ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.58K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

"Adliya bog'i"ga nihollar ekildi

Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu jarayonda adliya xodimlari ham faol ishtirok etib, yashil tabiat rivojiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.

Bugun Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda qu‘yi tizimlari xodimlari ko‘chat ekib, hududlarni obod qilish harakatida yeng shimardilar. Guliston shahrining Mirzaobod tumani bilan chegaradosh hududidan ajratilgan salkam 2 gektar yer maydonida “Adliya bog‘i” tashkil qilindi.

— Hamjihatlikda hikmat ko‘p deganlaridek, tizim xodimlari, yoshlar, faxriylarning uyushqoqligi bilan “Adliya bog‘i”ga nihollar ekildi, — deydi Yangiyer shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Rustam Yulchirayev.


Chindan ham, ushbu xayrli tashabbus ko‘ngildagidek bajarilishida jamoaviy birdamlik juda muhim. Shu kuni “Adliya bog‘i”ga hashar yo‘li bilan 2000 ga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo'lish, o'z sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.

Har kim yozishmalari, telefon orqali so'zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo'l qo'yiladi.

Har kim o'z shaxsiga doir ma'lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto'g'ri ma'lumotlarning tuzatilishini, o'zi to'g'risida qonunga xilof yo'l bilan to'plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo'lmay qolgan ma'lumotlarning yo'q qilinishini talab qilish huquqiga ega.

31-modda.

@adliyangiliklari
#Biz_birgamiz

“Yangi nafas” yugurish marafonida nogironligi bo‘lgan shaxslar ham ishtirok etdi

Adliya vazirligi tomonidan “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilgan “Davlat bayrog‘i kuni”ga bag‘ishlangan “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasida nogironligi bo‘lgan shaxslar qatnashdi.

Marafon bir vaqtni o‘zida respublikaning 16 ta shahrida o‘tkazildi.

Mazkur yugurish musobaqalariga O‘zbekistonda Nogironlar, Karlar hamda Ko‘zi ojizlar jamiyatlarining jami 1000 ga yaqin a'zolari ishtirok etdi.

Marafon ishtirokchilari o‘rtacha 50-150 ming so‘mgacha badal to‘lab ishtirok etgan bo‘lsa, imkoniyati cheklanganlar uchun esa bepul qilib berildi.

Ma'lumot uchun: nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, vazirlik O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslarni birlashtirish hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2018 yildan boshlab “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasini amalga oshirib kelmoqda.

Loyiha doirasida vazirlik tomonidan bugungi kunga qadar ko‘plab yirik ijtimoiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.

Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo'yishni va ko'zdan kechirishni o'tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo'l qo'yiladi. Uy-joyda tintuv o'tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo'l qo'yiladi.

31-modda.

@adliyangiliklari
#infografika

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati haqida umumiy ma'lumot infografikada

@adliyangiliklari