ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bugundan Samarqandda 4 nafar notarius litsenziyasi to‘xtatildi.


Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 11-martdagi qaroriga asosan boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan

▫️Pastdarg‘om tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius F.Suvanov,
▫️Payariq tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Tashtemirov,
▫️Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius L.Narzullayeva va F.Baxramovalarga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 2024-yil 14-martdan 15 kunga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya organlar tizimida haftaning har chorshanba kuni "Huquqiy axborot kuni" sifatida e'lon qilingan. Loyiha doirasida yoshlar jamoalari, ta'lim muassasalari, aholi gavjum maskanlar, bog‘ va xiyobonlarda targ‘ibot tadbirlari, viktorina, fleshmob, ochiq muloqotlar va test sinovlari o‘tkazib kelinmoqda. Navoiy viloyat adliya organlari tizimida ham mazkur aksiya amalda.

"Huquqiy axborot kuni"
loyihasi doirasida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlari "Ekologiya huquqi" yo‘nalishida bo‘lib o‘tdi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

⚡️AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing boshlandi.

Mavzu: Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U. Maxmudov tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Qo‘shtepa tumani "Fayz" mahallasida yashovchi I.Arabov 12 yildan buyon nogironlik guruhiga chiqa olmayotganligidan shikoyat qilgan edi.

Uning murojaati o‘rganib chiqilib, adliya xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikka olib borildi, tegishli hujjatlar rasmiylshtirilib, qonunchilikda belgilangan taribda 2-guruh nogironligiga chiqarildi.

Shu bilan birga ushbu yoshga nogironlik nafaqasi tayinlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Namibiyadagi intellektual mulk va genetik resurslar boʻyicha mintaqaviy yigʻilishda Oʻzbekiston vakili ishtirok etdi

Intellektual mulk, genetik resurslar va genetik resurslar bilan bogʻliq anʼanaviy bilimlar boʻyicha mintaqalararo yigʻilish, 2024-yil 12-martda Svakopmund shahrida (Namibiya) boshlandi.

Tadbirda Oʻzbekiston nomidan Adliya vazirligi masʼuli ishtirok etdi. Ushbu tadbir Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) va Namibiya Biznes va intellektual mulk organi (BIPA) tomonidan IP, genetik resurslar va genetik resurslar bilan bogʻliq anʼanaviy bilimlar bilan bogʻliq xalqaro huquqiy hujjat boʻyicha asosiy taklifni muhokama qilish uchun tashkil etildi. Ushbu tadbirda BIMT vakillari va 30 ta aʼzo davlat vakillari ishtirok etmoqda.

Viloyat gubernatori, Namibiya hukumati vakillari, BIPA rahbari va BIMT Bosh direktori yordamchisi ishtirokchilarni qutlab, genetik resurslar bilan bogʻliq boʻlgan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish muhimligini taʼkidladilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Yevrosiyo patent tashkiloti vakillari bilan uchrashdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov 13-mart kuni Yevrosiyo patent idorasi prezidenti Grigoriy Ivliyev bilan uchrashdi. Yevrosiyo patent tashkiloti Yevrosiyo mintaqasida joylashgan bir qator davlatlarning patent tizimining ishlashi, ixtirolar va sanoat namunalarini huquqiy muhofazaga olish bilan bogʻliq maʼmuriy vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan xalqaro hukumatlararo tashkilot hisoblanadi.

Uchrashuv boshida tomonlar intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofazaga olish va ularni tijoratlashtirish — iqtisodiyotni rivojlantirishdagi asosiy masalalardan biri ekanligi, globallashuv davrida milliy intellektual mulk tizimini doimiy ravishda takomillashtirib borish zarurligini alohida qayd etib oʻtishdi.

G.Ivliyev oʻz navbatida, Yevrosiyo hududidagi davlatlarning mazkur tashkilotga aʼzo boʻlishi ushbu davlatlar oʻrtasida intellektual mulk sohasidagi oʻzaro hamkorlikni kuchaytirishiga va maʼmuriy tartib-taomillarni soddalashtirish uchun zamin yaratishini taʼkidladi.

Shu bilan birga, mehmonlar intellektual mulk sohasida yuridik kadrlarni tayyorlashda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini, jumladan, intellektual mulk sohasidagi mutaxassislarning malaka oshirish kurslarida, stajirovkalar va ushbu sohadagi har qanday taʼlim yoʻnalishidagi izlanishlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

📹 Mirishkorlik tadbirkorning zarari undiriladigan bo'ldi

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Davlat xaridlarini amalga oshirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Xotin_qizlar_huquqi

Qonunchilikka ko'ra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning bolalari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Kosonsoy tumani boʻyicha 208 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib berildi.

Xususan, Kosonsoy tumanida yashovchi 78 yoshli Abdurasul Gulamov va 71 yoshli Begali Sadirovga tugʻilganlik haqidagi takroriy guvohnomalari topshirildi.

Maʼlumot uchun, huquqiy aksiya doirasida Kosonsoy tumani boʻyicha 208 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib berildi:
🔹77 nafar shaxslarga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar takroriy berildi;
🔹16 nafar shaxslarning uzoq yillar davomida rasmiylashtirilmay qolib ketgan olimi qayd etilib, oʻlim haqidagi guvohnomalar berildi;
🔹57 nafar shaxslarga tugʻilganlik, nikoh va oʻlim haqida takroriy guvohnomalar berildi;
🔹58 nafar sharʼiy nikoh asosida oila qurib yashab kelayotgan oilalarning nikohlari qonuniy rasmiylashtirildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

“Huquqiy axborot kuni” loyihasi doirasida o'tkaziladigan viktorina savollarida siz ham ishtirok etib, sovg'alarni qo'lga kiritishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

AKSIYA OLIS HUDUDLARGA HAM YETIB BORDI

Kitob tuman markazidan 80 km uzoqlikda joylashgan “Kuxsor” mahalla fuqarolar yigʻini tumanning olis togʻli hududi hisoblanadi. Togʻliklar kerakli yumush bilan tuman markaziga har doim ham bora olishmaydi.

Baʼzida uzoq masofa sabab boʻlsa , baʼzida ob — havoning noqulayligi xalaqit beradi. Kuxsor qishlogʻida yashovchi Xomidovlar oilasi shu kunga qadar sharʼiy nikohda yashab kelayotgan edi. Vaqtida olinmagan nikoh hujjati sababli tugʻilgan farzandlariga ham guvohnoma olisholmadi.

Kitob tuman FHDY boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan xatlovlar jarayonida holat aniqlanib, fuqarolar U.Xomidov va N.Xoliqulovalarning nikohi rasmiylashtirib berildi hamda bir nafar farzandlarining tugʻilish guvohnomasi ham yashash manziliga sayyor tartibda yetkazildi. Aksiya davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yevrosiyo patent idorasi prezidenti G. Ivliyev “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasiga tashrif buyurdi

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasida Yevrosiyo patent tashkilotining Yevrosiyo patent idorasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Intellektual mulk markazi direktori B.Sagdullayev O‘zbekistonda intellektual mulk sohasining so‘nggi yillarda rivojlanishi, amalga oshirilayotgan islohotlar, olib borilayotgan ishlar, sohaga oid xalqaro hamkorlik va kelgusi rejalar bilan mehmonlarni tanishtirdi.

O‘z o‘rnida Yevrosiyo patent tashkilotining Yevrosiyo patent idorasi prezidenti G. Ivliyev o‘z tashkilotining tarixi, belgilangan maqsadlar, ushbu tashkilotga qo‘shilishning afzalliklari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Bundan tashqari, G. Ivliyev Intellektual mulk markazining mutaxassislarini Yevrosiyo patent idorasida stajirovka o‘tishi imkoniyatlari, malakalarini oshirishlari va ikkitomonlama hamkorlikni yanada kuchaytirish kerakligini belgilab o‘tdi.

@adliyangiliklari