#Sayyor_qabul
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli Narpay tumanida bo‘lib o‘tdi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
G‘ijduvon va Peshku tumanlarida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazildi

Adliya vaziri Surxondaryo viloyatidagi adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.
Akbar Toshqulov Termiz shahar, Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, FHDY bo’limi, “Madad” NNT hududiy byurosida bo’lib, bevosita fuqarolar bilan ishlash jarayonlarini kuzatdi hamda xodimlar bilan tizimda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yangiliklar va amaliyotda mavjud tizimli muammolar masalasida muloqot qildi.
O‘rganish davomida xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ish faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash, xususan, mavjud elektron tizimlardagi funksiyalarni takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflar muhokama qilindi.

#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi
Agar shaxsning o'z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo'lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o'ziga nisbatan insoniy muomalada bo'linishi hamda inson shaxsiga xos bo'lgan sha'ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.
Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo'lishi mumkin emas.
28-modda

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi
🇺🇿 Davlat bayrog‘i O‘zbekiston davlat suverenitetining ramzidir
18-noyabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun.

Adliya vazirligi barchangizni ushbu kun bilan chin dildan tabriklaydi.
@adliyangiliklari
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik
⚡️Daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi
✔️ Joriy yilning 15-noyabr kuni Hukumatning 601-son qarori bilan Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga imtiyoz qo'llash bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.
🖥 Endilikda fuqarolar “Jismoniy shaxslardan shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash” bo‘yicha online ariza berishlari mumkin
❓ Qanday deysizmi?
💻 Buning uchun Siz, YIDXP dan ro‘yxatdan o‘tasiz va so‘rovnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni xato va kamchiliklarsiz to‘ldirilganligini tekshirasiz va bank karta rekvizitlarini ko‘rsatasiz.
📄 So‘rovnomaga asosan vakolatli organ so‘rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ariza beruvchiga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilgan yoki qo‘llanilmaganligi haqida QR-kod qo‘yilgan xabarnomani YIDXP orqali arizachining shaxsiy kabenitiga yuboradi.
📌 Ko‘rsatilgan davlat xizmati uchun to’lov undirilmaydi
📝 Daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik qo‘mitasi 15 kun ichida to‘lovlarni amalga oshiradi.
@adliyangiliklari
⚡️Daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Toshkent Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan ushbu anjumanda Adliya vazirli o‘rinbosari Sh. Rabiyev ham ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, davlatning xalqaro reyting va indekslardagi munosib o‘rni esa, o‘z navbatida, mustahkam tashqi aloqalarni o‘rnatish, xalqaro hamjamiyatni davlatimizga nisbatan ishonchini orttirish, xorijiy investorlarni jalb qilish uchun o‘ziga xos omil hisoblanadi.
Shu bois xalqaro reytinglar va indekslarda mamlakatimiz o‘rnini mustahkamlashga davlat darajasida eʼtibor qaratilib, bu borada huquqiy va institutsional asoslar shakllantirilmoqda.
O‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra O‘zbekistonning siyosiy – huquqiy sohadagi reytinglardagi o‘rnini yaxshilash uchun parlament nazoratini yana-da kuchaytirish, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi faolligini oshirish, qonun hujjatlari normalarining aniq va bir xilda amalga oshirilishini taʼminlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, jurnalistlarning huquqlarini taʼminlash hamda shaffoflik mexanizmlarini yana-da samarali yo‘lga qo‘yish talab etiladi.
Shu bilan birga, taʼkidlash o‘rinliki, davlat organlarining xalqaro reyting va indekslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir etish imkoniyati cheklangan, zero reytinglarni tuzish metodikalari asosan respondentlar va ekspertlar o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovlar natijalarini tahlil qilishga asoslanadi.
Shunday ekan, qonunlar va amalga oshirilayotgan islohotlarning avvalo quyi darajadagi hayotga tatbiq etilishi ekspertlar tomonidan ijobiy baholanadi va kelgusida reytinglardagi o‘rnimizni belgilab beradi. Bu esa, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida davlat siyosatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishni talab qiladi.