ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.57K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Infografika

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud ballistika va izshunoslik ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati haqida umumiy ma'lumot infografikada

@adliyangiliklari
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Senzuraga yo'l qo'yilmaydi.

Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to'sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi.

82-modda.

@adliyangiliklari
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

O'zbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bo'lgan, yuz ming nafardan kam bo'lmagan fuqarolari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman), O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.

Qonun loyihalarini, qonunchilik takliflarini kiritish va ko'rib chiqish tartibi qonun bilan belgilanadi.

98-modda.

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo'ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyati vakillik organlaridir.

Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qiladi.

Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o'zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas.

Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari muddati – besh yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas.

Xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovi va xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.

120-modda.

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi

Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy hamkorlik va xalqaro reytinglar boshqarmasi Xalqaro-huquqiy hamkorlikni rivojlantirish va protokol bo‘limi yetakchi maslahatchisi Odinabonu Nodirxodja qizi Uktamxodjayeva 2023-yilning noyabr oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

Odinabonu vazirlikdagi mehnat faoliyatini 2021-yilda Yuridik ta'lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida boshlagan. 2021–2023-yillarda vazirlik boshqarmalarida turli lavozimlarda ishlagan.

2023-yilning may oyidan boshlab Xalqaro-huquqiy hamkorlik va xalqaro reytinglar boshqarmasi Xalqaro-huquqiy hamkorlikni rivojlantirish va protokol bo‘limi yetakchi maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

O. Uktamxodjayeva siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini oshirish, xalqaro-huquqiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash, xalqaro shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish sohasida samarali faoliyat yuritmoqda.

Vazirlik jamoasi Odinabonu Uktamxodjayevani ushbu e'tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

@adliyangiliklari
#Muhim

Kadastr agentligi axborot tizimlarida profilaktika ishlar amalga oshirish rejalashtrilganligi sababli joriy yilning 7-dekabr soat 20:00 dan 11-dekabr soat 11:00 ga qadar davlat xizmatlari markazlari hamda Notarial idoralarida kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

@adliyangiliklari
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib bo'lingan bo'lsa, sudda ko'rib chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan o'ziga nisbatan qo'llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to'g'risidagi shikoyat bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishga haqli.

Konstitutsiyaviy sudning qarori qat'iy va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.

133-modda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Savdo va koʻngilochar bogʻlarda Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiya sayli oʻtkazilmoqda

Konstitutsiya kuniga bagʻishlab poytaxtimizdagi savdo majmuasida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan tadbir tashkil qilindi.

Тadbirda aholiga turli masalalarda huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berildi, Konstitutsiya kitobi va boshqa huquqiy qoʻllanmalar, flayer, bukletlardan iborat stendlar, huquqiy burchaklar tashkil qilindi. Tadbir davomida huquqiy viktorinalar oʻtkazilib, yigʻilganlarning huquqiy bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

Konstitutsiya saylida Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov ishtirok etib, fuqarolarga Bosh Qomusimizda belgilangan asosiy normalar haqida maʼlumot berdi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Alohida uy-joy, kvartirani xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati kim tomonidan ko‘rsatiladi va qancha miqdorda yig‘im undiriladi?

— Alohida uy-joy, kvartirani xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati Davlat xizmatlari markazi tomonidan va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali vakolatli organ bilan hamkorlikda ko‘rsatiladi.

Davlat xizmatlari markazi va YIDXP hamda vakolatli organ o‘rtasida axborot almashinuvi idoralararo elektron tizimlar orqali 1 ish soati mobaynida amalga oshiriladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
____________

❓Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishida so‘rovnomaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?

— So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
▫️alohida uy-joy, kvartira mulkdori ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
mulkdorning oila a’zosi bo‘lgan taqdirda, ushbu faktni tasdiqlovchi hujjat (mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birga);
▫️vakilning vakolatini tasdiqlaydigan ishonchnoma.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 627-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_OAV

"Xalq so‘zi" gazetasining 261-sonida (2023-yil 7-dekabr) "Inson manfaatlari ulug‘lagan yurtda tarqqiyot va farovonlik bo‘ladi" nomli adliya vaziri Akbar Toshqulovning maqolasi chop etildi.

Maqola bilan tanishib chiqishingiz mumkin (1-2-sahifalar).

@adliyangiliklari
Халқ сўзи.pdf
1.1 MB
#Adliya_va_OAV

"Xalq so‘zi" gazetasining 261-sonida (2023-yil 7-dekabr) "Inson manfaatlari ulug‘lagan yurtda tarqqiyot va farovonlik bo‘ladi" nomli adliya vaziri Akbar Toshqulovning maqolasi chop etildi.

Maqola bilan tanishib chiqishingiz mumkin (1-2-sahifalar).

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

"Adliya a'lochi"lari taqdirlandi

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan adliya sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar e'tirof etildi. Ular adliya vaziri buyrug‘i bilan ta'sis etilgan “Adliya a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Hamkasblarimizni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz hamda kelgusi ishlarida rivoj va omadlar tilaymiz!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Birlashgan Arab Amirliklari adliya vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari