ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Sh. Rabiyev ishtirokida Farg'ona viloyati yuridik texnikumida talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv rasmiy ma’ruzalardan xoli, erkin muloqot shaklida tashkil etildi. Ochiq muloqot davomida yoshlarning muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

📢📢 “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda


Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi bo'lib o'tmoqda.

🗓 Mazkur aksiya 2024-yil 20-martgacha davom etadi.

🔘 Huquqiy aksiya doirasida:
▫️tegishli hujjatlarga ega bo'lmagan shaxslar respublika miqyosida xatlovdan o'tkaziladi;
▫️ fuqarolarning ushbu turdagi murojaatlari joylarda tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” ishonch telefoni orqali tezkorlik bilan qabul qilinadi;
▫️ sayyor qabullar tashkil etiladi;
▫️ kelib tushgan barcha murojaatlar o'rganib chiqilib, muammolarni qonuniy hal etishga ko'maklashiladi.

@adliyangiliklari
📢 DIQQAT E’LON!

‼️25-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumaniga davlat va nodavlat OAVda mehnat qilayotgan JURNALISTLARNI, shuningdek, MUSTAQIL JURNALIST VA BLOGERLARNI taklif qilamiz.

📍2024-yil 25-yanvar kuni soat 12:00 da AOKA binosida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan amalga oshirilgan muhim vazifalar. Davlat dasturlari ijrosi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

☎️ Barcha savollar bo‘yicha “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmatiga (97-149-70-27, 55-503-01-50 (3)) murojaat etish mumkin.

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev Fargʻona shahridagi “Shodiyona” Mahalla fuqarolari yigʻinida mahalla yettiligi bilan uchrashdi.

Mahallalarda hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi kabi yangi mutaxassislar ish boshlaganiga hali koʻp vaqt boʻlmadi, ammo ularning faoliyati natijasi qisqa vaqtda yaqqol koʻzga tashlandi.

Buni aholining mahallaga ilgarigidek moddiy yordam soʻrab emas, koʻproq tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun murojaat qilayotgani, xotin-qizlar va yoshlar yaratilayotgan sharoitdan unumli foydalanishga intilayotganidan bilish mumkin.

Aholining bu boradagi intilish va saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida adliya vaziri oʻrinbosari mahalla yettiligi hamda faollar bilan ochiq muloqot qildi.

Samimiy suhbatlar davomida, avvalo, talab va takliflar oʻrganildi. Aholini huquqiy sohada qiynab kelayotgan masalalar tinglandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_va_yoshlar

Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o'quvchilari muzeylarga tashrif buyurishdi

Respublikamizdagi 14 ta yuridik texnikum o'quvchilari "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" shiori ostida muzey, me'moriy majmua va bir qator tarixiy joylarga sayohat uyushtirdilar.

Sayohat davomida o'quvchilar yurtimizning boy madaniy tarixi hamda qadimiy eksponatlar bilan tanishdilar.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Fargʻona viloyatida adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev “Ishga marhamat!” monomarkazida boʻlib, kasb-hunar oʻrganayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan muammolar va ular duch kelayotgan masalalar tinglanib, har bir yoshga tegishli taklif va tavsiyalar hamda masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

@adliyangiliklari