Telegraph Uzbekistan
39.5K subscribers
815 photos
188 videos
270 files
1.31K links
O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
· Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat

→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
Download Telegram
Telegramda yana bir nosozlik yuz berdi

Bu safar Telegramdagi nosozliklar Moskva vaqti bilan yarim tunda qayd etila boshlandi va bir soatdan ko'proq davom etdi.

Xabar qilinishicha, halokatlarning aksariyati Moskva va Sankt-Peterburg, Belorussiya, Ukraina, Germaniya, Italiya, Estoniya, Latviya, Frantsiya, Vengriya va Turkiyada yuzaga kelgan.

Pavel Durov ham bunga nisbatan o'z fikrini bildirdi.

#nosozliklar #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
Telegramda nosozlik.

Bugun tahminan 18:20 atrofida telegramda nosozlik kuzatildi va telegram ma'lum vaqt ishlamay qoldi. Xozir ham ulanish barqaror holatda emas.

Agar sizda ham shunday bo'lgan bo'lsa kommentariyada fikrlaringizni kutaman.

#nosozliklar #telegram
💚 @TGraphUz | YouTube
Telegramda navbatdagi nosozlik.

Bugun tahminan 17:22 atrofida telegramda ulanishda nosozlik kuzatildi deya xabar berdi TeleUz.

Telegram Info ma'lumotiga ko'ra 17:30 gacha davom etgan bu nosozliklar asosan Moskva, Sankt-Peterburg, Belorusiya, Ukraina, Estoniya va O'zbekistonda yuzaga kelgan.

Agar sizda ham shunday holat kuzatilgan bo'lsa kommentariyada fikrlaringizni kutaman.

p.s: xabar kechikganligini sababi men xatolik kuzatilganda tarmoqda emasdim)
#nosozliklar #telegram
💚 @TGraphUz | YouTube
Odam qo'shishda xatolik.

Bugun rosa ko'pchilik menga murojaat qildi.
Ko'pchilik biladiki Telegraph orqali Guruhlarga odam qo'shib biznes qiluvchilar ancha.

Aynan bugun Guruhdan guruhga odam o'tkazuvchi funksiya ishlamay qoldi.
Buning aniq sababi xechkimga ma'lum emas. Na men va na boshqalar bunga javobgar emas.

Aynan men bu funksiyadan 1 yildan beri foydalanmayman. Foydalanishni maslahat ham bermayman.
Shunday ekan bunda biz aybdor emasmiz. "Nakrutkachilar" Menga zarda bilan yozishni bas qiling. Men Telegraph yoki Telegram dasturchisi emasman.

Sabr qiling, barchasi o'z joyiga tushadi.

Kommentariyada o'z fikringizni qoldiring.

#nosozliklar #telegram
💚 @TGraphUz | YouTube
Qalloblardan ehtiyot bo'ling

Odam qo'shish masalasi bo'yicha kuzatilayotgan nosozliklardan ba'zi bir Qalloblar foyda olishni ham boshlashdi.

Ularning bir tiynga arzimaydigan yolg'on xabarining asosi "Odam qo'shish yo'lini topdim, lich pulga o'ragataman" hisoblanadi.
Bunaqa xabarga mutlaqo ishonmang, hali beri odam qo'shish yo'li topilmadi, ular shunchaki sizning 200ming, yoki undan ko'p pulingizni olib yo'qolib qolishadi.

Menga bu bo'yicha ko'pchilik aldanganini yozganligi sabab ushbu postni yozishga qaror qildim.
Men xozirda shu bo'yicha ma'lumotlar yig'ayabman, tez orada aniq ma'lumotlarni jamlab kanalga post qilaman.

*Agarda minnatdorchilik bildirmoqchi bo'lsangiz YouTube kanalimga obuna bo'lishingiz yoki shaxsiy minnatdorchilik bildirishingiz mumkin. Allaqanday mashennikga pul berib aldanmasdan ;)

Kommentariyada o'z fikringizni qoldiring.

#nosozliklar #telegram
💚 @TGraphUz | YouTube
👍1