ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Shahrisabz shahrining "Zingiron" yoshlar uchun kutubxona tashkil qilindi
.

Tuman adliya bo'limi tomonidan mahalla kutubxonasiga Prezident asarlari, oʻzbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 100 dan ortiq turdagi kitob toʻplamlari mahallalarga yetkazildi.

"Zingiron" mahallasida kutubxonaning  ochilishi mahalla yoshlarini quvontirdi.

Shahrisabz shahar adliya bo'limi, FHDY bo'limi, Yuridik xizmat ko'rsatish markazi hamda davlat xizmatlari markazi  jamoasi nomidan “ziyo_ulash” chellenji doirasida mahallaga 300 dan ortiq kitoblar sovgʻa qilindi.

Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan vaucher asosida ta'minlash tartibi joriy etiladi

Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida qayd etildi. Tadbir qonunchilikdagi yangiliklar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish maqsadida o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

MIRISHKORLIK TADBIRKOR FOYDASIGA 1,8 MLRD SO'M UNDIRIB BERILDI

Mirishkor tumani “Jeynov” qishlog’ida faoliyat yurituvchi “Avvona Davr Ko’makchisi” MChJ rahbari O. Boyeva Mirishkor tuman adliya bo‘limiga tumandagi bir qator davlat tashkilotlari tomonidan o’zaro tuzilgan pudrat shartnomasida kelishilgan pullarni to’lab berilmayotganligidan norozi bo’lib murojaat qildi.

Tadbirkorning murojaati Mirishkor tuman adliya bo'limi tomonidan o'rganilib, Kasbi tumanlararo Iqtisodiy sudiga 5 ta davo arizasi kiritildi.

Adliya aralashgach: Mazkur da’vo arizalar joriy yilning 29-fevral kuni Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan to’liq qanoatlantirilib, "Avvona Davr ko'makchisi" MChJ foydasiga qarzdor tashkilotlardan jami 1 833 000 000 so'm undirib berildi.

@adliyangiliklari
Ekspertiza xulosalariga baho berishdagi xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalari qanday

Sud-tergov organlari maʼlum bir masalani hal qilishda aksariyat holatlarda muayyan sohada bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan ekspertlarga tayanadi.

Koʻpincha ularning xulosalari dalil sifatida qabul qilinadi.

Biroq, bu ularning xulosalarini ishonchliligini koʻrib chiqishning hojati yoʻq degani emas.

Batafsil 👉https://sudex.uz/?p=6350

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ikki notarius litsenziyasi ikki oyga to‘xtatildi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qaroriga asosan boshqarma boshlig‘ining 2024-yil 4-martdagi tegishli buyrug‘i bilan

Bulung‘ur tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Salimov va Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Qo‘shatovlarga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati joriy yil 4-martdan 2 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Xotin_qizlar_huquqi

📢📢 Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning mart oyi “Xotin-qizlar huquqlari” oyligi deb e'lon qilindi

Oylik doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

✔️Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha ma'lumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;

✔️ kurslar.huquqiyportal.uz elektron tizimida ayollar huquqiga oid bepul onlayn o‘quv kurslarini tashkil etish;

✔️ “Huquqiy axborot minbari” rukni ostida audio podkastlar tashkil qilish;

✔️ Sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya xodimining videokundaligi


Adliya xodimlari faqatgina “kabinet”da faoliyat olib bormaydilar! Balki, xalq orasida fuqarolarning masala va muammolarini, takliflarini o‘rganib boradi. Unga qonuniy yechim izlaydi.

Masalan, “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Farg‘onada tuman va shahar adliya idoralari xodimlari shu kunga qadar mahallalarda minglab xonadonlarga kirib borgan hamda 12 ming 300 dan ortiq fuqarolarga hujjatlar rasmiylashtirib berilgan.

Ushbu lavhada adliya xodimining ish paytidagi bir lahzasi ifoda etilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston va Qirg‘iziston adliya vazirliklari xodimlari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki aksiyadorlik jamiyati hamkorlikda jamiyatning yuridik xizmati rahbar va xodimlari uchun mo'ljallangan "Bank sohasini huquqiy ta’minlash " mavzusidagi qisqa muddatli o'quv kursiga start berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Ibrat farzandlari” nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro’yxatidan o’tkazildi


O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri yoshlar masalalari hisoblanadi. Mamlakat rahbari tomonidan 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yili deb e’lon qilingani ham bejiz emas. Shunga ko'ra, yoshlarning ilm olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlarida ko‘maklashish va taraqqiyot yo‘lidagi ishlar uchun daxldorlik hissini oshirish yoshlarning qo'llab-quvvatlash borasida asosiy masalalaridan biridir.

Ayni shu maqsadda, Adliya vazirligi tomonidan “Ibrat farzandlari” nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Tashkiltning asosiy maqsadi – o‘zbekistonlik til o‘rganuvchilariga xorijiy tillarni, xorijliklarga o‘zbek tilini tizimli va kreativ usulda o‘rgatish, sohaga doir o‘quv qo‘llanmalar, dasturlar, elektron va bosma darsliklar yaratish, yoshlarni bilim olishga undovchi videomahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat.

Tashkilot quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan:

▫️dunyo tillarini o‘zbek tili orqali o‘rgatishni qo ‘llab-quvvatlash;
▫️o‘zbekistonlik yoshlarning savodxonlik darajasini oshirish va xorijiy tillarni o‘rganishni ta’minlash;
▫️xorijiy mamlakatlarda faoliyat olib boruvchi ta’lim muassasalari, til maktablari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
▫️tillar marafonini tashkil etish va bu orqali har bir tilni loyiha doirasida mukammal egallagan foydalanuvchilarni izlab toppish, rag‘batlantirish va boshqalar.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi


@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari tadbirkorlar bilan muloqot oʻtkazdi

Adliya vaziri oʻrinbosari tadbirkorlar bilan muloqot oʻtkazildi. Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev tomonidan Namangan shahridagi “Dashtbogʻ” hamda “Barkamol avlod” kichik sanoat zonasidagi ishlab chiqaruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Tadbirkor va faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan muloqot davomida, koʻplab ishchi oʻrin yaratgan trikotaj, poyabzal va mebel mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻz yuritildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarga “Brend olishning afzalliklari hamda brendni roʻyxatdan oʻtkazmay ishlashning huquqiy oqibatlari” haqida tushuntirishlar berildi. Shu joyning oʻzida “Brend” olish boʻyicha joyida ariza talabnomalar olindi.

Shuningdek, tadbirkorlarga oʻz soha faoliyatiga oid huquqiy axborotni, shu jumladan, qonunchilikdagi yangiliklarni olish manbalari va shakllari haqida maʼlumotlar berish bilan bir qatorda, ularning muammo va takliflari oʻrganildi hamda mavjud masalalar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari