ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.59K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Infografika

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud kompyuter texnikaviy ekspertizasi bo’limi faoliyati haqida umumiy ma'lumot infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ayni damda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori Akram Xalilov boshchiligidagi delegatsiya Avtsraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tayotgan International Association of Forensic Sciences — IAFS ning anjumani va Avstraliya va Yangi Zelandiya sud ekspertiza jamiyatining (Australian & New — ANZFSS) 26-simpoziumida ishtirok etmoqda.

IAFSning ochilish marosimida 70 dan ortiq davlatlar sud ekspertiza muassasalaridan 1707 ta ishtirokchi, shular qatorida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etmoqda.

Simpoziumning yillik yig‘ilishi doirasida tashkil etilgan sud ekspertiza sohasiga oid innovatsion ishlanmalar, uskunalardan iborat ko‘rgazmalar bilan markaz delegatsiyasi yaqindan tanishmoqda.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari O‘zbekiston sud ekspertlik tizimiga yangi innovatsiya va uskunalarni joriy qilish, xalqaro hamkorlik munosabatlarini o’rnatish masalalari bo’yicha xorijiy davlatlar sud ekspertlik muassasalari bilan muzokaralar olib borishmoqda.

Simpozium o‘z ishini 24-noyabrga qadar davom ettiradi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

TDYU volontyor-talabalari ayollar va qizlarga nisbatan kiberzo‘ravonlikka qarshi kurash haqida ijtimoiy rolik tayyorlagan edi. Mazkur rolik Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda "Xotin-qizlar orasida qonun ustivorligini ta'minlashga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy videorolik" nominatsiyasida 2-o‘rinni egalladi.

@adliyangiliklari
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo'qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo'qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot huquqiga ega.

Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste'mol xarajatlaridan oz bo'lishi mumkin emas.

46-modda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yaponiyada malaka oshirish amaliyoti boshlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xalqaro e'tirof: Adliya vazirligi davlat boshqaruvi sohasida eng namunali vazirlik

Bugun, 22-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasida ilk marotaba Birlashgan Arab Amirliklari hukumati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ma'lumot uchun: BAA hukumati tomonidan milliy rivojlanish dasturi, sohaviy strategiyalarning ijrosini ta'minlashda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan davlat organlari va davlat xizmatchilarini munosib taqdirlash maqsadida 2009-yildan buyon “Davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi har ikki yilda bir marta amalga oshirib kelinmoqda.

Mamlakatimizda ham BAA Bosh vaziri ofisi bilan hamkorlikda joriy yilda birinchi marta “O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi amalga oshirildi.

Dasturda 17 ta vazirlik va 70 nafardan ortiq vazirlik xodimlari 8 ta nominatsiya (3 ta institusional va 5 ta individual) bo‘yicha ishtirok etdi.


Baholash natijalariga ko‘ra Adliya vazirligi:
🔹"Namunali vazirlik" nominatsiyasida 1-o‘rinni;
🔹 "Funksiya, xizmat va innovatsiyalarni amalga oshirish" nominatsiyasida 1-o‘rinni;
🔹"Integratsiyalashgan mexanizmlar sohasidagi namunali vazirlik" nominatsiyasida 1- o‘rinni egalladi.

Shuningdek, "Namunali vazir o‘rinbosari" nominatsiyasida adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev 1-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Bundan tashqari, Adliya vazirligining bo‘lim boshlig‘i Otabek Haqberdiyev "Namunali ixtisoslashgan xodim" nominatsiyasining sovrindori bo‘ldi.

Ushbu yuksak va sharafli xalqaro e'tirof Adliya vazirligining 10 mingga yaqin xodimlari faoliyat yurituvchi jamoasining mashaqqatli va sharafli mehnati natijasi hisoblanadi. Adliya organlari xalq xizmatida sidqidildan faoliyat yuritishda davom etadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston tumanida “Adliya bogʻi” yaratildi

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Oʻzbekiston tumani Oq masjid qishlogʻida "Adliya bogʻi" tashkil etildi. Boshqarma tomonidan ajratilgan maydonga 400 tupdan ortiq manzarali va mevali koʻchatlar oʻtqazildi.

Mazkur loyiha asosida Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi joriy yilda ona yer bagʻriga 8 mingga yaqin mevali va manzarali daraxt va buta koʻchatlari ekishni maqsad qilgan. Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi adliya tizimida ham umummilliy harakat va qadriyat sifatida namoyon boʻlayotganini kuzatish mumkin.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, shu kunga qadar Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat bo'ylab 5 ming tupdan ortiq 30 xilga yaqin mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

Tez kunlarda navbatdagi "Adliya bog'i" butunlay yangidan bunyod etilayotgan Ekoshahar hududida barpo etiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun, 22-noyabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari bilan birga vazirlikda faoliyat yuritayotgan yoshlar, ularga yaratilgan imtiyoz va qulayliklar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar masalalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazdi.

@adliyangiliklari