ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

📹 Mirishkorlik tadbirkorning zarari undiriladigan bo'ldi

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Davlat xaridlarini amalga oshirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Xotin_qizlar_huquqi

Qonunchilikka ko'ra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning bolalari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Kosonsoy tumani boʻyicha 208 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib berildi.

Xususan, Kosonsoy tumanida yashovchi 78 yoshli Abdurasul Gulamov va 71 yoshli Begali Sadirovga tugʻilganlik haqidagi takroriy guvohnomalari topshirildi.

Maʼlumot uchun, huquqiy aksiya doirasida Kosonsoy tumani boʻyicha 208 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib berildi:
🔹77 nafar shaxslarga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar takroriy berildi;
🔹16 nafar shaxslarning uzoq yillar davomida rasmiylashtirilmay qolib ketgan olimi qayd etilib, oʻlim haqidagi guvohnomalar berildi;
🔹57 nafar shaxslarga tugʻilganlik, nikoh va oʻlim haqida takroriy guvohnomalar berildi;
🔹58 nafar sharʼiy nikoh asosida oila qurib yashab kelayotgan oilalarning nikohlari qonuniy rasmiylashtirildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

“Huquqiy axborot kuni” loyihasi doirasida o'tkaziladigan viktorina savollarida siz ham ishtirok etib, sovg'alarni qo'lga kiritishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

AKSIYA OLIS HUDUDLARGA HAM YETIB BORDI

Kitob tuman markazidan 80 km uzoqlikda joylashgan “Kuxsor” mahalla fuqarolar yigʻini tumanning olis togʻli hududi hisoblanadi. Togʻliklar kerakli yumush bilan tuman markaziga har doim ham bora olishmaydi.

Baʼzida uzoq masofa sabab boʻlsa , baʼzida ob — havoning noqulayligi xalaqit beradi. Kuxsor qishlogʻida yashovchi Xomidovlar oilasi shu kunga qadar sharʼiy nikohda yashab kelayotgan edi. Vaqtida olinmagan nikoh hujjati sababli tugʻilgan farzandlariga ham guvohnoma olisholmadi.

Kitob tuman FHDY boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan xatlovlar jarayonida holat aniqlanib, fuqarolar U.Xomidov va N.Xoliqulovalarning nikohi rasmiylashtirib berildi hamda bir nafar farzandlarining tugʻilish guvohnomasi ham yashash manziliga sayyor tartibda yetkazildi. Aksiya davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yevrosiyo patent idorasi prezidenti G. Ivliyev “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasiga tashrif buyurdi

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasida Yevrosiyo patent tashkilotining Yevrosiyo patent idorasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Intellektual mulk markazi direktori B.Sagdullayev O‘zbekistonda intellektual mulk sohasining so‘nggi yillarda rivojlanishi, amalga oshirilayotgan islohotlar, olib borilayotgan ishlar, sohaga oid xalqaro hamkorlik va kelgusi rejalar bilan mehmonlarni tanishtirdi.

O‘z o‘rnida Yevrosiyo patent tashkilotining Yevrosiyo patent idorasi prezidenti G. Ivliyev o‘z tashkilotining tarixi, belgilangan maqsadlar, ushbu tashkilotga qo‘shilishning afzalliklari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Bundan tashqari, G. Ivliyev Intellektual mulk markazining mutaxassislarini Yevrosiyo patent idorasida stajirovka o‘tishi imkoniyatlari, malakalarini oshirishlari va ikkitomonlama hamkorlikni yanada kuchaytirish kerakligini belgilab o‘tdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Maktab bitiruvchilarini DXM xizmatlaridan onlayn foydalanishlari uchun maxsus kurslar tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Adliya vazirligi tomonidan vazirlik, idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati mas'ul xodimlariga “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish doirasida ma'muriy hujjat va ma'muriy ish yuritish mavzularida onlayn trening tadbiri tashkil etildi.

Joriy yilning 15-mart kuni Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti mas'ul xodimlari tomonidan vazirlik, idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati mas'ul xodimlariga “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish doirasida ma'muriy hujjat va ma'muriy ish yuritish mavzularida onlayn trening tadbiri tashkil etildi.

Bunda ma'muriy organlar tomonidan ma'muriy hujjat qabul qilish vakolati, uning shakliga rioya qilish, asoslantirilishi, kuchga kirishi, amaliyotda yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar hamda ma'muriy ish yuritish tushunchasi va bosqichlari yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

16-18 mart — umumxalq  xayriya hashari kuni.

Shu munosabat bilan bugun  Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari hamda  FHDY bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari  xodimlari erta tongdan "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida  umumxalq xayriya hasharida faol qatnashishdi. Bahamjihat bo‘lib obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdi.

Binolar saranjom-sarishta ko‘rinishga keltirilib, atrof-muhit tozalandi. Joylarda  ko‘kalamzorlashtirish, gul ekish ishlari bajarildi.

Har bir xodim ishni yaxshi kayfiyatda o‘z xonasini tartibga keltirishdan boshladi. Shundan so‘ng, tevarak-atrof tartibga keltirilib, ariq-zovurlar tozalandi. Daraxtlarga shakl berilib, yangi ko‘chat ekish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarga qo‘shimcha parvarish berish ishlari olib borildi.

@adliyangiliklari