ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Norin tumanida “Firibgarlikdan ogoh boʻling” nomli targʻibot tadbiri oʻtkazildi


Namangan viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Norin tumani ichki ishlar boʻlimi va tuman adliya boʻlimi hamkorlikda hududda firibgarlik jinoyatini oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida tumandagi “Norin avto savdo bozori” MChJ avtomobil bozorida “Firibgarlikdan ogoh boʻling” nomli manzilli profilaktik huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Targʻibot tadbiri davomida adliya xodimlari, YPX masʼul xodimlari, notariuslar, IIB tergovchilari va profilaktika inspektorlari tomonidan aholiga firibgarlik tushunchasi, uning turlari va shakllari hamda firibgarlikdan saqlanishning yoʻllari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbir davomida fuqarolarga flayer va bukletlar tarqatilib, huquqiy viktorina va firibgarlik jinoyati yuzasidan anonim soʻrovnomalar oʻtkazildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Protsessual jarayonlarga jalb qilingan shaxslarga to'lanishi lozim bo'lgan mablag'larni to'lash tartibi bo'yicha muhim uslubiy-qo‘llanma yaratildi

Adliya vazirligi e'tiboringizga Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi bo‘yicha uslubiy qo‘llanmaning elektron shaklini taqdim etadi.

Mazkur uslubiy qo‘llanma keng jamoatchilik vakillarining jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar miqdori, ularni hisoblash, to‘lash hamda vakolatli shaxslar tomonidan fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat, ma’muriy sud ishlari va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan jalb qilinganda sarflangan xarajatlar hamda bajarilgan ishlar uchun haqni undirish toʻgʻrisidagi dastlabki tushuncha va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.

Ushbu uslubiy qo‘llanma bilan tanishish orqali fuqarolar protsessual chiqimlar va ularning ahamiyati, ularni hisoblash, to‘lash hamda kelgusida biror ish yuzasidan vakolatli organlar tomonidan jalb qilinganda sarflangan xarajatlar hamda bajarilgan ishlar uchun haqni undirishga doir koʻnikmalarga ega bo‘ladilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Qashqadaryodagi mahallalarda manzilli targʻibot tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.


Joriy yilning 21-fevral kuni Adliya vazirligi ishchi guruhi hamda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Koson” va “Bogʻishamol” mahallalarida sayyor qabul hamda targʻibot tadbiri tashkil qilindi. Tadbir aholini qiynab kelayotgan muammolar, huquqbuzarliklarga murosasizlik munosabatni shakllantirish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik hissini kuchaytirish maqsadiga qaratildi.

Targʻibot doirasida ishchi guruh xotin-qizlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, kommunal toʻlovlar, yer munosabatlari, uy-joy, moddiy yordam, nafaqa olish, uy-joy uchun subsidiya olish, pensiya taʼminoti masalalari boʻyicha aholiga tushuntirishlar berdi. Shu kuni 30 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari ishchi guruh tomonidan oʻrganilgan boʻlsa, 6 nafar fuqarolarning murojaatlariga ijobiy hal etildi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_yangilik

Adliya vazirligi tomonidan sun'iy intellekt imkoniyatlari yordamida ilk multfilm tayyorlandi

O‘rmonchi chol va bosqinchi brokonyerlar.

O‘rmonda yashovchi daraxtlar oilasi bilan mudhish voqea sodir bo‘ldi. Brokonyerlar o‘rmonga bostirib kirib, daraxtlarni kesib tashlamoqchi bo‘lishdi.

Yaxshiyamki, ularni himoya qiluvchi o‘rmonchi amaki va qonun himoyachilari bor edi. Daraxt kushandalari qo‘lga olindi va javobgarlikka tortildi.

Ushbu multfilm Adliya vazirligi tomonidan sun'iy intellekt imkoniyatlari yordamida tayyorlandi.

Multfilmni ko‘rish 👉 https://www.youtube.com/watch?v=yrwq9IOlZ-8&t=14s

@adliyangiliklari
#Huquqiy_axborot_minbari

📢📢 “Ayollar huquqlari va gender tengligi” mavzusida ekspertlar bilan suhbat o‘tkaziladi

Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Huquqiy madaniyatni yuksaltirish" huquqiy aksiyasi doirasida “Ayollar huquqlari va gender tengligi” mavzusida ekspertlar bilan suhbat tashkil etiladi.

Ovozli chat 23-fevral kuni soat 15:00 da Huquqiy axborot telegram kanalida boshlanadi.

🎙Suhbat spikerlari: Toshkent davlat yuridik universiteti hamda "Madad" NNT mas'ul xodimlari.

📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali oldindan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

@adliyangiliklari
#Sarhisob_2023

📈 O‘zbekistonda nechta advokat bor va ularning o‘rtacha yoshi nechi?

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

Hech kim hujjatsiz qolmaydi: Quvonchbek 9 yoshida guvohnomaga ega bo‘ldi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Angor tumanining “Kattaqum” mahallasida yashovchi fuqaro Umida opaning 2015-yil tug‘ilgan 9 yoshli o‘g‘li Xolboyev Quvonchbekning tug‘ilishi rasmiylashtirilib, guvohnomasi shaxsan adliya vaziri A.Toshqulov tomonidan topshirildi.

Quvonchbek tibbiy yordamsiz tug‘ruqxonadan tashqarida (xonadonida) tug‘ilganligi sababli bugungi kunga qadar tug‘ilganlik haqida guvohnoma ololmagan.

Eslatma: Huquqiy aksiya doirasida fuqarolar bevosita tuman (shahar) adliya bo‘limlarida tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaatlarini qoldirishlari mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Surxondiyorliklarning muammolari o'rganildi 

2024-yilning 22-fevral kuni Denov tumanining "Surxondiyor" mahallasida adliya vaziri A. Toshqulov ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi.

Qabulda ishtirok etgan 70 ga yaqin fuqarolarning turli huquqiy sohalar, jumladan, turar-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tibbiyot muassasalarida bepul da'volanish uchun order olish, davlat xizmatlarini ko'rsatish, FHDY sohalari va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglanib, 30 dan  ortiq murojaatlar shu joyning o'zida hal etildi, xususan, bir nafar nogironligi bor shaxsga nogironlar aravachasi beriladigan bo'ldi hamda o'rganish muddat talab etadigan 37 ta murojaat ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

@adliyangiliklari