️Secretius
9.4K subscribers
736 photos
433 videos
150 files
1.95K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
#Savol 1024 MB axborot 512 sekundda uzatilgan boʻlsa, axborot uzatish tezligini aniqlang!

P.s/Biladiganlar javob berishi mumkin)
Anonymous Quiz
34%
A) 16777216 bayt/sekund
35%
B) 16788216 bit/sekund
22%
C) 16777216 bod
9%
D) 16788216 bayt/minut
​​Tepadagi soʻrovnomaning javobi: "C" variant edi) kun boʻyi bitta yoki ikkita shunday #savol tashlashimizga qarshi emasmisiz?


P.s/biz uchun har bir fikr muhim
👍1
Astronavtlarning izlari million yil davomida(yoki Oy portlab yoʻq boʻlib ketmasa) Oydan yo'qolmaydi.

Kosmik kemalarning chiqindilari, kosmonavtlarning izlari va qolib ketgan materiallar Oyda juda uzoq vaqt davomida saqlanib qoladi. Sababi?
#savol

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Hozirda duch kelayotgan bir qancha savollarga javob berib oʻtaman:

1. Savol: Smartfonim Samsung, Android 11(12) versiyaga yangilagan edim, internetsiz videoqoʻngʻiroq yoʻqolib qoldi. Nega va qaytarsa boʻladimi?

Javob: Samsungning mashxur internetsiz videoqoʻngʻiroqlari Android 11 versiyadan boshlab Duo dasturiga almashtirilgan va bu Google talabi. Asliga qaytarish uchun Android 10 veriyaga qaytarish kerak, buning uchun mutaxassislarga murojaat qiling.

2. Savol: Smartfonim qizib ketyapti. Buning sababi nima va yechimi qanday?

Javob: Smartfon qizishi sabablari: nobop quvvatlagich/smartfon quvvatlash tizimidagi nosozlik, Batareya, kunning issiq harorati, ogʻir grafikali oʻyin va katta hajmli dasturlarni uzoq vaqt ishlatish, internet(kam hollarda GPS, blutuz, wi-fi, mobil faol nuqta(tochka dostup)) uzluksiz yoqiq qoldirish va boshqalar.
Yuqoridagi sabablar sizda bor yoki yoʻqligini tekshiring, mutaxassis bilan maslahatlashing.

3. Savol: Redmi smartfonlarida telefon raqam terganda toʻgʻri keluvchi raqamlarni koʻrsatmayapti, koʻrsatadigan qilsa boʻladimi?

Javob: ha boʻladi, dasturiy taʼminot boʻyicha usta(programmer deymiz biz😅) qilib beradi, oʻzingiz mustaqil qilsangiz ham boʻladi, lekin yaxshi bilgan odam nazorati yoki koʻmagi asosida, chunki bitta notoʻgʻri amal bilan smartfon yomon ahvolga tushadi.

4. Savol: Internet trafigim koʻp sarflanyapti. Buni toʻxtatishni iloji bormi?

Javob: Internet tarfik sarflanishining eng koʻp uchraydigan sabablari:
1)Telegram avto yuklash yoniqligi
2)Google Play doʻkonidagi ilovalar avto yangilanish yoniqligi
3)Malumotlarimizning bulutlarga(Google(Google Photos), Samsung Cloud, MiCloud va boshqalar) avtomatik yuklanishi
4)Online oʻyinlardagi oʻyin resurslarining avto yuklab olinishi
5)Internetga koʻp kirib yuborganimiz😅

Sizlar bilan Salohiddin boʻldi, oʻzingizni va qurilmangizni extiyot qiling😁.

P.s Yuqoridagi savollarga oʻzingizning ham javoblaringiz yoki qoʻshimcha savollaringiz boʻlsa bemalol yuborishingiz mumkin.

Yangi ruknimiz yoqqani yoki yoqmaganligini haqida ham fikringiz men uchun muhim😉

#savol_javob

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Instagram
WhatsApp
iPad
Tesla
Android
Bitcoin
Uber
Pinterest

Yuqoridagilarni nima birlashtirib turadi?

#savol

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
️Secretius
Instagram WhatsApp iPad Tesla Android Bitcoin Uber Pinterest Yuqoridagilarni nima birlashtirib turadi? #savol Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Savolimizga toʻgʻri javobni Diyorbek nomli obunachimiz berdi. Chindan ham yuqoridagilar 15yil oldin yoʻq edi, hozir esa deyarli hamma biladigan darajada mashhur.

Tipik misol siz foydalanayotgan qurilma Android operatsion tizimida ishlashi yoki iPad boʻlishi mumkin.

Demak siz oʻz oldingizga maqsad qoʻying va 15yilda emas *balkim 1yildayoq dunyo tanigan odam, katta loyiha egasi boʻling.
Shunchaki maqsadni oʻzi yetmaydi, shunga yarasha harakat ham kerak.
#javob #savol

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Savollar va javoblar

1) Baʼzida Telegram, Instagram va hatto Google xizmatlari ishlamay qoladi? Bunga sabab nima? Bizda ularni "blok"lashganidanmi yoki shunga harakat qilishganidanmi?

Javob: Internet saytlari yoki ilovalari baʼzi vaqtlarda ishlamay qolishi yoki yaxshi ishlamasligi mumkin. Bunga:
1. Servisning serverlaridagi muammo yoki texnik tuzatish/toʻldirishlar;
2. Sayt yoki ilovaning dasturiy kodida xatolik;
3. Mahalliy tarmoqdagi internet uzilishlari boʻlishi ham mumkin;
4. Eng kam hollarda biror mintaqa yoki davlatda shu servisga tegishli domen va IP adressning bloklanishi.

2) Smartfonimga yangilanishlar kelaveradi, yangilaganim yaxshimi yoki yoʻq?

Javob:
Mana bu maqolaga qoʻshimcha sifatida "Android foydalanuvchilariga yangilanish kelsa nima qilish kerak?" aytib oʻtishim kerak boʻlgan yana bir jihat bor. Yangilanishning ham turlari bor. Beta va Barqaror (stabil).
Beta bu hali toʻliq ishlab chiqilmagan degani. Yangiliklardan birinchi bahramand boʻlmoqchilar uchun. Lekin ular xatoliklarga ham tayyor turishlari kerak. Undan keyin bu xatolar toʻgʻrilanib Barqaror versiya keyinroq chiqadi.

#savol #javob

UPD.: Servis faqat sizda ishlamayotganini downdetector.com sayti orqali bilib olishingiz mumkin.

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Savollar va javoblar

1) Smartfonimda blutuz/wi-fi oʻchmayapti. Oʻchirsam qayta yonyapti. Nega va qanday qilib toʻgʻirlayman?

Javob: Shu kabi holatlarga blutuz va wi-fidan foydalanuvchi dasturlar(Shareit) aybdor boʻladi. Ularni maʼlumotini/keshini tozalab yoki boʻlmasa butunlay oʻchirib yuborib muammoni hal qilish mumkin.

2) Smartfonimni Android 11ga yangiladim. Xotiradagi Android jildi bilan ishlay olmayapman(fayl olish, oʻchirish yoki qoʻyish va h.). Nega unday boʻldi?

Javob: Google Android 11da Xotiraga kirishni qisman qulfladi. Siz endi odatiy fayl boshqaruvchi ilova(tizim ilovasi) orqali Android jildi bilan ishlay olmaysiz. Lekin uchinchi tomon ilovasi orqali buni imkoni bor. Mana bu ilovalar bunda yordam beradi:
1. X-Plore File Manager Premium
2. Total Commander

Tegishli maqolalar:
1. Internetsiz videoqoʻngʻiroq funksiyasi qani; Telefon qiziyapti; Internet trafigim koʻp ketyapti

2. Internet bilan ishlovchi ilovalar ishlamasa;
Smartfonimda yangilanish keldi, yangilaganim yaxshimi?


#savol #javob

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Savollar va javoblar

1. Savol: Samsung A30da grafik qulfni toʻgʻri chizyapman, lekin ochilmayapti, vaqtga ham tushmayapti?

Javob: Shu va shu kabi smarfonlarda bu xatolikka koʻp duch kelganman. Shu kabi holatlarda "Xavfsiz rejim"ni yoqish kerak. Qanday?
Agar batareya olinadigan boʻlsa, olib yoqayotganda ovoz pasaytirish tugmasi bosib turiladi, olinmaydigan boʻlsa, ekran oʻchirilib yoqish va ovoz pasaytirish tugmalari vibratsiyagacha bosib turiladi, smartfon oʻchadi va yonayotganda ovoz pasaytirish tugmasi bosiladi. "Xavfsiz rejim" yoqilganda qulfni ochish mumkin.

2. Savol:
Menda tarfik(Megabayt) bor, pul bor, lekin internet yonmaydi/yaxshi ishlamaydi, nega?

Javob:
1) Siz joylashgan joyda kompaniyangiz yaxshi ishlamaydi
2) Kompaniyada texnik muammolar bor
3) Internet sozlamasi yoʻq
Sozlash uchun kompaniya operatori bilan bogʻlaning.

Tegishli maqola:
https://t.me/Secretius/4684

Shu kabi postlar #savol #javob heshteglari ostida

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Smartfon sekinlasha boshlasa nima qilishim kerak?

Buning sababi har doim ham uning noto'g'ri ishlashi emas, ba'zida buning sababi smartfonni noto'g'ri ishlatishdir.

Smartfoningizni tezlashtirish bo'yicha maslahatlar:

1️⃣ Muammoni aniqlang
Qoʻldan tushib ketishi, suvga "boʻkishi" kabi holatlardan soʻng, texnik tomondan yordam kerak boʻladi.

2️⃣ Joy bo'shating
Keraksiz va zararli ilovalardan, fayl va boshqalardan tozalab turish kerak.


3️⃣ Vidjetlarni qisqartiring
Vidjetlar foydali bo‘lishi mumkin, lekin ular ham baʼzida ogʻirlik qiladi. Hammasini oʻchiring demayapman, juda ham keraklisi qolsa boʻldi

4️⃣ Animatsiyalarni tezlashtiring
Animatsiya vaqtini qisqartirish, smartfonni tezlashtirganday boʻladi.

5️⃣ Ilovalarni yoping
Ishlatilmayotgan ilova oynalarini yoping.

6️⃣ Smartfoningizni qayta yoqing
Bu sust qurilmani tuzatishning tez va oson usuli.

7️⃣ Dasturiy ta'minot yangilanishi
Yangilanish smartfonni himoya qilish bilan birga tezlashishiga ham yordam berishi mumkin.

8️⃣ Batareya sarfini kuzatib boring
Sozlamalardagi Batareya boʻlimidan qaysi ilova shubhali koʻp quvvat sarflayotganini tekshiring

9️⃣ Sozlamalarni tiklash
Bu oxirgi chora. Hech nima foyda bermagan smartfonga shu yoʻl yoki zapchastga topshirish davo boʻladi

Shu kabi maqolalar #maslahat va #savol heshteglari ostida

Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
👍13👎4🤩2🔥1
Hakerlar kim va ular qanday pul ishlashadi?

Haker atamasi
Hakerni ko'p kishi kompyuterni daxshat tushunadigan yoki telefonni zo'r tushunadigan odam deb o'ylashadi. Aslida esa, hakerlar jinoyatchi. Bilaman, siz shu gapni o'qib hayron qoldingiz. Haker - ingl. "hack" - buzmoq, so'zidan olingan. Haker esa o'z navbatida buzg'unchi degan ma'noni anglatadi. Ko'chadagi Wi-Fi ni buzgan odam haker emas, lekin😅.

Haker nima ish qiladi?
Haker turli xil sistemalarni buzuvchi shaxs. Uning ishi, shu sistemalarni himoyasini yo'q qilish. Kuchli haker uchun buzilmaydigan sistemaning o'zi yo'q. Dasturchilarning ham 70% dan ortig'i kiberhimoya uchun ishga olinadi. Chunki hakerlar yiliga kompaniyalarga juda katta zarar yetkazadi. Davlat organlari uchun hakerlar qo'rqinchli dushman. Davlatning maxfiy sirlari bo'lib, uni o'zlaridan boshqa hech kim bilmaydi. Hakerlar esa shu ma'lumotlarni ommaga tarqatib yuboradi, sistemani buzib, albatta. Shuning uchun ham ular jinoyatchi hisoblanishadi. Ularga beriladigan qamoq jazosi odatda ko'p bo'ladi. Hakerlikni qo'ying, avval dasturchi bo'lib olingchi 😁

Hakerlar qanday pul topadi?
To'g'risini aytsam, hakerlar omadi kelib qolsa, dasturchining 1 yillik oyligini ham topib qo'yadi. Omadi kelmasa, dasturchining 15 yillik umrini qamoqda o'tkazadi. Lekin buyurtmaga ishlovchi hakerlar bor. Ha-ha, ular qonuniy ishlashadi. Aytaylik, sizning katta kompaniyangiz bor. Sizda maxfiy ma'lumotar bor. Buni raqobatchilardan yashirish maqsadida falon so'mga dasturchi olib kelgansiz. Lekin siz dasturchini kuchli yoki kuchsiz ekanini bilmaysiz. Hakerga telefon qilasiz va buyurtma berasiz. Agar haker buza olsa, u sizga qanday buzganligini ko'rsatadi va unga saboq uchun pul berasiz. Dasturchi bilan esa xayrlashasiz.

Hakerlar haqida filmlar
Agar hakerlar aynan kimligini bilmoqchi bo'lsangiz, maslahatim, "Who am I", "Snowden" yoki mashhur serial "Mr. Robot" ni ko'ring.

#savol #javob
Tegishli postlar:
Eng yosh haker

Hakerlar toʻgʻrisidagi qiziqarli faktlar

Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
👍18
Donat, qoʻllab-quvvatlash (donate) nima?

Sizga biror narsa yoqib qolsa uni olishga shoshilasiz. Bu hoh moddiy hoh nomoddiy mahsulot boʻlsin uning sizda boʻlishini hohlaysiz.

Biz raqamli asrda yashayapmiz. Raqamli mahsulot/kontent uchun ham agar u sizga yoqsa, uning uchun toʻlashingiz mumkin.
Lekin unutmang, bu majburiy emas va hech qanday "tilanchilik" ham emas.

Shunchaki sizga uning kontenti(videolari, postlari, maqolalari), mahsuloti(yasab koʻrsatgan biror qoʻl mehnati, chizgan/ishlab chiqilgan grafik art yoki video) yoqadi va shu yoqqani uchun, kontentmeyker(kontentmaker) uchun ragʻbat sifatida berish mumkin boʻlgan sovgʻa/hadya. Bundan ikki tomon ham xursand boʻladi va kontentmeykerning xarajatlari oz boʻlsa ham kamayib yanada yaxshi "mahsulot" chiqara oladi.

Bizda bunga gʻalati qarashadi. Youtubeda donat (qoʻllab-quvvatlash) soʻragan blogerni kommentida "oʻzi ikta vido chiqazdin, wunga biza pul beriwimiza keremi" deganlarni koʻrganman. Lekin oʻzi kecha Pubg'ga UC yoki Telegram Premium obuna sotib olgan.

💬Siz donatga qanday fikrdasiz?
Agar biz tashkillashtirsak, donat qilgan boʻlar edingizmi?

#nima #qanday #savol

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍18💯9😁43❤‍🔥2👎2
Savollar va javoblar

1) Smartfonimda blutuz/wi-fi oʻchmayapti. Oʻchirsam qayta yonyapti. Nega va qanday qilib toʻgʻirlayman?

Javob: Shu kabi holatlarga blutuz va wi-fidan foydalanuvchi dasturlar(Shareit) aybdor boʻladi. Ularni maʼlumotini/keshini tozalab yoki boʻlmasa butunlay oʻchirib yuborib muammoni hal qilish mumkin.

2) Smartfonimni Android 11ga yangiladim. Xotiradagi Android jildi bilan ishlay olmayapman(fayl olish, oʻchirish yoki qoʻyish va h.). Nega unday boʻldi?

Javob: Google Android 11da Xotiraga kirishni qisman qulfladi. Siz endi odatiy fayl boshqaruvchi ilova(tizim ilovasi) orqali Android jildi bilan ishlay olmaysiz. Lekin uchinchi tomon ilovasi orqali buni imkoni bor. Mana bu ilovalar bunda yordam beradi:
1. X-Plore File Manager Premium
2. Total Commander

Tegishli maqolalar:
1. Internetsiz videoqoʻngʻiroq funksiyasi qani; Telefon qiziyapti; Internet trafigim koʻp ketyapti

2. Internet bilan ishlovchi ilovalar ishlamasa;
Smartfonimda yangilanish keldi, yangilaganim yaxshimi?


#savol #javob

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍6😁3