ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.6K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Farg‘onada situatsion markaz ish boshladi

Davlat xizmatini ko'rsatishda markazlashtirilgan tartibda ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish, xizmat ko'rsatish sifatini oshirish, xavflarni minimallashtirish maqsadida Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida situatsion markaz faoliyati yo'lga qo'yildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Navoiy viloyatida respublika ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilayotgan ommaviy qabullarning navbatdagisi Navbahor tumanida bo‘lib o‘tdi. Sud idoralari, hokimliklar qatori adliya boshqarmasi boshlig‘i ham tuman adliya bo'limi binosida fuqaro murojaatlarini qabul qildi.

Muloqotda nainki navbahorliklar, Xatirchi, Nurota tumani aholisi ham ishtirok etishdi hatto Toshkent shahridan ham murojaatchilar tashrif buyurishdi.

Qabul davomida mehnat munosabatlari, bandlik, uy-joy qurilishi va ta'minoti, ish stajini tiklash, moddiy yordam, mutaxassisligiga ko‘ra ishga joylashish singari 50 dan ortiq murojaatlari tegishliligiga ko'ra adliya ish yurituviga qabul qilinib, ayrimlari boshqa tashkilotlarga ko'rib chiqish uchun yo‘naltirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari: davlat organlari fuqarolik instituti vakillari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashi kerak

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

DELFI Axborot agentligi muharriri bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Joriy yilning 14-noyabr kuni Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti boshlig'i Sanjar Abdullayev hamda Boltiq davlatlarida faoliyat yurituvchi DELFI Axborot agentligining xorijiy yangiliklar departamenti muharriri Ansis Ivans va xalqaro ekspert Gundega Tenterening o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonning qishloq joylarida davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida, Respublikada davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish borasida olib borilayotgan isloxatlar bilan tanishish bilan bir qatorda, xalqaro ommaviy axborot vositalarida chop etish uchun muvaffaqiyat hikoyalari, bloglar va maqolalar uchun maʼlumot to‘plashdan iborat.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda davlat xizmatlari sohasida erishilgan yutuqlar bilan tanishtirildi. Jumladan elektron hujjat almashinuvining yoʻlga qoʻyilishi natijasida qogʻoz va vaqt sarfining kamayishiga erishilganligi, FHDY organlari va notarius tizimlari faoliyatining raqamlashtirilishi, kompazit va proaktiv davlat xizmatlari yaratilishi natijasida aholiga yaratilayotgan qulayliklar haqida aytib o'tildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish tizimining takomillashtirilishi hamda “Litsenziya” axborot tizimida yaratilayotgan litsenziya, ruxsatnoma va xabardor qilish tartibidagi davlat xizmatlari natijasida tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, xorijiy fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga xorijiy konsulliklar orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar, axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan faoliyat hamda xalqaro hamkorlik yuzasidan batafsil maʼluot berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan “Toshkent viloyati hokimligining qarorlarini qabul qilish va e'lon qilishda shaxsga doir ma'lumotlar bilan ishlash bo‘yicha mas'ul xodmlarining huquqiy bilimlarini oshirish” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Navoiy viloyatida respublika ishchi guruhi tomonidan o'tkazilayotgan ommaviy qabullar Navoiy shahrida davom etdi
.

Kunning ikkinchi yarmida adliya boshqarmasi boshlig'i shahar adliya bo'limi binosida Navoiy shahri va Karmana tumani fuqarolarining murojaatlarini qabul qildi.

Qabul davomida farzandiga tug‘ilganlik guvohnomasini olish, otalikni belgilash, mehnat munosabatlari, bandlik, uy-joy qurilishi va ta'minoti, ish stajini tiklash, moddiy yordam, mutaxassisligiga ko'ra ishga joylashish singari murojaatlar ko‘rib chiqildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Shahrisabzda hamshiralarning 88 millon so‘mdan ortiq pullari to‘lab berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Конституциянинг_30_та_асосий_қоидаси

Яшаш ҳуқуқи ҳар бир инсоннинг ажралмас ҳуқуқидир ва у қонун билан муҳофаза қилинади. Инсон ҳаётига суиқасд қилиш энг оғир жиноятдир.

Ўзбекистонда ўлим жазоси тақиқланади.

25-модда

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Namanganda “Adliya bog'i” tashkil etildi

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya bo'limi xodimlari Pop tumanida tashkil etilayotgan “Adliya bog'i”ga borib daraxt ekish ishlarida ishtirok etdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Fuqaro Said Xabirov vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan do‘stining nomini abadiylashtirish bo‘yicha Adliya vazirligi va viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasiga yo‘llagan murojaati ijobiy hal etildi.

Batafsil yuqoridagi video orqali tanishing!👆

@adliyangiliklari