ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligida Xorazm viloyat adliya boshqarmasida viloyatda davlat xizmatlari koʻrsatish vakolatli boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarining masʼul xodimlari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda, 2023-yil davomida viloyat va barcha tuman (shahar)larda davlat xizmatlari koʻrsatishda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar, davlat xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan tegishli maʼmuriy reglament talablarini buzilishi, vakolatli organning qonuniy talabini bajarmaslik, asossiz rad etish, ortiqcha hujjat talab qilish, muddat buzilishi holatlari sohalar kesimida muhokama etildi.

Savol-javoblarga boy tarzda oʻtkazilgan tadbirda, ishtirokchilar, faoliyatda vujudga kelayotgan muammolar va ularni yechimi yuzasidan hamda mavjud Reglament talablari boʻyicha oʻzlarini takliflari va fikr-mulohazalarini bildirishdi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish
davlat xizmatidan foydalanish uchun qanday ma’lumotlar talab etiladi?


— So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
▫️familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);
▫️ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
▫️yashash manzili;
▫️elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
▫️ ma’lumotnomaning hudud kesimida yoki respublika bo‘yicha bo‘lishi;
▫️ obyekt joylashgan manzil;
▫️ ma’lumotnoma davri (joriy holat yoki oxirgi 10 yillik davr).

Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

Nomiga ma’lumotnoma berish so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) va yashash manzili.
________________

❓Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish davlat xizmatidan foydalanish uchun arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, qaysi kundan boshlab qabul qilingan deb hisoblanadi?

— Arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, kalendar bo‘yicha navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.

❗️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona” ma’muriy reglamenti.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob_2023

📈 Qaysi hujjat eng ko‘p o‘qildi? Lex.uz statistikasi

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

Adliya vazirligi Yosh yuristlar jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun "Eng yaxshi huquqiy videoroliklar tanlovi"ni eʼlon qiladi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan talabalar jamoaviy tarzda olingan kreativ usuldagi videoroliklarini @adliyamedia manziliga 28-fevralga qadar yuborishlari talab etiladi.

Tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar "Oson huquq loyihasi"da ishtirok etishadi hamda har oyda moddiy jihatdan ragʻbatlantirib boriladi.

Batafsil maʼlumotlarni ushbu videorolikdan bilib olishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Respublika sud-ekspertiza markazining hududiy bo‘limlari faoliyati o‘rganildi

Adliya vazirligi va markaz vakillaridan iborat ishchi guruhi tomonidan markazning Farg'ona viloyati hududiy bo‘lim faoliyatidagi mavjud muammolar hamda kelgusida bo‘lim faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilindi.

Shuningdek, ishchi guruhi tomonidan Farg'ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, advokatlar, davlat organlarining vakillari hamda fuqarolar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbirda mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar seminar ishtirokchilari e’tiboriga yetkazildi hamda ularning sud ekspertiza faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflari muhokama etilib, qiziqtirgan savollariga javob berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Adliya boshqarmasida Ochiq eshiklar kuni o'tkazildi

Unda Guliston shahar 4-sektor hududida joylashgan, adliya boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan umumta'lim maktablari o'quvchilari ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_axborot_kuni

Adliya vazirligi tomonidan haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy axborot kuni” sifatida belgilangan. Respublika miqyosida shahar markazlaridan, olis qishloqlar va chekka ovullargacha fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida huquqiy axborotni tarqatish ishlari va targ‘ibot tadbirlari tashkil etib borilmoqda.

Navoiy viloyat ham bu borada manzilli tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, Navoiy viloyat yuridik texnikumining "Street law" va "Adolat qanotlari" jamoasi ishtirokida ta'lim muassasalari va mehnat jamoalarida amaliy seminar, test sinovlari va huquqiy targ'ibot tadbiri, viktorinalar o'tkazildi.Aholi gavjum joylarda targ'ibot materiallari tarqatildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

Marg‘uba Adhamova Islomjon bilan turmush qurganiga 8 yil bo‘ldi. Shu vaqt mobaynida turmush o‘rtog‘i bilan birgalashib ro‘zg‘or kamchiliklarini to‘ldirish bilan ovora bo‘ldilar. Uy qurish, tirikchilik deb nikoh guvohnomasi ularning yodidan ko‘tarildi.

Aslida, yillar davomida er va xotinning kemtigi ham shu nikoh guvohnomasi edi. Chunki guvohnoma olish uchun ularning orttirgan mablag‘i ham yo‘q. Sababi, ikkalalari ham yollanma ishlarga chiqadi.

"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiya doirasida mahallabay xatlovlarda Farg‘ona shahar adliya bo‘limi vakillari aniqlangan ushbu holat yuzasidan qonuniy tartibda harakatga tushdilar. Oradan 4 kun o‘tib Islomjon va Marg‘ubaxonga tantanali ravishda nikoh guvohnomasi topshirildi.

@adliyangiliklari
⚡️Adliya vazirligida ochiq muloqot boshlandi

Maqsad — Adliya vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash, uning 2023-yildagi faoliyati va istiqboldagi rejalarini keng jamoatchilikka yetkazish, OAV va jamoatchilik vakillari bilan samarali qayta aloqani mustahkamlashdan iborat.

📹 Onlayn translyatsiya
👉YouTube
👉Facebook

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hisobot_beradi

❗️2 379 ta loyiha huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ularning 543 tasi yoki 33 foizi maqsadga muvofiq emas deb qaytarildi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM