas'ul xodimlari javob beradi.
❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

#Adliya_xabari
Fargʻona viloyatida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar litsenziyalarining toʻxtatilganligi haqida xabar
“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-2-moddasiga muvofiq Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2024-yil 5-apreldagi 81-um-son buyrugʻiga asosan:
▫️ Farg‘ona shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar A.Karimovga (litsenziya FA 0065, 2020-yil 8-sentabr);
▫️Farg‘ona shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius M.Mirzajonovga (litsenziya FA 0066, 2020-yil 15-oktabr);
▫️ Bag‘dod tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Z.Nishonovaga (litsenziya FA 0064, 2020-yil 15-oktabr);
▫️Oltiariq tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius N.Zufarovga (litsenziya FA 0067, 2020-yil 15-oktabr) berilgan xususiy amaliyot bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati va notariuslik maqomi 2024-yilning 6-aprel kunidan 1 oy muddatga;
▫️Farg‘ona shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius F.Boltaboyevga (litsenziya FA 0048, 2020-yil 21-aprel) berilgan xususiy amaliyot bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati va notariuslik maqomi 2024-yilning 6-aprel kunidan 6 oy muddatga toʻxtatilganligi maʼlum qilinadi.

#Adliya_tayinlov
Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markaziga yangi rahbar tayinlandi
Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Esemurat Sultamuratovich Kanyazov tayinlandi.
Esemurat Kanyazov 1971-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Shumanay tumanida tug‘ilgan.
Ma'lumoti oliy, 1993-yilda Moskva davlat avtomobil yo‘llari instituti, 1999-yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan, muxandis-quruvchi, huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 1996-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining maslahatchisi lavozimidan boshlagan. Adliya organlari tizimida turli mas'ul rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Esemurat Kanyazov Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Adliya vazirligi jamoasi Esemurat Sultamuratovichni ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va muvaffaqiyat tilaydi!

#Adliya_hudud
Davlat xizmatlari mahallalarda
Aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini qondirish, xizmatlardan foydalanishda ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish Samarqand viloyat adliya boshqarmasining doimiy e'tiborida bo‘lib kelgan. Bu gal Bulung‘ur tumanining "Samarqand" mahallasi aholisi ana shunday qulaylikdan bahramand bo‘ldi.
Tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi xodimlari zamonaviy, mobil avtobusda hudud aholisi uchun sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatishdi. shu kuni fuqarolar 50 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishdi. Shuningdek, xodimlar tomonidan aholiga huquqiy maslahatlar berilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

ADLIYA YANGILIKLARI
#Onlayn_muloqot 💬Onlayn muloqot: "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi'' aksiya yakuni. Natijalar va xulosalar Onlayn muloqot bugun, 5-aprel kuni soat 16:00 da vazirlikning “Adliya bilan muloqot/Диалог с юстицией” guruhi va yutubdagi “Adliya vazirligi — Ministry…
#Adliya_onlayn
"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi'' aksiya yakuni. Natijalar va xulosalar
⚡️ Onlayn muloqot boslandi: https://www.youtube.com/embed/pYUQt8kVfbI
@adliyangiliklari
"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi'' aksiya yakuni. Natijalar va xulosalar
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
“On-line” muloqot.
Mavzu: "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiya yakuni. Natijalar va xulosalar
#Adliya_xabari
Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi
Adliya vazirligi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining bosh maslahatchisi Jamshid Baxtiyor o‘g‘li Mirzayev 2024-yilning mart oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.
Jamshid Mirzayev vazirlikdagi mehnat faoliyatini 2019-yilda Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining 1-toifali ish yurituvchi–kotibi sifatida boshlagan. 2020–2022-yillarda ushbu boshqarmada turli lavozimlarda ishlagan.
2022-yilning oktabr oyidan boshlab Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining bosh maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
J. Mirzayev tadbirkorlik, moliya-kredit, soliq va iqtisodiyotning boshqa qator tarmoqlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda, yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish sohasida samarali faoliyat yuritmoqda.
Vazirlik jamoasi Jamshid Mirzayevni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

Boshqarmada seminar tashkil etildi
Toshkent viloyati adliya boshqarmasida mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyatlari xodimlarining bilim va malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv seminar tashkil etildi.
Oliy Majlisi Senati vakillari, Adliya vazirligi mutaxassislari yig‘ilganlarga jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining roli, mahalliy Kengashlar zimmasidagi vazifa va funksiyalar yuzasidan batafsil ma'lumotlar berib o‘tishdi.
Xususan, Prezidentimizning “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi va uning mazmun-mohiyati, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan xalq deputatlari Kengashlarining nazorat funksiyalarini kengaytirish maqsadida ularga o‘ndan ortiq qo‘shimcha vakolatlar berilganligi, prokuratura, adliya, ichki ishlar, moliya, soliq, ekologiya va sog‘liqni saqlash organlari rahbarlarining hisobdorligi belgilab qo‘yilganligi ta'kidlab o‘tildi.

Asakada ishsiz yoshlarni bandligi ta’minlandi
Ma’lumki, adliya organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlarning bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olishi, subsidiya ajratilishiga ko‘maklashish belgilangan.
Shunga ko‘ra, Asaka tuman adliya bo‘limi tomonidan Asaka tuman “Farovon” MFY hududida yashovchi doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida ularga yer maydonlari ajratib berilishi ta’minlandi.
Xususan, tuman adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar M.Xolmatov, Sh.Matmusayev va M.Xasanovalarga dehqonchilik qilishi uchun ajratib berilgan yer maydonlariga xozirda kartoshka, karam va pomidor ko‘chatlari ekilib ushbu ajratilgan yer maydonlaridan unumli foydalanib kelinmoqda.

#Yashil_makon
ADLIYA BOG'IGA NIHOLLAR EKILDI
Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahorgi ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Ushbu jarayonda adliya xodimlari ham faol ishtirok etib, yashil tabiat rivojiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda qu‘yi tizimlari xodimlari ko‘chat ekib, hududlarni obod qilish harakatida yeng shimardilar.
Qarshi tumani "Chaman" MFY hududidan ajratilgan salkam 70 sotix yer maydonida “Adliya bog‘i” tashkil qilindi.
Chindan ham, ushbu xayrli tashabbus ko‘ngildagidek bajarilishida jamoaviy birdamlik juda muhim.
Shu kuni “Adliya bog‘i”ga hashar yo‘li bilan 2000 dan ortiq atirgul ko'chatlari hamda 2000 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

— Hamjihatlikda hikmat ko‘p, bu jamoa ahilligini, birdamligini hamda ishga bo'lgan ishtiyoqni ko'rsatadi, — deydi Qarshi shahar adliya bo'lim boshlig'i Murod Eshnazarov.