ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.57K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Fuqarolar ehtiyojiga qaratilgan davlat xizmatlari “Bir qadam” tamoyili asosida xalqaro va milliy tajriba

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Oltinko’l tumanidagi “mahalla beshligi” bilan uchrashdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Oltinko'l tumanidagi “Oq-tepa” mahallasi “beshligi” — yig’in raisi, hokim yordamchisi, xotin qizlar faoli, yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektori bilan suhbatlashib, ularning mavjud taklif va muammolarini o‘rgandi.

Suhbat davomida nikohlanuvchi shaxslar haqida ma’lumotlarni nikohga ariza kelib tushgan vaqtda olish, “onlayn mahalla” elektron platformasi orqali issiqxona qurishga subsidiya ajratishdagi muammolar hamda ushbu elektron platformani bandlik bosh boshqarmasining elektron tizimi bilan integratsiya qilish bo'yicha takliflar bildirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Vazir o‘rinbosari tizim xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Bugun, 12-dekabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev Termiz, Angor va Boysun tumani adliya bo‘limlari faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuvlarda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda tuman adliya boʻlimlarining faoliyatini yanada jonlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yuzma-yuz muloqotda har bir xodim bilan suhbatlashilib, sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha fikr-mulohazalar tinglandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari yuridik texnikum faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri o'rinbosari Sherzod Rabiyev Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davomida ta'mirlanishi yakunlanayotgan yuridik texnikum binosini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, pedagog xodimlar va o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishib, ta'lim olishda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'lash, bunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarini ham jalb qilishda hamkorlikni kuchaytirish bo'yicha fikrlarini bildirdi.

Tashrif davomida yuridik texnikumdagi dars jarayonlarida pedagog xodimlar va o‘quvchilar bilan ham muloqotda bo‘lib, ularga professional huqushunos bo‘lish uchun yetarli ilm olish va ularga bu borada sharoitlar yaratib berilishini qayd etib o‘tdi.

@adliyangiliklari