ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_munosabat

Kadastr idoralari nega yerga oid qonunbuzilishida o‘zini chetga olmoqda?


Markaziy va mahalliy telekanallarda “Navoiyda yerlar auksion orqali sotilganda xaridorlarning huquqi poymol qilinganmi?” sarlavhasi ostida video reportaj ommalashdi. Mazkur lavha yuzasidan Kadastr agentligi tomonidan berilgan raddiya bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi...

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 27-dekabrdagi 11/2023-sonli bayonnomasiga asosan quyidagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasi vaqtincha to‘xatildi:

▫️Olmazor tumanida — N.Zufarova (15 kun muddatga 05.01.2024-yildan);
▫️Uchtepa tumanida — N.Mirsaatova (15 kun muddatga 30.12.2023-yildan);
▫️Chilonzor tumanida — X.Musayeva (15 kun muddatga 31.12.2023-yildan);
▫️Sergeli tumanida — A.Toshboyev (15 kun muddatga 30.12.2023-yildan
▫️Uchtepa tumanida — Sh.Alimov (15 kun muddatga 31.12.2023-yildan);
▫️Chilonzor tumanida — G‘.Xolbayev (2 oy muddatga 01.01.2024-yildan);
▫️Chilonzor tumanida — K.Yarmatov (15 kun muddatga 31.12.2023-yildan);
▫️Sergeli tumanida — J.Maqsudov (15 kun muddatga 01.01.2024-yildan);
▫️Shayxontohur tumanida — O.Zuxurov (1 oy muddatga 01.01.2024-yildan);
▫️Shayxontohur tumanida — A.Abduraxmonov (15 kun muddatga 05.01.2024-yildan);
▫️Olmazor tumanida — U.Azamova (15 kun muddatga 30.12.2023-yildan).

@adliyangiliklari
#Adliya_va_yoshlar

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev yoshlar bilan uchrashdi

Davlatimiz tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtiga mazmun olib kirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan bo‘lib, hozirda yoshlar bilan ishlashning mahalla-tuman-viloyat-respublika tizimi yaratildi.

Shu o‘rinda Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 16-yanvar kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Angor tumanida yoshlar bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan  shtab faoliyati a’zolari, sektor rahbarlari va yoshlar bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda ko‘makka muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga diniy ekstremizm, terrorizm, korrupsiyaviy jinoyatlar tushunchasi hamda mazkur jinoyatlarni sodir qilishning huquqiy oqibatlar xususida ham ma’lumotlar berilib, targ‘ibot materiallari va Konstitutsiya kitoblari tarqatildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

💻Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun online buyurtma bering!

🏠Pochta xizmati uyingizga etkazib beradi!

📄Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani
uydan turib YIDXP (my.gov.uz) orqali olish mumkin. Avalgidek, FHDY organlariga bormaysiz, navbat kutib ovora boʻlmaysiz, bir-nechta hujjatlarga imzo qoʻymaysiz, asosiysi navbat kutib turmaysiz.

⌨️Buning uchun (my.gov.uz) orqali buyurtma berasiz.

📝Buyurtmada:

⏺Farzandingizga tegishli ma'lumotlar to'ldiriladi;
⏺Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani yetkazib beriladigan manzil koʻrsatiladi;

💬Soʻngi qadamda invoys shakillanadi va BHMning 15 foizi (45 900 so'm) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 soʻm toʻlov amalga oshiriladi.

👨‍💻FHDY xodimi, kelib tushgan buyurtmani koʻrib chiqib, chop etgan Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani pochta xizmatiga taqdim etadi.

🚗Guvohnoma pochta xizmati tomonidan yetkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

❓ Davlat xizmatlari markazlari orqali pensiya tayinlash uchun ariza berish xizmati ishga tushirilganligidan xabardormisiz?

Endilikda fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali pensiya tayinlash uchun ariza topshirishi mumkin.

Xizmatning afzalliklari:

▫️Istalgan davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki onlayn tarzda my.gov.uz saytiga kirgan holda pensiya olish uchun ariza topshirishning mumkinligi;
▫️Xizmatning tez va sifatli ko'rsatilishi natijasida ortiqcha vaqt sarflanmasligi;
▫️Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday haq undirilmasligi.

Xizmatdan foydalanish uchun:

▫️ Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurish yoki my.gov.uz saytiga kirib, tegishli xizmatni tanlash;
▫️So‘rovnomani toʻldirgan holda ariza yoʻllashning o‘zi yetarli.

⏳ Arizani ko'rib chiqish bosqichlari:

🔹Ariza Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun «Pensiya» dasturiy majmuasiga yuboriladi.
🔹Pensiya jamg‘armasining «Pensiya» dasturiy majmuasi axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa ma’lumotlariga asosan davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartib va me’yorlarga muvofiq hisoblaydi va tayinlaydi.
🔹Pensiya tayinlanganligi yoki rad etilganligi sabablarini ko‘rsatgan holda Davlat xizmatlari markaziga yoki my.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetga ma’lumotnoma yuboriladi.
🔹Davlat xizmatlari markazi murojaat qiluvchini ariza natijasi haqida xabardor qiladi.

📆 Natija 10 ish kunida taqdim etiladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_yangilik

🚗 Endi avtomototransport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish mumkin

Sotuvchi E-notarius.uz axborot portalida “Notarial harakatni rasmiylashtirish”ni tanlaydi, oʼzining shaxsiga oid maʼlumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi:

▫️sotuvchi sotilayotgan avtomototransport vositasini tanlaydi va narxini kiritadi;
▫️sotuvchi sotib oluvchining JShShIRni, shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqamini va telefon raqamini kiritadi;
▫️sotib oluvchining telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi. Sotib oluvchi havolaga kirib Face-Id orqali verifikatsiyadan oʼtadi va roziligini tasdiqlaydi;
▫️avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi;
▫️notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;
▫️belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;

📬 Bitimning asl nusxalari taraflarga kuryerlik (pochta) xizmati orqali yuboriladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida “Mamlakat platformasi”ning qonun ustuvorligi va davlat boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari