Telegraph Uzbekistan
39.2K subscribers
816 photos
188 videos
270 files
1.31K links
O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
· Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat

→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ekran tasviri namoyishi

MacOS uchun Telegram'ning Beta versiyasida siz endi ekrandagi tasvirni suhbatdoshingiz bilan baham ko'rishingiz mumkin. Ayni paytda siz namoyish uchun alohida oynani tanlay olmaysiz.

⁉️ Beta-versiya haqida.

#macOS #beta #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
Takomillashtirilgan nusxalash

MacOS uchun Telegram'ning Beta versiyasida audio fayl (qo'shiq) nomlarini nusxalash imkoniyati paydo bo'ldi.

⁉️ Beta-versiya haqida.

#macOS #beta #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
Takomillashtirilgan qidiruv

MacOS uchun Telegram'ning Beta versiyasida global qidirishda media turi bo'yicha qidiruv filtri qo'shildi.

⁉️ Beta-versiya haqida.

#macOS #beta #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
👍1
Bot egalik huquqini o'tkazish

MacOS uchun Telegramning Beta versiyasi fayllarida botdagi egalik huquqini o'tkazish funktsiyasi ustida ish olib borilganligi aniqlandi.

Bir yil oldin, messenjerda guruhlar va kanallar uchun egalik maqomini o'tkazish imkoniyati qo'shilgandi.

Ma'lumki, botni o'tkazish uchun sizga quyidagilar kerak bo'ladi:
- Ikki bosqichli autentifikatsiya egalik o'tkazilishdan kamida 7 kun oldin yoqilgan bo'lishi kerak.
- O'tkazish amalga oshiriladigan foydalanuvchilar 24 soat vaqt oralig'ida tarmoqda bo'lgan bo'lishi kerak.

Egalikni o'tkazish Interfeysi keyinroq paydo bo'ladi.

#macOS #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
Telegramda yangi xususiyat aniqlandi

Endi siz chiqib ketgan guruhingizdan ham sizga javob tariqasida kelgan xabardan bildirishnoma olishingiz mumkin. Uni sizga maxsus bot uzatadi (ehtimol messenjerni ishlab chiquvchilar jamoasi tomonidan yaratilgan).

Qiziqarlisi:
— Bot siz chiqib ketgan guruhda bo'lishi shart emas.
— Bot shaxsiy xabarlarga(lichka) birinchi bo'lib yozishi mumkin.
— Bot yuborilgan xabar orqali profilga o'tishda maxfiylik sozlamalarini inobatga olmaydi.
— Agar siz botni bloklasangiz ham, u yozishi mumkin.
— Faqat super guruhlarda ishlaydi (ommaviy va shaxsiy).
— Barcha media turlarini qo'llab quvvatlaydi.
— Guruhdagi xabarni o'chirilganda ham, botdagi xabar o'chirilmaydi.

@replies

Ming afsuski bot 15:30 dan beri ishlamayabdi :)

#tginfo #yangilik #bot
💚 @TGraphUz | YouTube
Telegram ba'zi cheklovlarni kuchaytirdi

Telegram messenjerga sutkalik mediafayl yuklash(yuborish) hajmini chekladi.

Aniq hajmi hali ma'lum emas, ammo ba'zi foydalanuvchilar allaqachon fayllarni yuklashda muammolarga duch kelishganini xabar berishdi.

#cheklov #limit #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
iOS-da botlarni bloklashni chetlab o'tish ancha qiyinlashdi.

iOS foydalanuvchilari bloklangan botlardan kelgan xabarlarning to'liq bloklanishiga duch kelishdi. Ularning xabarlari shunchaki ko'rsatilmaydi. (iOS da blokirovka qancha kuchli tartibda ekanligini faqat iOS foydalanuvchilari bilishadi)

Blokirovkani chetlab o'tishning usullari:
- Guruh chati o'rniga shaxsiy kanal yarating.
- Treklarni boshqa chat yoki kanalga uzating.
- "Umumiy media" bo'limidan musiqa tinglang.

#iOS #cheklov #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
Telegramda xatolik yuz berdi

Telegram ishidagi muammolar Moskva vaqti bilan 13:35 da qayd etildi.

Rossiyaning Yevropa qismidan — Moskva va Sankt-Peterburg, Belorussiya, Ukraina, Germaniya, Italiya, Estoniya, Latviya, Fransiya va Vengriyadan kelib chiqqan.

Telegram Twitterdagi rasmiy sahifasida 45 daqiqa davomida Messenjerda xatolik yuz bergani va bu xatolik tuzatilgani haqida aytib o'tdi.

P.S.: Bizda ham deyarli shu paytda, ko'pchilikda ulanish bilan bog'liq bo'lgan muammolar kuzatilganligi aytilmoqda.

#error #telegram #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
Telegraph Uzbekistan
Telegram Beta 7.1.0 da Yaxshilangan izohlarni kutib oling! + Javob xabarlarini ko'rish(link) + "Natija topilmadi" oynasi uchun yangi animatsiya(link) + Tungi mavzuga o'tish uchun yangi ikonka(link) + Google Assistantni qo'llab-quvvatlash Beta APK | PlayStore…
Izohlar. Qo'llanma.

1. Kanal sharhlarini yoqish uchun siz unga chat bog'lashingiz kerak.
2. Postga sharhlar - bu postga javob sifatida bog'langan chatdagi xabarlar.
3. Izohda yozgan foydalanuvchi chat a'zosi bo'lishi shart emas.
4. Ayni paytda Android mijozlari agar ular chatda bo'lmasa, o'zlarining sharhlarini tahrirlashlari mumkin emas.
5. Sekinlashtirilgan rejim post sharhlariga ta'sir qiladi.
6. Agar foydalanuvchi kanalga bog'langan chatda bloklangan bo'lsa, u holda u sharh qoldira olmaydi.
7. Agar foydalanuvchida spam-taqiq mavjud bo'lsa, u jamoat chatida sharh qoldira olmaydi.
8. Foydalanuvchilarga a'zo bo'lmagan guruhlardagi sharhlarga javoblar @replies ga keladi.
9. Adminlar sharhlarga anonim tarzda javob qaytarishlari mumkin.
10. Ayni paytda sharhlar faqat mijozlarning Beta-versiyalarida mavjud.

Telegram Android Beta foydalanuvchilari ushbu xabar ostida sharh qoldirishlari mumkin.

#sharhlar #tginfo #beta
💚 @TGraphUz | YouTube
👍2
Telegramda yana bir nosozlik yuz berdi

Bu safar Telegramdagi nosozliklar Moskva vaqti bilan yarim tunda qayd etila boshlandi va bir soatdan ko'proq davom etdi.

Xabar qilinishicha, halokatlarning aksariyati Moskva va Sankt-Peterburg, Belorussiya, Ukraina, Germaniya, Italiya, Estoniya, Latviya, Frantsiya, Vengriya va Turkiyada yuzaga kelgan.

Pavel Durov ham bunga nisbatan o'z fikrini bildirdi.

#nosozliklar #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔊 Ovozli Animatsion Emojilar!

Aftidan, messenjer foydalanuvchilariga ovozli emojilar juda hush kelgan ko'rinadi. Shu sababli, Telegram jamoasi boshqa emojilarga ham ovoz qo'shdi.

To'liq ro'yxat: 🎃, ⚰️, 🧟, 🧟‍♂️, 🧟‍♀️, 🍑, ❤️

Ovoz animatsion emoji-ni bosish orqali boshlanadi.
Ovozlarni eshtish uchun Telegramni 7.2 versiyagacha yangilang.

p.s: 🍑 bu shaftoli qolganlariga qaraganda zo'r ekan))

Manba: #tginfo #animatsion #emoji
💚 @TGraphUz | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎳 Kegli Telegramda

Bowling o'yini kechagina Telegram’ga qo'shildi.
Bu o'yinni oynash uchun istalgan (stiker yuborish cheklanmagan) chatga 🎳 emojisini yuborishingiz kifoya.

#emoji #animatsion #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
Guruh qo'ng'iroqlari Telegramda.

MacOS uchun Telegram mijozining manba kodida guruh qo'ng'iroqlariga aloqador bo'lgan qatorlar topildi.

Ehtimol, tez kunda har qanday administrator (yoki maxsus ruxsatga ega bo'lgan administrator) guruh qo'ng'irog'ini boshlashi mumkin va suhbat ishtirokchilari unga ulanishlari mumkin bo'ladi.

#macOS #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔊 Ko'proq Ovozli Animatsion Emojilar!

Mening kanalimdagi videoga ko'zi tushganlar bu yangilikdan allaqachon xabardor bo'lishgan edi.
Va nihoyat ushbu animatsiyalar uchun ovozlar Telegramga qo'shildi. Yangi yil kayfiyati siz bilan birga bo'lsin🎄.

Ovoz animatsion emoji-ni bosish orqali boshlanadi.

Ovozli emojilarning to'liq ro'yxati: 🎃, ⚰️, 🧟, 🧟‍♂️, 🧟‍♀️, 🍑, ❤️, 🎉, 🎄, 🎊, 🦾.

#tginfo #animatsion #emoji
💚 @TGraphUz | YouTube
1
Oldingi akkauntni o'chirishda guruh yoki kanalning yangi egasini tayinlash

Telegram jamoasi o'z twitteridagi xabariga ko'ra, yaqinda messenjerga kanal yoki guruh chati egalik huquqini o'tkazish uchun javob beradigan yangi protokol kiritilgan. Bu jarayon uning oldingi egasining hisobi o'chirilganda sodir bo'ladi.

Kanal egaligini o'tkazish:
• Xabarlar yuborish huquqiga ega bo'lgan ma'murlardan biriga o'tkaziladi.
• Boshqa huquqlarga ega bo'lish, o'tkazish ehtimolini oshiradi.
• Agar administrator xabar yubora olmasa, u kanalning yangi egasi bo'la olmaydi.

Guruh egaligini o'tkazish:
• Yangi administratorlarni tayinlash huquqi asosiy omil hisoblanadi.
• Boshqa huquqlarga ega bo'lish, egalikni topshirish imkoniyatini oshiradi.
• Agar guruhda administratorlar qolmagan bo'lsa, u holda suhbatga boshqalardan ko'ra tezroq qo'shilganga egalik topshirilishi mumkin bo'ladi.

Protokolda ba'zi qo'shimchalar bor: masalan, xavfsizlik nuqtai nazaridan tizim egalik huquqini o'tkazilmasligi mumkin.

#tginfo 💚 @TGraphUz
👍31👎1🔥1
Android uchun Telegram 1 milliarddan ko'p marta yuklab olindi.

Bu messenjerning faqatgina Google Playdan yuklab olishlari soni va bundan tashqari boshqa ilovalar do'konlari borligini unutmaymiz. Shuni ham unutmangki, hali ham App Storedan ilovalarni o'rnatadigan iPhone va iPad foydalanuvchilari, shuningdek kompyuter uchun Telegram mijozlari bor.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Pavel Durov Facebook, Instagram va WhatsApp -ning ishlamay qolishi tufayli messenjerning 70 million yangi foydalanuvchisi haqida xabar bergan va shu oyda Telegramda 2 milliarddan oshgan identifikatorlar paydo bo'lgan edi.

Telegram 2020 yil may oyida Play Storedagi 500 millionlik chegaradan oshgan edi.

#statistika #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
👍1
💸 Telegramdagi premium hisob

– Telegram Info’da mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, messenjerning kelgusi yangilanishlarida eksklyuziv funksiyalarga ega pullik premium akkauntlar paydo bo‘ladi.

Avvalroq Pavel Durov kelajakda kengaytirilgan funksionallikka ega stikerlar paydo bo‘lishi haqida gapirgan edi. Balki bunday stikerlar Telegram’dagi birinchi pullik kontent bo‘lar.

Pulli funksiyalarning yakuniy ro‘yxati va messenjerdagi premium hisoblar haqidagi boshqa tafsilotlar noma’lum.

#monetizatsiya #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
👍31🤮20💩12🔥6😁2
🎁 Endi Telegram Premiumni sovg'a qilish osonroq

Ishlab chiquvchilar @PremiumBot'ni yaxshiladilar.

Endi siz / gift buyrug'ini yuborish orqali kimgadir obunani sovg'a qilishingiz mumkin, bu maxsus tugma paydo bo'lishiga olib keladi. Tugma sizga chat ro'yxatidan foydalanuvchi tanlash imkonini beradi. Ro'yxat faqat kontaktlar, kontaktsiz va botlarni ko'rsatish uchun filtrlanadi.

Agar siz faol Premium obunasi yoki boti bo'lgan foydalanuvchiga obunani sovg'a qilmoqchi bo'lsangiz, bot quyidagi xabar bilan javob beradi:

"Ushbu bot Telegram Premiumni ushbu foydalanuvchi uchun sovg'a sifatida xarid qilishda yordam bera olmaydi. Buning sababi foydalanuvchi Telegram Premium obunasi bo'lganligi bo'lishi mumkin."

#premium #tginfo
@TGraphUz | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥21🗿21👍9🔥6🦄6
📊 Telegram yana AQSh App Store'ning eng yuqori pog'onasida.

- Endi messenjer AQSh App Store ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ilova hozirda Facebook, WhatsApp, Threads, Twitter, Signal va Discord'dan ko'ra ko'proq yuklab olinadi.

Umumiy reytingda Telegram yuqori pog'onasida katta 20 talikka kiradi va o‘zining muhim raqobatchilari orasida ByteDance ilovalaridan (TikTok va CapCut) keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Statistika hisobotiga ko'ra, o'tgan yili AQSh Telegramning eng tez o'sayotgan ilova bo'yicha to'rtinchi o'rinni egalladi, auditoriya o'sishi bo'yicha Hindiston, Rossiya va Indoneziyadan keyin.

#statistika #tginfo #appstore
@TGraphUz | 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍308🤩8😇4🥱3
🔎 O'XSHASH KANALLAR FUNKSIYASI.

- Tarjima platformasida @tgcrawl tomonidan topilgan yangi qatorlar tahlil qilindi. Ular foydalanuvchilar uchun yaqinlashib kelayotgan yangilanish quyidagi xususiyatlarni o'z ichiga olishi mumkinligini tahmin qilinmoqda:

• Shu kabi, ya'ni kuzatayotgan kanalingiz kabi kanallar roʻyxatini koʻrish imkoniyati.
• Kanallar uchun moslashtirilgan reaksiyalar.
• Ovozli xabarlar uchun nutqni erkin aniqlash (cheklangan).
• Profil rangini o'zgartirish imkoniyati (Premium).
• Hikoya (Story) statistikasi.
• Galereyadan tanlangan rasmga chat fonini o‘zgartirganda, suhbat fonini faqat o‘zingiz uchun yoki ikkala tomon uchun o‘zgartirishni tanlash imkoniyati.

❗️ Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu ma'lumotlarning barchasi Telegram Translation platformasidagi taxminlarimizga asoslanadi, shuning uchun funksiyalar chiqarilishidan oldin ba'zi o'zgarishlarga duch kelishi mumkin.

#tginfo #telegram #tezorada
@TGraphUz |📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱1814👍12🤔4👀2