ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.59K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan “Toshkent viloyati hokimligining qarorlarini qabul qilish va e'lon qilishda shaxsga doir ma'lumotlar bilan ishlash bo‘yicha mas'ul xodmlarining huquqiy bilimlarini oshirish” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Navoiy viloyatida respublika ishchi guruhi tomonidan o'tkazilayotgan ommaviy qabullar Navoiy shahrida davom etdi
.

Kunning ikkinchi yarmida adliya boshqarmasi boshlig'i shahar adliya bo'limi binosida Navoiy shahri va Karmana tumani fuqarolarining murojaatlarini qabul qildi.

Qabul davomida farzandiga tug‘ilganlik guvohnomasini olish, otalikni belgilash, mehnat munosabatlari, bandlik, uy-joy qurilishi va ta'minoti, ish stajini tiklash, moddiy yordam, mutaxassisligiga ko'ra ishga joylashish singari murojaatlar ko‘rib chiqildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Shahrisabzda hamshiralarning 88 millon so‘mdan ortiq pullari to‘lab berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Конституциянинг_30_та_асосий_қоидаси

Яшаш ҳуқуқи ҳар бир инсоннинг ажралмас ҳуқуқидир ва у қонун билан муҳофаза қилинади. Инсон ҳаётига суиқасд қилиш энг оғир жиноятдир.

Ўзбекистонда ўлим жазоси тақиқланади.

25-модда

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Namanganda “Adliya bog'i” tashkil etildi

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya bo'limi xodimlari Pop tumanida tashkil etilayotgan “Adliya bog'i”ga borib daraxt ekish ishlarida ishtirok etdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Fuqaro Said Xabirov vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan do‘stining nomini abadiylashtirish bo‘yicha Adliya vazirligi va viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasiga yo‘llagan murojaati ijobiy hal etildi.

Batafsil yuqoridagi video orqali tanishing!👆

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Bugungi sayyor qabul Qiziltepada

Navoiy viloyatida respublika ishchi guruhi tomonidan o'tkazilayotgan ommaviy qabullarning navbatdagisi Qiziltepa tumanida bo'lib o'tdi. Bunda adliya boshqarmasi boshlig'i ham tuman adliya bo'limi binosida fuqaro murojaatlarini qabul qildi.

Muloqotda Qiziltepa, Konimex tumani aholisi ishtirok etdi. Orif Temirov Qiziltepa tumanining "Vang'ozi" mahallasida istiqomat qiladi. Fuqaro o'z murojaatida mahallaga ichimlik suvi o'tkazilib, xonadonlarga suv o'lchagichlar o'rnatilgani ammo suv kelmayotgan bo'lsa-da, qarzdorlik hisoblanganidan shikoyat qildi.Holat qonuniy ko'rib chiqilib, tegishli hujjatlar hozirlandi.

"Tavois" mahallasida yashovchi Qunduz Sodiqova esa tibbiyot birlashmasi tomonidan noqonuniy ishdan bo'shatilganidan norozi. Fuqaroning masalasi o'rganilib, joyida ijobiy hal etib berildi.

"Bobomurod ota-2001" fermer xo'jaligi raisi Zokir Bobomurodov soliq tizimiga hisobot topshirmagani uchun ma'muriy javobgarlikka tortilganini qonuniy o'rganib chiqishini so'rab murojaat qildi.

Qabul davomida nevarasini vasiylikka olish, ish stajini tiklash, oylik to'lovlari miqdorini hisoblatish, pasport olishdagi chalkashliklarga aniqlik kiritish singari 60 dan ortiq murojaatlar adliya ish yuritiviga qabul qilinib, 20 dan ortiq turdagi davlat xizmatlari va FHDY xizmatlari ko'rsatildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

💻Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun online buyurtma bering! Pochta xizmati uyingizga etkazib beradi!

📄Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani uydan turib YIDXP (my.gov.uz) olish mumkin. Avalgidek, FHDY organlariga bormaysiz, navbat kutib ovora boʻlmaysiz, bir-nechta hujjatlarga imzo qoʻymaysiz, asosiysi navbat kutib turmaysiz.

Buning uchun (my.gov.uz) orqali buyurtma berasiz.

Buyurtmada:
⏺Farzandingizga tegishli ma'lumotlar to'ldiriladi;
⏺Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani yetkazib beriladigan manzil koʻrsatiladi;

Soʻngi qadamda invoys shakillanadi va BHMning 15 foizi (44 500 so'm) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 soʻm toʻlov amalga oshiriladi.

FHDY xodimi, kelib tushgan buyurtmani koʻrib chiqib, chop etgan Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani pochta xizmatiga taqdim etadi.

Guvohnoma pochta xizmati tomonidan yetkaziladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.

Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.

Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko'ra yo'l qo'yiladi. SHaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.

Shaxsni ushlash chog'ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart.

27-modda

@adliyangiliklari
#Diqqat_tanlov

📢📢“Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi o'tkaziladi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan “Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi tashkil etiladi.

Tanlovda umumta'lim, kasb-hunar maktablari, akademik litsey va texnikum o'quvchilari ishtirok etishi mumkin.

Insholar o'zbek (lotin alifbosiga asoslangan), qoraqalpoq va rus tillarida qabul qilinadi.

Tanlov 3 bosqichda tashkil etilib, uni o'tkazish tartibi va shartlari bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

G'oliblar 8-dekabr — Konstitutsiya bayrami arafasida diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

@adliyangiliklari