This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
Navoiy viloyati yuridik texnikumida viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i G'.Primov tomonidan "Yuridik kasb va yoshlar" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda adliya vaziri maslahatchisi Sh.Soatova ham ishtirok etib, texnikumning "Zakovat" klubi jamoasini respublika miqyosida qo'lga kiritgan yutuqlari bilan qutladi.
Yoshlar bilan mazkur uchrashuvda tizimga ishga kirishning tartib-qoidalari, "Zakovat" turnirini yangi formatda tashkil etish va yuridik texnikum faoliyatini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
@adliyangiliklari

Chortoqda yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi
Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan hududlarda aholi vakillari bilan sayyor qabullar, yuzma-yuz muloqotlar oʻtkazilib, ularning huquqiy sohadagi muammo va masalalarini ijobiy hal etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, bunday jarayonlarda yoshlarning mavjud muammolarni hal etish va ularni qoʻllab-quvvatlashga birinchi galdagi vazifa sifatida yondashilmoqda.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari U.Ismatillayev Chortoq tumanidagi yosh tadbirkorlar bilan yuma-yuz muloqot qildi. Muloqot davomida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, tadbirkorlik sohasini rivojlantirish yoʻlida toʻsiq boʻlayotgan muammolarga yechim izlandi. Qaysidir yosh tadbirkorning kredit masalasidagi muammosi, yana birining soliq imtiyozni qoʻllash masalasidagi muammosiga huquqiy tushuntirish berildi.
Shundan soʻng, tumandagi yakka tartibdagi tadbirkor Axadjon Muydinovning ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Tadbirkor tumandagi yoshlarni bandligini taʼminlash yoʻlidagi harakatlari ijobiy natija berib, 30 nafar aholini bangligini taʼminlashga erishdi. Qoʻli gul chevarlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar hozirda ichki bozorni taʼminlayotgan boʻlsa, kelgusida eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida tinim bilmay izlanishlar olib borilmoqda.
Tanishuv jarayonida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadidagi qaror, farmonlar boʻyicha maʼlumot berilib, yosh tadbirkorni qiynab kelayotgan muammolar oʻrganildi. Oʻtkazilayotgan bu kabi ochiq muloqot va uchrashuvlar nafaqat aholi muammolarini oʻrganish, balki ishtirokchilarni qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish imkonini ham bermoqda.

#Adliya_teleloyiha
⚡️Ayni vaqtda Adliya vazirligi va “O‘zbekiston” telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi jonli efirda uzatilmoqda .
Mavzu: Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi
Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot telegram-boti yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bog‘lanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.
Savollarga Adliya vazirligi masʼullari javob beradi.
❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.
📹 https://www.youtube.com/embed/QBFTsxsB6ME

#Adliyadan_munosabat
Adliyadan tushuntirish!
Ijtimoiy tarmoqlarda Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasini “o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish bilan bog‘liq aksiya” sifatida noto‘g‘ri talqin qilish holatlari kuzatilmoqda.
Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida tug‘ilish, yaqin qarindoshining o‘limi qayd etilmagan shaxslar, nikoh, ajrim, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ko‘chmas mulklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarga huquqiy ko‘maklashish maqsad qilingan.
Ammo, ayrim fuqarolar mazkur huquqiy aksiyani “o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish bilan bog‘liq aksiya” – deb tushunib, vakolatli tashkilotlarga mulk huquqini eʼtirof etish bo‘yicha murojaat qilish holatlari kuzatilmoqda.
Taʼkidlash joizki, ushbu aksiya doirasida ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjati mavjud bo‘lsa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarga nisbatan amaliy yordam ko‘rsatish belgilangan.
Aksiyaning birinchi kunidayoq “1148” ishonch telefoni orqali dastlabki 100 dan ortiq mazkur turdagi murojaatlar qabul qilib olinib, malakali mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.
Maʼlumot tariqasida, huquqiy aksiya doirasida fuqarolar bevosita tuman (shahar) adliya bo‘limlarida tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaatlarini qoldirishlari mumkin.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

#Adliya_xabari
Adliya vaziri oʻrinbosari Fargʻona davlat universiteti oʻqituvchilari bilan uchrashdi
Ochiq muloqot tarzida tashkillangan ushbu tadbirda, avvalo, mamlakatimizda oʻqituvchilar, ustoz va murabbiylarga berilayotgan keng imkoniyatlar haqida soʻz bordi.
Maʼlumki, soʻngi yillarda oliy taʼlim muassasalari faoliyati, oʻqituvchilarning mehnatiga haq toʻlash tizimida islohotlar amalga oshirildi.
Tadbir davomida ularning mehnat munosabatlaridagi huquq va majburiyatlari, bilim va malakasini belgilovchi xalqaro daraja va sertifikatlarga ega boʻlish imkoniyatlari tushuntirildi.
Oʻqituvchilarni yanada qoʻllab-quvvatlash va talabalar bilan ishlashda ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev Fargʻona shahridagi "Guliston" MFYda aholi muammolarini oʼrganish va ularga amaliy koʼmak berish maqsadida sayyor qabul oʻtkazdi.
Qabul avvalida “mahalla yettiligi” bilan uchrashib mahallani har tomonlama yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va mulohazalari bilan tanishdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ishga joylashish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha hamda nizolarni hal qilish yuzasidan 20 dan ortiq masalalar tinglandi.
Shuningdek, qabulda ishtirok etgan fuqarolarning yetti nafariga murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Qoʻshimcha oʻrganishlar talab etiladigan murojaatlar alohida ish yurituvga olindi.

Yuristlar malakasini oshirish markazida “Intellektual mulkni huquqiy himoya qilishga ixtisoslashgan jurnalistlarning malakasini oshirish” boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kursida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda OAV vakillarining intellektual mulkni huquqiy himoya qilishga oid nazariy bilimlari oshirilmoqda.
👉Batafsil