ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish maqsadida 20-fevral kuni “Qonunchilikda yangiliklar”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ Litsenziya nima va uning qanday turlari mavjud?

— Litsenziya — jismoniy yoki yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat.

Litsenziyalar namunaviy (oddiy) va yakka tartibda bo‘lishi mumkin.

Agar cheklanmagan miqdordagi talabgorlar faoliyatning tegishli turini amalga oshirishga nisbatan qo‘yiladigan yagona litsenziya talablari va shartlariga javob bersa, ushbu shaxslarga beriladigan litsenziyalar namunaviy (oddiy) litsenziyalar jumlasiga kiradi.

Talabgorlarga alohida litsenziya talablari va shartlari asosida beriladigan, faoliyatning muayyan turini amalga oshirishda litsenziatlarga mutlaq huquqlarni taqdim etadigan litsenziyalar yakka tartibdagi litsenziyalar jumlasiga kiradi. Yakka tartibdagi litsenziyalar amal qilish hududi, faoliyat obyekti bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa asoslarga ko‘ra soni jihatidan cheklanadi.

Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish, qoida tariqasida, tanlov (tender) asosida amalga oshiriladi.

Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish tartibi va shartlari, shu jumladan tanlovlarni (tenderlarni) o‘tkazish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-son Qonuni.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tayinlov

Samarqand viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Saloxiddin Ulug‘bekovich Sattarov tayinlandi.

Salohiddin Sattarov 1980-yilda Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2002-yil Toshkent davlat yuridik institutini, 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2002-yilda Adliya vazirligining Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2021-yildan hozirgi vaqtga qadar Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Saloxiddin Ulug‘bekovich Sattarovni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!

@adliyangiliklari
#Adliya_tayinlov

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Salohiddin Samadovich Nuriyev tayinlandi.

Salohiddin Nuriyev 1981-yilda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2001-yil Toshkent davlat yuridik institutini, 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2001-yilda Adliya vazirligining Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2019-yildan hozirgi vaqtga qadar Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Salohiddin Samadovich Nuriyevni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

📢📢 Adliya vazirligi JAMOATCHILIKKA HISOBOT beradi

Nima?
Ochiq muloqot va savol-javob tarzidagi suhbat.

Maqsad — Adliya vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash, uning 2023-yildagi faoliyati va istiqboldagi rejalarini keng jamoatchilikka yetkazish, OAV va jamoatchilik vakillari bilan samarali qayta aloqani mustahkamlashdan iborat.

Adliya vazirligi tomonidan mana beshinchi yildirki, jurnalistlar, blogerlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazib kelinmoqda.

2024-yil ham bundan mustasno emas. Adliya vazirligida o‘tkaziladigan media iventda vazirlik faoliyati yuzasidan batafsil ma'lumot beriladi. Jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Qachon?

22-fevral, soat 11:00 da

Qayerda?
Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5

@adliyangiliklari
Forwarded from Poytaxt_adliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ona tabiatga eʼtiborli bo‘laylik!

❄️ Qishning qahratonida qushlar uchun issiq uychalar o‘rnatish tashabbusi bilan chiqqan Uchtepa va Yunusobod Davlat xizmatlari markazi xodimlari o‘z ishxonalari oldidagi daraxtlarga qush inlarini osishdi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
#Adliya_teleloyiha

⚡️ Ayni vaqtda Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi boshlandi.

Ko‘rsatuv "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: Notariat sohasidagi yangiliklar

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti  yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bog‘lanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

Savollarga Adliya vazirligi mas'ul xodimlari va soha mutaxassislari javob beradi

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 https://www.youtube.com/embed/3UxqdVkO8dc

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_kontrafaktga_qarshimiz

“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida sayyor qabul o'tkazildi

Sayyor qabulda Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi mutaxassislari, boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

Qabul davomida 40 dan ortiq tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ulardan 20 ga yaqin tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari (milliy brendlar), sanoat na'munalari va foydali modellar davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun talabnomalar qabul qilib olindi. Qabul qilib olingan hujjatlar birlamchi tekshirilib, guvohnoma berish ehtimoli yuqori bo‘lgan intellektual mulk obyektlari Markaz mutaxassislari tomonidan talabnoma topshirish orqali ko‘maklashildi.

Shuningdek tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlar, ularni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari to‘g‘risida tadbirkorlarga tushuntirishlar berish orqali profilaktik tadbirlar o'tkazildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligida Xorazm viloyat adliya boshqarmasida viloyatda davlat xizmatlari koʻrsatish vakolatli boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarining masʼul xodimlari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda, 2023-yil davomida viloyat va barcha tuman (shahar)larda davlat xizmatlari koʻrsatishda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar, davlat xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan tegishli maʼmuriy reglament talablarini buzilishi, vakolatli organning qonuniy talabini bajarmaslik, asossiz rad etish, ortiqcha hujjat talab qilish, muddat buzilishi holatlari sohalar kesimida muhokama etildi.

Savol-javoblarga boy tarzda oʻtkazilgan tadbirda, ishtirokchilar, faoliyatda vujudga kelayotgan muammolar va ularni yechimi yuzasidan hamda mavjud Reglament talablari boʻyicha oʻzlarini takliflari va fikr-mulohazalarini bildirishdi.

@adliyangiliklari