ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Ijro intizomi — samaradorlik omili” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov olib borgan seminarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy hokimliklar hamda xo‘jalik birlashmalarining rahbarlari va ijro intizomiga mas'ul xodimlari jonli tarzda 200 ga yaqin va video-konferens-aloqa tarzda 800 dan ortiq xodimlar ishtirok etishdi.

Bugungi tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad avvalo shunday tizimli muammolarni aniqlash, ularni bevosita ijrochilar bilan muhokama qilish hamda bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishdir.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

Adliya ko’magi bilan bitta oilaning 6 nafar farzandlari tug’ilganlik haqida guvohnoma olish huquqiga ega bo’ldi

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❓Notarius qabuliga yozilish tartibidan xabardormisiz?

Batafsil 👉videoda

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

Aksiya doirasida Qo‘shtepa tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan xatlov ishlari amalga oshirilib, tumanning "Fayz" mahallasida yashovchi oilaning nikoh guvohnomasi mavjud emasligi aniqlandi.

Xususan, fuqarolar T.Kazakov va X.Yusupovalar 30 yildan beri birga yashab kelayotgan bo‘lib, turmush davomida 2 nafar farzandli bo‘lganlar. Biroq, ularning qonuniy nikohlari qayd etilmagan.

Qo‘shtepa tuman FHDY bo‘limi tomonidan ularning nikohlari qonuniy rasmiylashtirilib, sayyor tartibda nikoh guvohnomasi topshirildi.

Aksiya davom etmoqda.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari A.Prenov rahbarligida va yosh tadbirkorlar bilan birgalikda “Mening startap loyiham” nomli seminar tashkillashtirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Aksiya doirasida koson tumanida 71 nafar fuqarolarga tug'ilish guvohnomasi topshirildi

Aksiya doirasida Koson tuman FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan xatlov ishlari amalga oshirilib, tumanning "Yangiobod" mahallasida yashovchi 4 nafar fuqarolarning hujjati yo'qligi aniqlandi.

Xususan, fuqarolar Qulmurodov hamda Rizoyevalar oilasining farzandlariga tug'ilganlik guvohnomasi olinmaganligi aniqlandi.

Koson tuman FHDY bo‘limi tomonidan ularning tug'ilishi qonuniy rasmiylashtirilib, sayyor tartibda  guvohnomasi topshirildi.

Aksiya davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

18 yillik nikoh qonuniylashtirildi


"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida o‘tkazilgan xatlov jarayonlarida Sayxunobod tumani "Guliston" mahallasida 18 yildan buyon shar’iy nikohda yashab kelayotgan Eshonqulovlar oilasidan murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaat FHDY bo‘limi tomonidan o‘rganilib, hech qanday moneliklar bo‘lmagani bois oilaning muammosiga yechim topildi va ularning qonuniy nikohi qayd etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

Ayni vaqtda Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi davom etmoqda.

Ko‘rsatuv "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: Xotin-qizlar huquqlari

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot telegram-boti  yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bog‘lanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

Savollarga Adliya vazirligi, ''Madad'' NNT  mas'ul xodimlari va soha mutaxassislari javob beradi

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 https://youtu.be/ncg4tqcgTFY

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bloger o‘z posti ostidagi izohlarga javobgarmi? Ozod Shukrulloyev "Huquqshunos oshxonasi"da

Bahavo tog‘ etagida shinam oshxona, mazali taom tayyorlash zavqi va muhim huquqiy ma'lumotlar bilan boyitilgan maroqli suhbat.

Hudud24.uz yangi loyiha boshladi. "Huquqshunos oshxonasi"da xalq sevgan san'atkorlar, blogerlar va turli soha egalari bilan mazali taom tayyorlanib, huquqiy mavzuda qiziqarli suhbatlar olib boriladi.

Loyihaning ilk mehmoni Ozod Shukrulloyev. "Huquqshunos oshxonasi" unga blogerlik faoliyati, huquqlari va majburiyatlari bilan bog‘liq muhim tavsiyalarni berdi.

To‘liq video 👉 https://youtu.be/k8SEvliJFuI

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Huquqshunoslik fani oʻqituvchilariga seminari tashkil etildi

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga viloyatdagi toʻrtinchi sektor hududida joylashgan 83 ta mahallada istiqomat qiladigan 53 mingdan ortiq oʻgʻil-qizlar biriktirilgan edi. Mazkur mahallalardagi 85 ta umumtaʼlim maktablarida huquqshunoslik fanidan dars beruvchi oʻqituvchilarga oʻquv-seminari oʻtkazish belgilangan.

Unda Namangan viloyati adliya boshqarmasi vakillari tomonidan, Konstitutsiya va Konstitutsiyaviy huquq, Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, davlat boshqaruvi asoslari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati, davlat xizmatlari faoliyatini tashkil etish asoslari hamda qonunchilikda yoshlarga berilgan imtiyoz va preferensiyalar yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Mazkur oʻquv-seminarini oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, oʻqituvchilarni pedagogik mahoratlarini yanada oshirish ular orqali yoshlar bilan ishlashni tizimli tashkil etishdan iborat. Mashgʻulotlar soʻnggida, oʻqituvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga boshqarma xodimlaridan tegishli javob oldilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun “Intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirishda texnoparklarning litsenziyalash bo‘yicha salohiyatini oshirish” mavzusidagi mintaqaviy seminar boʻlib oʻtmoqda.

Tadbirda Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti va Yevroosiyo Patent Tashkiloti vakillari, intellektual mulkni tijoratlashtirish sohasidagi yetakchi xorijiy ekspertlar hamda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan 30 dan ortiq texnoparklarning rahbarlari ishtirok etmoqda.

Tadbir ertaga ham davom etadi.

@adliyangiliklari