ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.58K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib bo'lingan bo'lsa, sudda ko'rib chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan o'ziga nisbatan qo'llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to'g'risidagi shikoyat bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishga haqli.

Konstitutsiyaviy sudning qarori qat'iy va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.

133-modda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Savdo va koʻngilochar bogʻlarda Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiya sayli oʻtkazilmoqda

Konstitutsiya kuniga bagʻishlab poytaxtimizdagi savdo majmuasida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan tadbir tashkil qilindi.

Тadbirda aholiga turli masalalarda huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berildi, Konstitutsiya kitobi va boshqa huquqiy qoʻllanmalar, flayer, bukletlardan iborat stendlar, huquqiy burchaklar tashkil qilindi. Tadbir davomida huquqiy viktorinalar oʻtkazilib, yigʻilganlarning huquqiy bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

Konstitutsiya saylida Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov ishtirok etib, fuqarolarga Bosh Qomusimizda belgilangan asosiy normalar haqida maʼlumot berdi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Alohida uy-joy, kvartirani xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati kim tomonidan ko‘rsatiladi va qancha miqdorda yig‘im undiriladi?

— Alohida uy-joy, kvartirani xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati Davlat xizmatlari markazi tomonidan va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali vakolatli organ bilan hamkorlikda ko‘rsatiladi.

Davlat xizmatlari markazi va YIDXP hamda vakolatli organ o‘rtasida axborot almashinuvi idoralararo elektron tizimlar orqali 1 ish soati mobaynida amalga oshiriladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
____________

❓Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishida so‘rovnomaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?

— So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
▫️alohida uy-joy, kvartira mulkdori ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
mulkdorning oila a’zosi bo‘lgan taqdirda, ushbu faktni tasdiqlovchi hujjat (mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birga);
▫️vakilning vakolatini tasdiqlaydigan ishonchnoma.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 627-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_OAV

"Xalq so‘zi" gazetasining 261-sonida (2023-yil 7-dekabr) "Inson manfaatlari ulug‘lagan yurtda tarqqiyot va farovonlik bo‘ladi" nomli adliya vaziri Akbar Toshqulovning maqolasi chop etildi.

Maqola bilan tanishib chiqishingiz mumkin (1-2-sahifalar).

@adliyangiliklari
Халқ сўзи.pdf
1.1 MB
#Adliya_va_OAV

"Xalq so‘zi" gazetasining 261-sonida (2023-yil 7-dekabr) "Inson manfaatlari ulug‘lagan yurtda tarqqiyot va farovonlik bo‘ladi" nomli adliya vaziri Akbar Toshqulovning maqolasi chop etildi.

Maqola bilan tanishib chiqishingiz mumkin (1-2-sahifalar).

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

"Adliya a'lochi"lari taqdirlandi

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan adliya sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar e'tirof etildi. Ular adliya vaziri buyrug‘i bilan ta'sis etilgan “Adliya a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Hamkasblarimizni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz hamda kelgusi ishlarida rivoj va omadlar tilaymiz!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Birlashgan Arab Amirliklari adliya vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni 8-dekabr – Konstitutsiya kuni bilan tabriklaydi!

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Advokat o'z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo'l qo'yilmaydi.

Advokatga o'z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta'minlanadi.

Advokat, uning sha'ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo'ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi.

142-modda.

@adliyangiliklari