ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan joriy yilning 26–28-mart kunlari Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi rahbar va xodimlarining bilim va koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar” qisqa muddatli sayyor o‘quv kurslari bo'lib o'tmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

📣 Huquqiy aksiya 1-aprelga qadar davom etadi

"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasidagi ishlarni to‘liq yakuniga yetkazish maqsadida aksiya muddati 1-aprelga qadar uzaytirildi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targʻib qilish, fuqarolarimizning bilimlarini oshirishga qaratilgan “Islohotlarga daxldorman” loyihasiga start berilgan. Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuridik texnikumida uchrashuv tashkil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Bugun Samarqand viloyatidagi barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlarida yoshlar uchun "Ochiq eshiklar kuni" e'lon qilingan.

Yoshlar adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari faoliyati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar jarayoni va turlari bilan tanishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda oʻtkazilayotgan “Islohotlarga daxldorman” loyihasi jamoasi Qarshi shahridagi Nuriston akademik litseyida boʻlishdi.

Talabalar ishtirokida yoshlarga oid qonunchilik, yoshlar siyosati, islohotlar rivojiga daxldorlik va huquqiy mavzularda suhbatlashdi. “Tengdosh tengdoshga” tamoyili asosidagi ushbu tadbirlar bahs-munozara shaklida davom etdi.

Loyiha doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yuridik_klinika

❓Ijtimoiy tarmoqlarda davlat xizmatchisini obro’sizlantirish va ularga nisbatan tuhmat qilganlik uchun qonunchilikda qanday javobgarlik mavjud? Ushbu savolga video orqali batafsil javob olishingiz mumkin.

❗️Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan "Yuridik klinika" ko‘rsatuvining navbatdagi sonini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin 👉 https://www.youtube.com/embed/mT51xgEPZ10

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi mas'ul xodimlari va TDYU o‘qituvchilari davlat tashkilotlarida mehnat qonunchiligi va xodimlar huquqlari haqidagi savollarga javob berdi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM