ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bugun, 20-oktabr kuni soat 16:00da Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tadi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan yig‘ilishda 2023-yilning 9 oyligi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinadi.

Unda vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linma rahbarlari, «O‘zarxiv» va Personallashtirish agentligi rahbarlari, adliya organlari va muassasalari rahbarlari, shu jumladan tuman (shahar) adliya bo‘limlari va mas'ul xodimlari ishtirok etadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri e’tirofi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli buyrug'i bilan Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichi bitiruvchi talabalarining eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi uchun “Adliya vaziri e’tirofi” nominatsiyasi belgilangan edi.

Bugun 2022/2023-o‘quv yilida bakalavr bosqich bitiruvchi talabalarining eng yuqori baholangan bitiruv malakaviy ishini yozgan 3 nafar bitiruvchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Toshkent davlat yuridik universitetida "Adliya vaziri e’tirofi” nominatsiyasida 2022/2023-o'quv yilida quyidagi talabalar g'olib deb topildi:

1️⃣ 1-o‘rin. Ashurova Madinabonu To‘laganbek qizi. Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti bitiruvchisi;
2️⃣ 2-o‘rin. Maxmudova Shahrizoda Abrorovna. Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti bitiruvchisi;
3️⃣ 3-o‘rin.
Ro‘ziyeva–Rustamova Nozila O‘ktamjon qizi. Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti bitiruvchisi.

Eslatib o'tamiz "Adliya vaziri e’tirofi” nominatsiyasi g‘oliblari egallagan o'rniga qarab, BHM ning 9, 7, 3 barobari miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_onlayn

Ayni vaqtda Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda 2023-yilning 9 oyi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, mavjud kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar tahlil qilinmoqda.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Mamlakatimizda barcha sohalar qatori, sud-huquq tizimining muhim bo‘g‘inlaridan sanalgan sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish borasida izchillik bilan islohotlar amalga oshirilib, sud-ekspertiza faoliyati rivojlanmoqda.

Bu borada Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida maxsus ko‘rsatuv tayyorlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya sarhisobi: to‘qqiz oylik faoliyat tahlil qilindi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

O‘z tilingni bugun asray olmasang, ertaga o‘zligingni ham boy berasan!

Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=_CY20q5B4E0

@adliyangiliklari
#Til_test

Davlat tili haqida 15 test

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan test sinovida faol ishtirok eting.

🖥 15 ta test savoliga javob toping! Uni ishlash uchun bir necha daqiqa kifoya. O‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing.

➡️ Test savollarini ishlash uchun: t.me/QuizBot?start=6uiFtwhW

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Ma’muriy shikoyat qanday shaklda beriladi?

— Ma’muriy shikoyat yozma, og‘zaki yoki elektron shaklda beriladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 8-yanvardagi O‘RQ-457-son Qonuni.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun nima asos bo‘ladi?

— Talabnoma beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek, davlat xizmatini ko‘rsatishda patent bojini to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi.

Talabnomani qabul qilishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
____
 
❓Qanday belgilar tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin?

— Tasvirlar, so‘zlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
___

❓Tasviriy belgilarga qanday belgilar kiradi?

— Tasviriy belgilarga jonli mavjudotlar, predmetlar, tabiiy va boshqa obyektlar tasvirlari, shuningdek, chiziqlar, dog‘lar, har qanday figuralarning tekislikdagi kompozitsiyalari (hajmlilaridan tashqari) kiradi.
____
 
❓So‘zli belgilarga qanday belgilar kiradi?

— So‘zli belgilarga so‘zlar, so‘z ko‘rinishiga ega bo‘lgan harfiy birikmalar (xususan, har qanday ketma-ketlikdagi unlilar va undosh tovushlarning bo‘g‘in hosil qiluvchi birikmalari), so‘z birikmalari, gaplar, shuningdek, ularning birikmalari kiradi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika
#FHDY_xizmatlari
#Bu_qiziq

💍Oʻzbekistonda qayd etilgan nikohlar boʻyicha oʻrtacha nikoh yoshi haqida ma'lumot

🗓2023-yilning 9 oyi davomida FHDY organlari tomonidan respublika boʼyicha 184 469 ta nikohlar qayd etilgan.

🤔Shundan 168 707 tasi birinchi marotaba qurilgan nikohlarni tashkil qiladi.

O'RTACHA NIKOH YOSHI:

Erkaklar — 26 yosh

Ayollar — 22 yosh

📈Batafsil, yuqoridagi infografikada👆

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM