#Adliya_xabari
Adliya vaziri o‘rinbosari Sirdaryo viloyatida adliya bo‘limlari faoliyati bilan tanishmoqda
Bugun adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Sayxunobod, Mirzaobod, Sirdaryo tumanlari adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari ish faoliyati bilan tanishdi.
Vazir o‘rinbosari dastlab Sayxunobod tuman davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bu yerda aholi va tadbirkorliklarga yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza, fuqarolar uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar burchagining mavjudligi, binoning kuz-qish mavsumiga shayligi holatini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan suhbatlashib aholi va tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlarini to‘liq qanoatlantirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim tizimli muammolar o‘rganildi hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yana-da yaxshilash bo‘yicha takliflari tinglandi.
Vazirlik masʼullarining tuman adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari bilan muloqotida sohada kuzatilayotgan mavjud muammolar atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuvlar davomida xodimlar tomonidan sohani takomillashtirish, kasbiy bilim va malakani oshirish, aholiga huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yana-da yaxshilash bo‘yicha o‘rtaga tashlangan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
@adliyangiliklari

#Adliya_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Advokatning kasb etikasi qoidalari loyihasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining Ustaviga muvofiq Advokatlar kasb etikasi qoidalarini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Advokatlar palatasi Konferensiyaning mutlaq vakolatlaridan biri hisoblanadi.
“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida advokatlik tuzilmalari va Advokatlar palatasining faoliyatiga ko‘maklashadi.
Advokatning kasb etikasi qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo‘lishi mumkin emas.
“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq advokat o‘z professional faoliyatida amaldagi qonunchilik talablariga, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etishi shart.
Adliya vazirligi Advokatning kasb etikasi qoidalari loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga zid kelmasligini ta’minlashda ko‘maklashishini ma’lum qiladi.
Adliya vazirligi
Axborot xizmati

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.
@adliyangiliklari
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Xalqaro hamkorlik: DXM xodimlari rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganadi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) o‘rtasida “Samarali davlat boshqaruvi” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur loyiha doirasida 2023—2026-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo‘lib, unda Samarqand va Farg‘ona viloyatlari pilot hudud sifatida tanlab olingan. Bunda asosiy e’tibor mazkur hududlardagi davlat xizmatlari markazlari (DXM) xodimlarining bilim va saviyasini oshirish hamda onlayn xizmatlar ulushini oshirishga qaratilgan.
Loyiha rahbari Viktor Kessler amaliy tashrif bilan joriy yilning 23-oktabr kuni mazkur qo‘shma dastur doirasida Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida bo‘ldi.
👉Batafsil

#Adliya_hisobot
Adliya sarhisob: 2023-yilning 9 oyida norma ijodkorligi sohasida amalga oshirilgan ishlar
Batafsil infografikada

Adliya vazirligi — elektron davlat xizmatlarini joriy qilish bo'yicha eng yaxshi hamkor tashkilot
“ICTWEEK UZBEKISTAN – 2023” AKT doirasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan “Raqamli hukumat – hukumat insonlar uchun” sammiti o‘tkazildi.
Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ekspertlari, Xitoy, Koreya, Qozog‘iston kabi davlatlardan yetakchi vakillar qatnashdi. Mahalliy ekspertlarning taqdimotlari tinglandi.
Sammitda soha vakillari va faollar davlatning raqamli transformatsiyasi va uning fuqarolar hayotiga ta’siri bilan bog‘liq muhim masalalarni, shuningdek, turli mamlakatlar va mintaqalarda raqamli hukumatlar erishayotgan muvaffaqiyatlar, duch kelinayotgan muammolar hamda imkoniyatlarni muhokama qilindi.
Shu o'rinda, sammit doirasida davlat va xo'jalik tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, raqamlashtirish sohasiga qo'shgan xizmatlari uchun belgilangan nominatsiyalar bo'yicha taqdirlash marosimi o'tkazildi.
Jumladan, Adliya vazirligi "Elektron davlat xizmatlarini joriy qilish bo'yicha eng yaxshi hamkor tashkilot" nominatsiyasida g'olib deb topildi.