#Adliya_xabari
Sayyor qabullar aholi muammolarini o‘rganish va bartaraf etishga xizmat qilmoqda
Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safari davomida Xovos tumanida sayyor qabul o‘tkazib, aholi muammolarini o‘rgandi.
Tadbirda dastavval vazirlik mas’ullari, tuman hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan 5 nafar ishsiz, ehtiyojmand xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari va pazandachilik uskunalari, 2 nafar nogironligi bor bo‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi.
Shundan so‘ng aholi murojaatlari tinglandi. Masalan, fuqarolar G.Isayeva hamda X. Atabayevning moddiy yordam olish bo‘yicha murojaatiga sayyor qabulda ishtirok etayotgan mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida yechim izlandi. Hozirda foydalanilmay kelinayotgan binoni ijaraga olish yoki xususiylashtirishda amaliy yordam so‘rab mas’ullarga yuzlangan Q.Botirovning murojaati yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabulda bandlik va mehnat munosabatlari, kommunal soha, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, moddiy yordam, meros, o‘lim faktini belgilash, ta’lim sohasidagi muammolar, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq 30 dan ortiq boshqa murojaatlar ham ko‘rib chiqildi.
Qabul mobaynida fuqarolarning ayrim murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
@adliyangiliklari

Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 23-oktabrdagi 13-son yig‘ilish qaroriga asosan adliya boshqarmasi tomonidan Asaka tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius I.Islomov (litsenziya AN 0046, 22.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2023-yil 24-oktabr kunidan 2023-yil 24-noyabr kuniga qadar 1 oy muddatga to‘xtatildi.

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlari, albatta, xalq mulkiga aylanadi. Faqat biroz kuting!
So‘nggi kunlarda bir qator ijtimoiy tarmoqlarda muallif merosxo‘rlarining o‘z huquqlarini himoya qilish yuzasidan murojaat qilishi o‘rinsiz tanqid qilinmoqda.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida muallif hamda boshqa huquq egalarining manfaatlari “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq himoya qilinadi.
Ushbu Qonun xalqaro normalarga asoslangan bo‘lib, butun dunyoda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlarining himoyasi shu tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu Qonunga ko‘ra muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanishda mutlaq huquqlarga ega. Yuridik va jismoniy shaxslar asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin.
Ya’ni, siz biron-bir asardan foydalanishingiz uchun uning muallifi yoki boshqa huquq egalaridan rozilik olishingiz shart.
Ushbu normaning asosiy maqsadi – ijodkorlarning huquqlarini himoya qilish, ularning sermahsul ijodiy faoliyatini davom ettirishiga ko‘maklashish hisoblanadi.
Ushbu Qonunga muvofiq mualliflik huquqlari ikki turga bo‘linadi. Birinchisi – muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari, ikkinchisi – mulkiy huquqlari.
Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari doimo uning o‘zida saqlanib qoladi hamda meros sifatida o‘tkazilmaydi.
Mulkiy huquqlar esa muallifning butun hayoti va uning vafotidan so‘ng 70 yil davomida, turdosh huquqlar esa, ijro birinchi marta ijro etilgandan keyin 50 yil mobaynida amal qiladi.
Muallif vafotidan so‘ng uning mulkiy huquqlari merosxo‘rlarga o‘tishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik va Oila kodekslarining tegishli moddalariga asosan, meros – bu vafot etgan shaxs (meros qoldiruvchi)ning mulkiy huquqlari merosxo‘rga o‘tishidir.
Merosxo‘rlar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchisi, vasiyat bo‘yicha merosxo‘rlar – qarindoshligidan qatiy nazar, har qanday shaxs, shuningdek, yuridik shaxs, davlat yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘r bo‘lishi mumkin.
Ikkinchisi, qonun bo‘yicha merosxo‘rlar – bunda meros qoldiruvchining farzandlari, qon-qarindoshlari voris hisoblanadi. Ular qarindoshlik darajasiga qarab merosga haqdor bo‘ladilar.
Qonunchilikka muvofiq ushbu muddatlarning tugashi asarlarning ijtimoiy mulkka aylanishini bildiradi. Ya’ni, ushbu asarlar nafaqat ma’lum bir xalq, balki butun bashariyat mulkiga aylanadi.
Ijtimoiy mulk bo‘lgan asarlardan har qanday shaxs mualliflik haqini to‘lamagan holda erkin foydalanishi mumkin. Bunda muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlariga rioya etilishi kerak.
Hurmatli vatandosh o‘zgalarning mualliflik va turdosh huquqlariga shaxsiy mulkingizni ardoqlaganingiz kabi munosabatda bo‘ling. Zero, ular ham kimningdir shaxsiy mulkdir.
🌐На русском 🌐In english

O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning 15-2-moddasiga muvofiq va Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 17-oktabrdagi 2-son majlis bayoniga hamda adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2023-yil 19-oktabrdagi 163-um-son buyrug‘iga asosan:
▫️Oltinsoy tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius O‘rozov Abduvoxid Norboyevichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 1 oy muddatga;
▫️Boysun tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Shoymardonov Fayzullo Amirovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 1 oy muddatga;
▫️Denov tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Rasulova Moxira Djumanazarovnaning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 1 oy muddatga;
▫️Qiziriq tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Shoyimov Bahodir Rahmatovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 1 oy muddatga;
▫️Muzrabot tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Temirov Dilovar Rustamovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 1 oy muddatga;
▫️Uzun tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Siddikov Numanjon Muxammadjonovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 1 oy muddatga;
▫️Sho‘rchi tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Qarshiyev Husniddin Xolmurodovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-noyabr kunidan 1 oy muddatga;
▫️Denov tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Tashmuratova Nodira Artikovnaning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-noyabr kunidan 15 kun muddatga;
▫️ Sherobod tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Hamroyeva Hulkar Mengdovulovnaning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 1-noyabr kunidan 3 oy muddatga;
▫️Jarqo‘rg‘on tumanidagi xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Elmurodov Baxrom Gapparovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-dekabr kunidan 1 oy muddatga;
▫️Jarqo‘rg‘on tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Karakulov Askar Abdujabborovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 3 oy muddatga;
▫️Qumqo‘rg‘on tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Saitmurodov Abdimurod Erkinovich litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 3 oy muddatga;
▫️Jarqo‘rg‘on tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Abdiyev Farxod Mamatqobilovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 2 oy muddatga;
▫️Termiz shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Raxmanova Guzal Beknazarovnaning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 1 oy muddatga;
▫️ Termiz tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Xasanov Shavkat Xasanovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 3 oy muddatga;
▫️Termiz shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Boboqulov Hamro Xudaymurotovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 1 oy muddatga;
▫️Termiz shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Djumayeva Yoqutxon Xushbakovnaning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 1 oy muddatga;
▫️Termiz shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Yulbarsov Allayar Pandjiyevichning litsenziyasini amal qilishini 2023-yil 20-noyabr kunidan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

Adliya vaziri yuridik xizmat markazlarining qonunchilikka takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Qashqadaryo viloyatida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan har haftada qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha tayyorlangan takliflarni taqdimot qilish amaliyoti joriy etilgan.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Ko‘kdala, Mirishkor va Kitob tumanlaridagi markaz xodimlari tomonidan tayyorlangan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimot jarayonida Akbar Toshqulov takliflarni tayyorlashda amaliyotda mavjud tizimli muammolar va xorijiy tajribani inobatga olish, takliflarni vazirlikka kiritishda taqdimot formatida har bir taklifni himoya qilish tajribasini joriy etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.
__________
Министр юстиции ознакомился с презентацией предложений в законодательство центров по оказанию юридических услуг
Центры по оказанию юридических услуг Кашкадарьинской области ввели практику еженедельного представления подготовленных предложений по совершенствованию законодательства.
Министр юстиции Акбар Ташкулов ознакомился с предложениями, подготовленными сотрудниками центров в Кукдалинском, Миришкорском и Китабском районах в формате презентации.
В ходе презентации Акбар Ташкулов дал указания и рекомендации по учету существующих системных проблем и изучению зарубежного опыта при подготовке предложений, внедрению практики защиты каждого предложения в формате презентации при внесений предложений в министерство.

#Adliya_aralashgach
Konimex tumani adliya bo‘limining aralashuvi bilan 22 nafar xodimga hisoblangan 191 million 896 ming so‘m miqdordagi mablag‘ undirib berildi.
👉Batafsil

#Adliya_hudud
Quyi bo‘g‘inlar faoliyati o‘rganildi
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Qurbonov Kattaqo‘rg‘on shahridagi adliya organlari faoliyatini o‘rganib, bo‘limlarda xodim va murojaatchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi hamda xodimlar bilan mulqot qildi.

Majburiyatini "unutgan" korxona qarz ustida penya to'laydigan bo'ldi
Shartnomaga ko‘ra, mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan buyurtmachiga 18 turdagi 10 155 000 so'mlik ofis jihozlari belgilangan muddatlarda yetkazib berilgan, shuningdek 9 turdagi ofis texnikalariga 6 100 000 so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Biroq...

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.
@adliyangiliklari
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.
@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul
Sayyor qabullarda aholi muammolari o‘rganilmoqda
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Kogon tumanidagi "B.Naqshband" MFYda jinoyatchilikni oldini olish va aholi muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda 100 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etib, ish bilan ta’minlash, uy-joy va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, moddiy yordam, aliment, meros, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash, elektr ta'minoti bilan bog‘liq va boshqa murojaatlar ham ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida fuqarolarning ayrim murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan 30 ga yaqin murojaatlar ish yurituvga olinib, ko‘rib chiqilishi alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida 10 nafardan ortiq fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatilgan bo'lsa, aholining bandligini ta'minlash maqsadida mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.
Shu bilan birga, "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish" huquqiy aksiyasi doirasida fuqarolarga nogironlik aravachalari va boshqa zarur vositalar topshirildi. Mahallada jinoyatchilikni jilovlash maqsadida jamoatchilik vakillari ishtirokida sayyor sud majlisi ham o‘tkazildi.
Bu kabi sayyor qabullarni reja-grafikka asosan viloyatning barcha hududlarida o‘tkazish rejalashtirilgan.