️Secretius
10.2K subscribers
697 photos
426 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Ertaga hech nimani rejalashtirmadim. Hamma yoq tinch😁. Shuning uchun juma kuni soat 21:00da ortga surilib kelgan ovozli suhbatimizni oʻtkazamiz.

Ovozli suhbat mavzusi "Internet" yoki boʻlmasa "butun olam oʻrgimchak toʻri".
Omon boʻlsak, koʻrishamiz 😉

#ovozli_suhbat

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from ️Secretius (Secretius)
-Eshikni yop😠
-Eshik yopilmaydiyu😅
#texnosarkazm

P.s Oʻzimizni ustalar ijod mahsulidan🤣
👉@Secretius👇
Live stream started
Live stream finished (28 minutes)
Oʻrgimchak toʻri
️Secretius 🔐
Azaliy muammo vaqt boʻlgani uchun erta tugatdik😅

Lekin eng asosiy gap oxirida boʻldi

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
@SangMataInfo_bot - bot foydalanuvchilarning userneym va nomlarini oʻzgartirish tarixini koʻrsatib beradi (oldingi useri va nomlarini).

Sizning "tarixingizni" bilishlarini hohlamasangiz quyidagilarni bajaring:
Telegram> Sozlamalar> Maxfiylik va xavfsizlik> Uzatilgan xabarlar> Hech kim

Agar bot ishlamagan boʻlsa, siz qiziqib qolgan odam shu ishni qilib qoʻygan😁
#bot

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Mavjud bo'lmagan odamning fotosuratini qanday yaratish mumkin


thispersondoesnotexist.com saytida siz mavjud bo'lmagan odamning fotosuratini yaratishingiz mumkin. Algoritm fotosuratlarni yaratish uchun sun'iy aqldan foydalanadi. Yangi rasm olish uchun sahifani yangilash kerak.

Agar siz filtrni ishlatmoqchi bo'lsangiz generated.photos/faces saytidan foydalanishingiz mumkin. Unda siz jinsi, yoshi, irqi, ko'z rangi, soch turmagi va hatto emotsiyalarini sozlashingiz mumkin.

#site #useful

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Xavfsizlikka oid koʻrsatmalar(Telegram)

Boshqa messenjerlardan farqli, Telegram, to'g'ri ishlatilganda, maxfiylik va xavfsizlikni juda yaxshi darajada ta'minlaydi. Ushbu maslahatlar ro'yxati hamma uchun foydali bo'ladi, lekin ayniqsa Telegram kanal administratorlari uchun.

1. Ikki bosqichli parolni oʻrnating.
Elektron pochta hisobi buzilgan taqdirda sizning hisobingizga kira olmasliklari uchun elektron pochtaga ulamang va parolni yodda saqlang.

2. Skrinshot joʻnatishda extiyot boʻling.
Bu paytida tajovuzkor o'zi so'ragan kodni ko'rishi va hisobga kirish huquqiga ega bo'lishi mumkin

3. Kontaktlarni sinxronlashtirmang.
Sinxronizatsiya paytida sizdagi raqamlar Telegram serverlariga o'tadi.

4. Telefon raqamingizni hech kimga aytmang
Firibgarlar operatorning telefon raqamini qayta rasmiylashtirgan, shu bilan xizmatlardan to'liq foydalanish huquqiga ega bo'lgan va asl SIM-kartani o'chirib qo'ygan holatlar bo'lgan.

5. Shubhali fayl va havolalarni ochmang.
Hakerlar ko'pincha telegram administratratsiyasi nomidan foydalanadilar. Ular esa kamdan kam hollarda fayl va havola joʻnatishadi.

6. Hisob qaydnomangizga ulanish va o'zingizni guruhlarga qo'shish qobiliyatini o'chirib qo'ying:
Sozlamalar> Maxfiylik va xavfsizlik> ...

7. Nima boʻlishidan qatʼiy nazar kimdir sizdan login kodi yoki parolini soʻrasa bermang. Ular sizni yaxshigina aldab niyatlariga yetishlari mumkin.

#xavfsizlik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from My Biblo
Odamlarga "extiyot boʻling, bu xavfli boʻlishi mumkin", "sizning maʼlumotlaringizdan yomon niyatda foydalanishlari mumkin" va shunga oʻxshagan gaplarni aytganimda, "e, men kim boʻlibmanki, meni maʼlumotlarim birovga kerak boʻlsa" deyishadi.

Oʻziga oʻzi bunchalik past baho berish kerak emas. Har bir uyushma/kompaniya/davlat odamlardan tuzilgan va ular hisobiga yashashadi. Google uchun har bir foydalanuvchi nimalarga qiziqishi muhim, Apple foydalanuvchi koʻproq narsa sotib olishi uchun jon-jahdi bilan harakat qiladi.

Har bir odamning bu dunyoda oʻrni va qimmati bor. Balkim bu oʻrni muhim emasdir, balkim qadri pastdir, lekin bunga odamning oʻzi aybdor boʻladi.

Odam oʻz fikrini oʻzgartirmas ekan, sobiq ittifoq davridagi sement kabi qolib ketadi. U hech kim uchun muhim emas, chunki oʻzi shunday oʻylayapti!

#mozgiyobstvo

📓 @My_Biblo
webdesignmuseum.org - virtual veb-dizayn muzeyi.

Bizga tanish mashhur servislar oʻtgan yillar davomida ancha oʻzgargan. Bu sayt isboti. Masalan, 2005-yildagi Youtube dizayni👇

#site #design #muzey

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xiaomi'dan 200W ultra tezkor quvvat oluvchi HyperCharge

Smartfonni 100% zaryad qilish uchun simlida 8 daqiqa, simsizda(150W) 15 daqiqa vaqt ketadi.

2022 yilgacha sotuvga chiqariladi.

P.s Kelajakka xush kelibsiz 😁
#batareya #quvvatlash

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Kaspersky Threat Intelligence Portal deb nomlangan onlayn xizmat - skaner qilinayotgan obyekt (fayl, xesh, IP va URL) qanchalik shubhali ekanligi va boshqa "o'ziga xos jihatlari" haqida batafsil ma'lumot beruvchi vositadir.

Biror saytga kirishdan oldin, IP skaneri, shubhali fayllarni tekshirish uchun "narmalni" servis😁

P.s Unutmang, xavfsizligingiz haqida oʻzingiz qaygʻurishingiz kerak

#site #useful

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Sam (Sem) - Lightfarm Studios'dagi iste'dodli rassomlarning ishi. Studiya oʻyinlar uchun virtual tasvir va qahramonlar "yasash" bilan shugʻullanadi. Ular Cheil agentligi bilan hamkorlikda, uning sochlari va kiyimlari ustida ishlashdi.

Koreys giganti hali rasman munosabat bildirmadi. 2018 yilda uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilariga ochilgan Bixby muntazam ravishda Amazon Alexa yoki Google Assistant kabi raqobatchilaridan ortda.

Lightfarm Studios'ning twitterdagi sahifasi oʻtgan hafta Semning videokliplarini chiqardi, ammo tezda olib tashlandi. Samsung ularni olib tashlashni iltimos qilgan boʻlishi mumkin.
Semning mavjudligi hali tasdiqlanmagan, lekin ehtimoldan yiroq emas.

Oʻchirilgan xabarda bular ham bor edi:
Jarayon davomida jamoa o'zini real qahramon ishlab chiqishga bag'ishladi, asosan, personajning sochlari va kiyimi uchun, shunda Sem estetik jihatdan yoqimli boʻldi. Sem Cheil Agency va Lightfarm o'rtasida ajoyib hamkorlik edi va biz ushbu loyihaning bir qismi ekanligimizdan juda xursandmiz!

P.s Nima boʻlsa ham, men sevib qoldim-da😁

#samsung #ovoz #sa

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Va nihoyat Telegram guruhli videoqoʻngʻiroqlarni ishga tushirdi.
Dasturda yana bir qancha katta-kichik oʻzgarishlar bor.
Ularni sinab koʻrish uchun Telegram Beta 7.8 versiyasini yuklab oʻrnatish kerak.

P.s Yana nimalar oʻzgargani haqida aytib qoʻying pastda, boshqalar ham bilsin😁
#telegram #beta #update

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Android smartfon:
Virtual machine operatsion system bu sizning smartfoningizdagi ikkinchi smartfon, Root talab qiluvchi bazi ilovalarni ishlatsa boʻladi, dasturlarni klon qilishning keragi yoʻq, shunchaki VMOS ichiga joylang). Saytga oʻtib ilovani yuklang, ichiga kiring va taxminan 5daqiqa kuting.
Dastur uchun minimal tizim talablari:
- 32 Gb xotira
- 2 Gb tezkor xotira
- Android 5.1 va undan yuqori

Kompyuter:
Windows Sandbox - shubhali dasturlarni ajratilgan virtual maydonda ishlatish mumkin, shunda ular asosiy tizimga zarar yetkaza olmaydi. Sandbox seansi yopilgandan so'ng, barcha fayllar va ilovalar butunlay o'chiriladi.

Dastur uchun tizim talablari:
Windows 10 Pro x64x86
Windows 10 Workstation x64x86
Windows 10 Enterprice x64x86

Virtualizatsiya yoqilgan bo'lishi kerak:
- Intelda VT-x
- AMD-da AMD-v

Yoqish:
- boshqaruv paneli(Pusk)
- Windows xususiyatlarini yoqish yoki o'chirish
- "Windows Sandbox" - katagiga belgi qo'ying
- qayta yoqing
- Boshlash menyusi
- Windows Sandbox

Fayllarni mashinaga ko'chirish uchun Ctrl-C va Ctrl-V kombinatsiyasidan foydalaning.

#xafvsizlik #dastur #ilova

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech qanday kodlarsiz toʻldirilgan reallik😁

#kayfiyat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni damda...
#kayfiyat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from ️Secretius (Secretius)
SHAREit (xitoycha „众联极享“, oʻzbekcha tarjimasi „baham koʻr“) — bu Wi-Fi protokolga ega qurilmalar oʻrtasida maʼlumot almashish uchun qoʻl keladigan bepul mobil dasturdir. Dastur yordamida istalgan turdagi fayllarni yuqori tezlikda bir qurilmadan ikkinchi qurilmaga joʻnatish mumkin, bunda hech qanday mobil trafik talab qilinmaydi.

Dastur haqida
Dastur Lenovo kompaniyasi tomonidan yaratilgan va Windows, Macintosh, Windows Phone, Android va iOS boshqaruvidagi istalgan qurilmaga simsiz ad-hoc tarmogʻi orqali maʼlumot uzatish uchun moʻljallangan. Dastur 39 tilda ishlay oladi, xususan, ingliz, rus, ispan, italyan, xitoy, arab va boshqalar. Ilk bor dastur Xitoyda 2012-yil iyunda Anyshare nomi bilan taqdim etilgandi. SHAREit yuklanishlar boʻyicha oʻzining raqobatchilari boʻlgan Xender, Zapya, Share Apps, SuperBeam, Pushbullet orasida yaqqol ustunlikka ega. Maʼlumot uzatishdan tashqari dastur CLONEit, CLEANit, SHAREit SD (Wi-Fi SD card), LISTENit, LOCKit va CONTROL xizmatlarini taqdim etadi. Bu dastur va shu kabilar yaratilgungacha maʼlumot uzatish uchun eng qulay va xavfsiz usuli Bluetooth yoki USB-flesh xotirasi boʻlgan. Bluetooth tezlik borasida oqsoqlik qilgan, USB-flesh xotira esa ulangan qurilmadan zararli viruslarni olishi ehtimoli katta boʻlgan. Bu kabi xabarlar koʻpgina universitetlar va jurnallarda eʼlon qilingan. Shu sabali ham Lenovo kompaniyasi Wi-Fi Directni ishlatgan holda fayl uzatuvchi dastur yaratish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. SHAREit dasturining 2017-yil taqdim etilgan 4.0.8 versiyasida logotipning biroz oʻzgarganiga guvoh boʻlishimiz mumkin, yaʼni uchta toʻgʻri chiziqlar oʻrniga uchta uchburchak chiziqlardan foydalanilgan. SHAREitning muhim xususiyati — u 5 ta qurilma ulanishi mumkin boʻlgan toʻgʻridan toʻgʻri simsiz aloqani hosil qiladi va bu kichik bir tarmoqni paydo qiladi.

Dasturning kamchiliklari va afzalliklari.

SHAREitning kamchilliklaridan biri bu uning koʻplab platformalarda ishlay olishidair, bunda har safar turli qurilmalardagi tarmoq sozlamalarini oʻzgartirib turish kerak. Dastur sizga Wi-Fi sozlamalarini sozlashingiz haqida tushuntirmaydi. Dastur fayl yuborishda „qaynoq nuqta“ni hosil qiladi va aynan shu narsani dastur sozlamalari orqali sozlash mumkin. Dastur tez-tez qotib qoladi yoki ishida muammolar paydo boʻladi. Ishlatish uchun yoʻriqnomaning yoʻqligi dasturni ishlatishda biroz qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.

Dastur kamchiliklari quyidagilar:

yoʻriqnoma kam;
doim ham ishlamaydi;
qotib qolish ehtimoli bor;
yangi yuborishlar uchun aloqani qayta ishga tushiradi.
Dastur istalgan turdagi va formatdagi maʼlumotlarni bir qurilmadan ikkinchi qurilmaga yuborish xususiyatiga ega. Ular rasm, musiqa, audio, videofayllar, dasturlar va boshqalar boʻlishi mumkin.

Dastur afzalliklari quyidagilar:
yuqori tezlik (20 M/s gacha);
har qanday fayllarni yubora olishi;
koʻplab platformalarda ishlay olishi va boshqalar.
Dastur uchun alohida litsenziya olish talab etilmaydi. Dastur hajmi hozirda 26-27 Mb atrofida boʻlib, Play Marketdan 1 mlrddan ziyod yuklab olingan. Bu xizmat eski qurilmadan yangisiga kontaktlar, SMS-MMS xabarlar, musiqa, rasm, dastur va boshqalarni nusxalab beradi.

Quyidagi dastur va mana bu dastur koʻplab qulayliklarga ega.

#apk #maqola #shareit
👉@Secretius👇
Kembrij universiteti hududida Aurrigo haydovchisiz elektr avtobuslari paydo bo'ldi.

Ular 10 kishigacha yo'lovchini sig'dira oladi, tezligi 50 km/soatgacha yetadi va bir martalik quvvat bilan 190 km masofani bosib o'tishi mumkin.

Mahalliy aholining aytishicha, u unchalik yaxshi ko'rinishga ega emas. Menga ham bu "jahli chiqqan avtobus" yoqmadi😂

#sa #avtobus #haydovchisiz

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Nega "@" belgisi o'ylab topilgan?
Qizig’i shundaki, bizda u “kuchukcha” deb nomlanadi, masalan, Vetnamda bu aylana harf deb ataladi, Gretsiyada – kichik o’rdak, Bolgariyada esa – maymun. Nega “Kuchukcha” kuchukcha deb nomlagan? Balki u yotgan kuchukchaga o’xshash ko’rinishga ega bo’lgani uchundir. Aytishlaricha, bu ifoda Adventure kompyuter o’yinidan kelib chiqqan va qahramonni hamrohlikda doim kuchukda bo’lgan, uning ismi – @ edi.
Nima bo’lishidan qat’iy nazar, @ belgida boshqa ko’plab qiziqarli nomlari bor: o’rgimchak maymun, maymun dumi, chuvalchang, filning xartumi, kesilgan shtrudel, koritsali bulochka, balikli rulet, qurbaqa, sichqoncha, kana va xokazo.
Hozirgi kunda elektron pochta manzillarida juda keng tarqalgan "@" belgisi, Internetga maxsus oʻylab topilmagan. Ushbu belgi Uyg'onish davrida ham ishlatilgan(XV-XVI asrlarda). Ispan, portugal va fransuz tillarida bu belgi an'anaviy ravishda arroba degan ma'noni anglatadi(vazn o'lchovi 12-13 kg). Keyin "kuchukcha" yuk jo'natmalariga ko'chib o'tdi, bu yerda foydalanish yozuvlarni qisqartirishga yordam berdi - bu "tomonidan" degan ma'noni anglatuvchi "preposition" ning inglizcha oldingi versiyasi edi.

Ushbu belgi buxgalteriya hujjatlarida ishlatilganligi sababli, tabiiy ravishda birinchi yozuv mashinalarining klaviaturalarida paydo bo'ldi. Aynan o'sha erda Amerikaning BBN Technology kompaniyasining tadqiqotchisi Rey Tomlinson uni uzoqdagi kompyuterga xabarlar yuboradigan pochta dasturini ishlab chiqayotganda payqagan. Shunday qilib, belgi elektron pochtaning ramziga aylanib qolgan)

#kuchukcha #nega

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.