ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Huquqiy aksiya doirasida dastlabki 10 kunlikda Kosonsoy tumani boʻyicha 65 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib berildi


“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida Kosonsoy tumanining “Doʻstlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Zuhra Karimova va Islom Niyozovning 2 nafar farzandlariga otalik belgilanib, tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari topshirildi.

Shuningdek, “Movarounnahr” mahallasida yashovchi 2009-yilda tugʻilgan nogironligi bor fuqaro Gʻayratbek Mahmudjonovning tugʻilganlik haqida guvohnoma raqami oldin ishlatilganligi, hozirda nogironlik nafaqasi tayinlashda guvohnoma raqami yaroqsizligi uchun muammo yuzaga kelayotganligi sababli, Kosonsoy tuman FHDY boʻlimi tomonidan yangi tugʻilganlik haqida guvohnoma takroran rasmiylashtirib berildi.

Ma'lumot uchun, huquqiy aksiya doirasida dastlabki 10 kunlikda Kosonsoy tumani boʻyicha 65 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib berildi:

🔹24 nafar shaxslarga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar takroriy berildi;
🔹6 nafar shaxslarning uzoq yillar davomida rasmiylashtirilmay qolib ketgan olimi qayd etilib, oʻlim haqidagi guvohnomalar berildi; 
🔹32 nafar shaxslarga tugʻilganlik, nikoh va oʻlim haqida takroriy guvohnomalar berildi; 
🔹25 nafar sharʼiy nikoh asosida oila qurib yashab kelayotgan oilalarning nikohlari qonuniy rasmiylashtirildi; 
🔹3 nafar shaxsga nisbatan tugʻilganlik va nikoh haqida dalolatnoma yozuvlarini tiklash choralari koʻrilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Respublika sud-ekspertiza markazining hududiy bo‘limlari faoliyati o‘rganilmoqda.

Navbatdagi manzil — Qashqadaryo viloyati. Ishchi guruhi tomonidan markazining hududiy bo‘limi faoliyatidagi mavjud muammolar hamda kelgusida bo‘lim faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilindi.

Shuningdek, tashrif davomida ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, advokatlar, davlat organlarining vakillari hamda fuqarolar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbirda mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar seminar ishtirokchilari e’tiboriga yetkazildi hamda ularning sud ekspertiza faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflari muhokama etilib, qiziqtirgan savollariga javob berildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Ziyo ulashishga Adliya vazirligi jamoasi bel bog‘ladi. Mahallarda va chekka hududlarda yashayotgan yoshlarga kitoblar ulashish bo‘yicha xayrli loyiha amalga oshirilyapti.

Ziyo ulashishda adliya vaziri Akbar Toshqulov jamoamiz yetakchisi sifatida chellenjni boshlab berdi.

Vazirlik markaziy apparati xodimlari loyiha doirasida vazirlikda tashkil etilgan maxsus shtabga kitoblarni olib keldi.

@adliyangiliklari
Uch farzandi Prezident maktabida o‘qiyotgan ona hikoyasi

Navoiy shahridagi Prezident maktabida bir oiladan birdaniga uch farzand o‘qiyotganini eshitgan borki, kimdir hayratda, kimdir havasda qarashi aniq. Bu bolalarning ota-onasi kim, ular qanday sharoit va muhitda ulg‘ayib, bilim oldi? Bu alohida iste'dodli bolalarga kim ta'lim berdi?

Ushbu video hikoya shu uch bolani tarbiyalab, kamolga yetkazgan ona haqida...

Videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/29CNUdeYkg4

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Kitob hadya et, ziyo ulash!


Adliya vazirligi tomonidan start berilgan "Ziyo ulash" aksiyasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

Xodimlar xayrli tashabbusni qo'lllab-quvvatlab, o'zi o'qigan yoki o'zi sevgan badiiy adabiyotlarni boshqarmada tashkil etilgan shtabga topshirmoqda.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

"Yoshlar kutubxonasi" uchun kitoblar

Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan "Ziyo ulash" aksiyasi Navoiy viloyatida ham start oldi.

Aksiya doirasida tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar tomonidan o'zbek adabiyotining oltin fondidagi asarlar, jahon adabiyoti namunalaridan kitoblar topshirildi.

Mazkur kitoblar jamlanmasi tuman (shahar) mahallalarida tashkil etilayotgan "Adliya kutubxonalari" fondiga mahalla ahli va yoshlar foydalanishi uchun topshiriladi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida "Ziyo ulash" aksiyasiga start berildi.

@adliyangiliklari
Forwarded from ZAMON.UZ | LIVE
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Hujjati yo‘q yerga imorat qurmang

Zarur ruxsatnoma olmasdan qurilgan imorat o‘zboshimchalik bilan qurilgan deb hisoblanadi va belgilangan muddatda buzib tashlanadi.

Ushbu loyiha Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

YouTube | Instagram | Facebook