Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash
Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev Andijon viloyatiga xizmat safari davomida Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Uchqun" mahallasida kutubxona ochilishi tadbirida ishtirok etib, vazirlik jamoasi nomidan #Ziyo_ulash chellenji doirasida mahallaga 500 dan ortiq kitoblar sovg‘a qildi.
Adliya organlari va muassasalari xodimlari yangi an'anani boshlab berdi, uni xohlagan kishi davom ettirishi mumkin. Siz ham mahallangizga ziyo ulashib, kutubxonalar tashkil qilishda o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin.
Barcha yurtdoshlarimizni #Ziyo_ulash chellenjida ishtirok etishga taklif qilamiz!
@adliyangiliklari

Adliya vazirligi tashabbusi Qoraqalpogʻiston Respublikasining olis hududi boʻlgan Moʻynoq tumanidagi “Moʻynoq” mahallasida yoshlar uchun kutubxona tashkil qilindi.

Adliya vazirligi tomonidan respublika bo‘yicha tuman va shaharlardagi 4-sektorda joylashgan mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etish loyihasiga start berildi.
Navbatdagi kutubxona Qashqadaryo viloyatining olis, qo‘shni Turkmaniston bilan chegara hududida joylashgan Pomuq shaharchasida ochildi.
"Ziyo ulash" loyihasi doirasidagi ishlar boshqa hududlarda ham davom ettiriladi.

#Adliya_aksiya
Fargʻona viloyatida “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida mahallabay xatlovlar davom etmoqda
Jumladan, Quva tuman “Nayman” mahallasidagi xatlov davomida fuqaro Axrorbek Kupaysinov farzandining tibbiyot bo'limi tomonidan berilgan maʻlumotnomasida bola ismi maslahatsiz qoʻyilganligiga oydinlik kiritildi.
Biroq farzandining ismini moddiy jihatdan oʻzgartirishga imkoniyati yoʻqligi aniqlanib, fuqaro arizasiga asosan bola ismi oʻzgartirildi va tugʻilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilib, sayyor ravishda topshirildi.
“Dehqonobod” hamda “Qalinpoʻstin” mahallalarida ham hujjatlari boʻlmagan fuqarolar roʻyxatini shakillantirish yuzasidan xatlov oʻtkazildi. “Qalinpoʻstin” MFYda yashovchi Aslan Zakirov ehtiyotsizlik sabab tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini yoʻqotib qo'ygan. Unga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari takroriy ravishda rasmiylashtirib berildi.
Shuningdek, Shoʻrmahalla qishlog‘ida yashovchi Rasuljon Abdusalimovning 2010-yil vafot etgan otasining oʻlim haqida guvohnomasi takroriy rasmiylashtirildi.
Quva tumanida xatlovlar natijasida 15 ta tugʻilganlik, 6 ta nikoh tuzilganlik haqidagi guvohnomalar, 5 ta ID-kartalar fuqarolarga olib berildi.

#Adliya_xabari
Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Respublika sud-ekspertiza markazining hududiy bo‘limlari faoliyati o‘rganilmoqda.
Ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyati hududiy bo‘lim faoliyatidagi mavjud muammolar hamda kelgusida uning faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilindi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, advokatlar, davlat organlarining vakillari hamda fuqarolar ishtirokida seminar tashkil etildi.
Tadbirda mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar seminar ishtirokchilari e’tiboriga yetkazildi hamda ularning sud ekspertiza faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflari muhokama etilib, qiziqtirgan savollariga javob berildi.

"Ziyo ulash" aksiyasi Tomdida
Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Ziyo ulash" aksiyasi Navoiy viloyatining Tomdi tumanida davom etdi. Viloyat markazidan qariyib 300 km uzoqlikda joylashgan mazkur hududning olis qishloqlaridan biri "Ajritqi". Bu yerdagi "Aktov" mahallasida adliya organlari tomonidan kutubxona tashkil qilindi.
Kutubxonaning ochilish tadbirida faxriy yozuvchilar, yosh ijodkorlar, jurnalistlar, sektor rahbarlari va davlat tashkilotlari ma’sullari ishtirok etdi.
“Ziyo ulash” chellenji doirasida Prezident asarlari, o‘zbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 300 ga yaqin kitoblar shuningdek, adabiyotlarning elektron va audio shakli jamlanmasi sovg‘a qilindi
Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Kitoblar bilan birga zamonaviy va qulay mebel jihozlari, kitob javonlari, kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.
Tomdida aholi tarqoq joylashgan, ovul fuqarolarining olis yo‘l bosib kelishi inobatga olinib, sayyor ko‘chma kutubxona ham tashkil etildi. Aksiya doirasida sayyor kutubxona orqali nogironligi bor yoshlar a’zolikka qabul qilinib, kerakli kitoblar uyma-uy xonadonlarga olib borib berildi.

Mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil qilinmoqda
9-fevral kuni Adliya vazirligi tomonidan yana bir maʼrifiy tashabbus, xususan, butun respublikamizdagi barcha tuman va shaharlardagi 4-sektorda joylashgan mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etish loyihasiga start berildi.
Mazkur tashabbus buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan amalga oshirilgan bo‘lib, Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan ham Angor tumanining “O‘zbekiston” mahallasida “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida yoshlar uchun kutubxona tashkil etildi hamda kutubxonaga kitoblar sovg‘a qilinib, kerakli jihozlar bilan ta’minlandi.

#Huquqiy_madad
📹 “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatishda ko‘makchi.

📢📢 Bugun, 12-fevral kuni soat 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Mavzu: Davlat xizmatlari sohasidagi yangiliklar va "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar
Tadbirda Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti mas'ul xodimlari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.
OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.
Savol, murojaat, ariza yoki shikoyatlaringizni @MARKAZ16Uz ga yuboring.