Telegraph Uzbekistan
39.5K subscribers
815 photos
188 videos
270 files
1.31K links
O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
· Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat

→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
Download Telegram
🌟 Telegram premium-obuna sovg'alar tayyorlamoqda

@Tgcrawl tomonidan tahlil qilingan macOS uchun Telegram satrlarida @betawatch yangi funksiyalar haqida eslatma aniqlandi:

• Telegram Premium'ni maxsus havola orqali sovg'a qilish imkoniyati.
• Maxsus link orqali bir guruh qatnashchilardan biriga Premium sovg'a qilish imkoniyati.

- Tahminan, ushbu funksiya Telegram Premium obunani oson sovg'a qilish imkonini beradi. Misol qilib PUBG'dagi promokodlarni olishimiz mumkin. Ya'ni endilikda maxsus link orqali Premium sovg'a qilish osonlashadi va bundan tashqari konkurslar o'tkazish ham mumkin bo'lishi mumkin!

Kelasi funksiyalarga ishora qiluvchi satrlar:

"This link allows you to activate a Telegram Premium subscription." — «Ushbu havola Telegram Premium obunasini faollashtirishga imkon beradi.»

Aniqlangan yangi fayllar:

• faylning nomi "Icon_Giveaway_Random" - «Tasodifiy sovg'a».

• faylning nomi "Icon_Giveaway_Specific"  - «O'zingizni tanlab,bepul bering»

#premium #tezorada #yangilik
@TGraphUz | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌭34👍31💋654
🔎 O'XSHASH KANALLAR FUNKSIYASI.

- Tarjima platformasida @tgcrawl tomonidan topilgan yangi qatorlar tahlil qilindi. Ular foydalanuvchilar uchun yaqinlashib kelayotgan yangilanish quyidagi xususiyatlarni o'z ichiga olishi mumkinligini tahmin qilinmoqda:

• Shu kabi, ya'ni kuzatayotgan kanalingiz kabi kanallar roʻyxatini koʻrish imkoniyati.
• Kanallar uchun moslashtirilgan reaksiyalar.
• Ovozli xabarlar uchun nutqni erkin aniqlash (cheklangan).
• Profil rangini o'zgartirish imkoniyati (Premium).
• Hikoya (Story) statistikasi.
• Galereyadan tanlangan rasmga chat fonini o‘zgartirganda, suhbat fonini faqat o‘zingiz uchun yoki ikkala tomon uchun o‘zgartirishni tanlash imkoniyati.

❗️ Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu ma'lumotlarning barchasi Telegram Translation platformasidagi taxminlarimizga asoslanadi, shuning uchun funksiyalar chiqarilishidan oldin ba'zi o'zgarishlarga duch kelishi mumkin.

#tginfo #telegram #tezorada
@TGraphUz |📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱1814👍12🤔4👀2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TELEGRAM TEZ ORADA YANGILANADI...

- Kecha Telegramning Android uchun beta versiyasi 10.4 versiyaga yangilandi.

🆕Unda qo'shilgan:
• Kanalga BOOST orqali beriluvchi imtiyozlar to'liq ro'yhati.
• Kanal sozlamasida to'liq funksiyali "Ko'rinish" bo'limi.
• Premium konkursda yangi funksiyalar.
• Kanal postlarini Hikoyalarda repost qilish.
• Xabarlar o'chishida yangi animatsiya.
• Rasmlar orqa fonini o'chirish imkoniyati.
• Sozlamalardan bir necha kishiga Premium sovg'a qilish bo'limi.

🆙 BATAFSIL VIDEODA!

🤩 BIZNING KANALGA OVOZ BERING - https://t.me/TGraphUz?boost

#beta #tezorada #boost
@TGraphUz | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
47👍3422🤯102
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐶 O'z-o'zini yo'q qiladigan video xabarlar va yozish paytida pauza qilish.

💙 Telegramdagi kelgusi yangilanish bir martalik videoxabarlarni yuborish imkonini beradi. Ilgari bu imkonyat audio xabarlar uchun mavjud edi.

🙏 Bundan tashqari , ovozli va ehtimol video xabarlarni yozib olishni to'xtatib turish imkoniyati qo'shiladi.

#beta #tezorada
Kanalga obuna bo'ling
@TGraphUz | @UzTeleTG
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23🤣7👍6🔥2👏2
⭐️ Shaxsiy xabarlarni yuborishni cheklash imkoniyati.

🍏 iOS uchun Telegram’ning manba kodida Telegram Premium obunasi bo‘lmagan foydalanuvchilarning shaxsiy xabarlarini yopish funksiyasi ustida ishlayotganiga aytib o'tgan qatorlar paydo bo‘ldi.

🎚️ Buni boshqarishi mumkin bo'lgan maxfiylik sozlamalari "Kim menga xabar berishi mumkin" deb nomlanadi. Bu sizga qaysi foydalanuvchi guruhlari sizga shaxsiy xabarlarni yuborishi mumkinligini tanlash imkonini beradi: "Hamma" yoki faqat "Kontaktlar va Premium".

⭐️ Kelajakda bu imkoniyat faqat Premium aʼzolari uchun mavjud boʻladi.

✍️ Shuni ta’kidlash kerakki, hozircha Telegram kodida ushbu funksiya haqida faqat eslatmalar topilgan va u hali rasman e’lon qilinmagan, shuning uchun funksiya yakuniy versiyada ba’zi o‘zgarishlarga duch kelishi mumkin.

#iOS #tezorada
Kanalga obuna bo'ling
@TGraphUz × @UzTeleTG
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍35🎉8🤯75👏2