ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.58K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Davlat qulay investisiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta'minlaydi.

Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o'z faoliyati yo'nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.

O'zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag'larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.

Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.

67-modda.

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

Ayni vaqtda Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi jonli efirda uzatilmoqda.

Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar va ularning mohiyati

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 https://www.youtube.com/watch?v=8q_JU7gIjSE

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Fargʻona viloyatiga tashrifi doirasida hududlardagi adliya organlarini oʻrganmoqda.


Bugun tashrif davomida Oltiariq tumanidagi adliya boʻlimlari, yuridik xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi va ularning arxivlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Oltiariq tuman madaniyat boʻlimida qish mavsumi uchun tayyorlangan koʻmir zaxirasini oʻrgandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi “Respublika isteʻmolchilariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 551-son qarori asosida koʻmir zaxirasi tashkil etilganligini koʻzdan kechirdi.

Masʻullar bilan oʻtkazilgan muloqotda yuqoridagi qaror talablarini buzganlik uchun mavjud jazo choralari tushuntirildi va zarur tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Shvetsiya Qirolligi Adliya vazirligining Davlat kotibi Anders Xoll bilan uchrashdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_onlayn

⚡️"Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish" mavzusida onlayn muloqot boshlandi.

Savollarga Adliya vazirligi mas'ul xodimlari javob beradi.

📹 Jonli efirni mazkur havola orqali kuzatib borishingiz mumkin 👉 https://youtu.be/j63cf5ztjzU?si=W8DNIU48NI7XV2G9

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Fargʻona viloyatiga tashrifining ikkinchi kunida viloyat maʼmuriy markazidan olis hududlardagi adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Qirgʻizistonga tutash hudud Fargʻona tumanidagi adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.

Viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi A.Buriyev DXM va FHDY xodimlariga yaratilgan sharoitlar, oylik ish haqilaridagi oʻzgarishlar, binolardagi qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan taqdimot oʻtkazdi.

Shundan soʻng, Fargʻona tumanidan 40 km olisda joylashgan, yuz mingdan ortiq aholiga ega Chimyon hududidagi DXM filiali hamda 2-son FHDY boʻlimlari, shuningdek, Oltiariq, Rishton, Bagʻdod, Buvayda hamda Fargʻona shahar adliya boʻlimlarida davlat xizmatchilariga yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

Davlat xizmatchilari bilan samimiy suhbatlar davomida aytilgan kamchiliklar, aniqlangan muammolar, berilgan takliflardan kelib chiqib “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish belgilab olindi.

@adliyangiliklari