ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aksiya

Hech kim hujjatsiz qolmaydi: Quvonchbek 9 yoshida guvohnomaga ega bo‘ldi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Angor tumanining “Kattaqum” mahallasida yashovchi fuqaro Umida opaning 2015-yil tug‘ilgan 9 yoshli o‘g‘li Xolboyev Quvonchbekning tug‘ilishi rasmiylashtirilib, guvohnomasi shaxsan adliya vaziri A.Toshqulov tomonidan topshirildi.

Quvonchbek tibbiy yordamsiz tug‘ruqxonadan tashqarida (xonadonida) tug‘ilganligi sababli bugungi kunga qadar tug‘ilganlik haqida guvohnoma ololmagan.

Eslatma: Huquqiy aksiya doirasida fuqarolar bevosita tuman (shahar) adliya bo‘limlarida tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaatlarini qoldirishlari mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Surxondiyorliklarning muammolari o'rganildi 

2024-yilning 22-fevral kuni Denov tumanining "Surxondiyor" mahallasida adliya vaziri A. Toshqulov ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi.

Qabulda ishtirok etgan 70 ga yaqin fuqarolarning turli huquqiy sohalar, jumladan, turar-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tibbiyot muassasalarida bepul da'volanish uchun order olish, davlat xizmatlarini ko'rsatish, FHDY sohalari va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglanib, 30 dan  ortiq murojaatlar shu joyning o'zida hal etildi, xususan, bir nafar nogironligi bor shaxsga nogironlar aravachasi beriladigan bo'ldi hamda o'rganish muddat talab etadigan 37 ta murojaat ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

📹 "Uchtut"
mahallasi Navbahor tumanining olis hududlaridan biri hisoblanadi. Tog' yon bag'rida joylashgan mahallada bugungi kunda  2 500 dan ortiq aholi istiqomat qiladi.  Xonadonlar soni 526 ta. Mahalla yoshlarining 12 nafari "Yoshlar daftari" ga, 90 nafar xotin-qiz "Ayollar daftari"ga kiritilgan. Mazkur hududda Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining sayyor qabuli tashkil etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Bir oilaning ikki nafar farzandi hujjatga ega boʻldi

Urganch tumanining “Yuqori jirmiz” mahallasida istiqomat qiluvchi Xajiyeva Zuxrajonning farzandlari 2014-yilda tugʻilgan Orunboyeva Nigina va 2016-yilda tugʻilgan Orunboyeva Zaxrolarning tugʻilganlik guvohnomalarini olmagan.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida ushbu oilaning 2 nafar farzandining tugʻilishi qayd etilib, tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev tomonidan topshirildi.

Respublika doirasida barcha hududlarga Adliya vazirligining tarkibiy boʻlinma rahbarlari biriktirilib, maxsus shtablar faoliyat koʻrsatmoqda.

Murojaatlar “1148” qisqa raqamli ishonch telefoni yoki adliya boʻlimlarida tashkil etilgan maxsus shtablar orqali qabul qilinmoqda.

@adliyangiliklari
#Sarhisob_2023

📈 Qanday mahsulotlar eng ko‘p soxtalashtiriladi: aniqlangan kontrafakt mahsulotlar sohalar kesimida

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Aholini qiynab kelayotgan muammolar joyiga chiqqan holda o'rganildi

2024-yil 22-fevral kuni adliya vaziri boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Denov tumaning "Surxondiyor" va Angor tumanining "O'zbekiston" mahallalarida uyma-uy yurgan holda yechimini kutayotgan huquqiy muammolar yuzasidan fuqarolarning takliflari o'rganildi.

Uyma-uy yurish jarayonida jami 1 422 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 9 000 dan ortiq aholining muammolari o‘rganilib, 800 dan ortiq xonadonda istiqomat qiluvchi aholining turli huquqiy va boshqa sohalarga oid muammolari mavjudligi aniqlandi.

Aniqlangan muammolarning 80 dan ortig‘i  joyida hal etilishi ta’minlandi. Shuningdek, 70 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ham ko'rsatildi.

Ishchi guruh tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

@adliyangiliklari
#Ziyo_ulash

“Ziyo ulash” aksiyasi Koʻkdalada

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika boʻylab oʻtkazilayotgan “Ziyo ulash” aksiyasi Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanida davom etdi.

Viloyat markazidan qariyb 70 km uzoqlikda joylashgan “Guliston” mahallasida adliya organlari tomonidan kutubxona tashkil qilindi. Kutubxonaning ochilish tadbirida adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov, tuman hokimi X.Jo'rayev, sektor rahbarlari va davlat tashkilotlari masʼullari ishtirok etdi.

“Ziyo ulash” chellenji doirasida Prezident asarlari, oʻzbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 400 ga yaqin kitoblar shuningdek, adabiyotlarning elektron va audio shakli jamlanmasi sovgʻa qilindi.

Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Kitoblar bilan birga zamonaviy va qulay mebel jihozlari, kitob javonlari, kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Chust pichogʻi” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston dunyoga ochilmoqda, har jabhadagi oʻzgarish va yangilanishlar aholi turmush tarzini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

“Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik koʻrsatkich deb eʼtirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bogʻliq boʻladi.

Adliya vazirligi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. Namangan viloyat adliya boshqarmasining koʻmagi bilan joriy yilning 22-fevral kuni barchaga maʼlum va mashhur “Chust pichogʻi” geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

@adliyangiliklari