️Secretius
9.55K subscribers
724 photos
433 videos
150 files
1.95K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
​Qanday qilib hacker boʻlamiz?!🤔
Hacker boʻlish sizga phpni bilish bilan cheklanib qolmaydi, mayli ana boring telefonni yoki kompyuterni 100% biling, lekin bu ham judayam kam.
Men har doim oʻzini nikiga, biosiga, useriga va hatto profil suratiga hacker soʻzini qoʻshib yozib olganlarni juda yomon koʻraman, oʻzlari net yoqib telegramga kirishni biladi holos, "Hacker" boʻla turib bizday oddiy odamlardan biror narsani oʻrgana oladi qoyil!!! Ulardan bitta soʻrashim bor:
Nokia bir modeli bor, shuni ekranini teskari🙃 qilish kodi bor, kimdir biladimi???

P.s Qattiq gapirgan boʻlsam uzr janobi "hackerlar" kanalida hatto Oʻzbek tili imlo qoidalariga amal qilmaydiganlarni hurmat ham qilmayman, uzr!
Men oʻzimga javob beraman lekin!!!
Kommentariyada fikrlarni va javoblarni kutaman.
https://telegra.ph/Qanday-qilib-hacker-boʻlamiz-04-04
#maqola
👉@Secretius👇
Samsung smartfoni parolini unutsangiz. Bu holatda nima qiilish kerak?
Smartfonlar bizning eng kerakli buyumlarimizdan hisoblanadi. Biz unda esdalik rasmlarimizni, turli xil fayl yoki musiqalarimizni, shaxsiy ma'lumotlarimizni saqlashimiz mumkin. Shu sabab smartfonda ma'lumot xavfsizligi birinchi o'rinda turishi kerak hisoblanadi. Smartfon yo'qotilganda yoki o'g'irlab ketilganda shaxsiy ma'lumotlar uchinchi shaxslar qo'liga tushmasligi va yana boshqa sabablar tufayli biz smartfonlarimizni parollar bilan himoyalaymiz. Lekin nimadir sabab bo'lib, masalan, qiyinroq parol qo'yib, parolni unutib qo'ysakchi?, unda smartfondagi barcha fayllarni o'chirib yuborib smartfonni hard reset funksiyasini ishlatishimizga to'g'ri keladi. Bu holatda hamma kerakli ma'lumotlarimiz o'chiriladi. Men sizlarga Android smartfondagi ma'lumotlarni o'chirib yubormasdan ochish yo'lini o'rgataman. To'g'ri, hozirgi paytda smartfonlarning turlari juda ko'p, bu usul faqat Samsung foydalanuvchilari uchun hisoblanadi. Agar siz boshqa smartfon egasi bo'lsangiz lekin smartfoningiz Android tizimida ishlasa siz smartfoningizni hard reset funksiyasi orqali parolini o'chirishingiz mumkin (Bu usul orqali hamma ma'lumotlar o'chadi!). Davom etamiz.
Diqqat paroli unutilgan smartfonda Samsung Account ochilgan va akkaunt smartfonda qo'shilga bo'lishi shart, aks holda bu usul foydasiz hisoblanadi.
Xullas bizga kerak bo'ladigan narsalar:
Bloklangan Samsung smartfoni (paroli esdan chiqgan);
Bloklangan smartfonda Samsung Account;
Boshqa bir qurilma (kompyuter, smartfon), qulaylik uchun kompyuterdan foydalanishni maslahat beraman!.
Shuni yodda tutingki blok bo'lgan smartfonni albatta internet tarmog'iga ulangan bo'lishi kerak. Aks holda sayt orqali smartfon paroli o'chirilsa ham smartfon ochilmaydi.
Blok bo'lgan smartfonda internetni yoqish uchun shunchaki tepadan menyuni tushiring va "Мобил. данные" tugmasini bosing. (Tajribasi kamroqlar uchun!!!).
Kompyuterda brauzerni ochib quyidagi adres bo'yicha o'tamiz:
https://account.samsung.com
Yuqoridagi sahifa ochilgandan keyin "Войти" tugmasini bosamiz quyidagi sahifada Samsung Account ma'lumotlarini (pochta va parol) ni kiritamiz va "Вход" tugmasini bosamiz.
Tizimga kirgandan keyin tizim bizga quyidagi sahifani taqdim qiladi:
1 raqami bilan belgilangan punktda smartfon ismi berilgan bo'ladi.
2 raqami bilan belgilangan punkt bizga kerakli tugma hisoblanadi.
"Разблокировка" tugmasi bosilgandan keyin quyidagi oyna ochiladi va ogohlantiradi:
"Agar parolingizni unutgan bo'lsangiz, telefonni masofadan turib blokini ochishingiz mumkin. Bu funksiyani ishlatganizda bloklash ekranidagi hamma ma'lumotlar o'chadi va bloklash paroli olib tashlanadi (agar barmoq izi bilan ochilsa u ham)."
"Разблокировать" tugmasini bosganimizdan so'ng smartfon avtomatik tarzda blokdan ochiladi. Smartfon blokdan chiqdi. Parolingizni esdan chiqarmaslik uchun qulay parollardan birini tanlab qo'ying. Va havola so'ngida yana bir narsani aytish kerakki, shu vaziyatlarni oldini olish uchun agar siz "Samsung Account" dan ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz hoziroq o'tishni maslahat beraman. Bu hech qancha vaqt talab qilmaydi. Shunchaki https://account.samsung.com adresi bo'yicha kirib sayt so'ragan ma'lumotlarni kiriting va sizning pochtangizga ro'yxatdan o'tganingiz to'g'risida xabar keladi.
Samsung Account smartfoningizga qo'shilgan yoki qo'shilmaganligini tekshirish uchun smartfonning "Настройки" bo'limidan "Облако и учетные записи" bo'limiga kirib "Учетные записи" punktini tanlaymiz. Bu yerda oxirgi punktda biz Samsung Accountni ko'rishimiz mumkin.
Samsung Account smartfonga ulandi.
#maqola
👉@Secretius👇
SHAREit (xitoycha „众联极享“, oʻzbekcha tarjimasi „baham koʻr“) — bu Wi-Fi protokolga ega qurilmalar oʻrtasida maʼlumot almashish uchun qoʻl keladigan bepul mobil dasturdir. Dastur yordamida istalgan turdagi fayllarni yuqori tezlikda bir qurilmadan ikkinchi qurilmaga joʻnatish mumkin, bunda hech qanday mobil trafik talab qilinmaydi.

Dastur haqida
Dastur Lenovo kompaniyasi tomonidan yaratilgan va Windows, Macintosh, Windows Phone, Android va iOS boshqaruvidagi istalgan qurilmaga simsiz ad-hoc tarmogʻi orqali maʼlumot uzatish uchun moʻljallangan. Dastur 39 tilda ishlay oladi, xususan, ingliz, rus, ispan, italyan, xitoy, arab va boshqalar. Ilk bor dastur Xitoyda 2012-yil iyunda Anyshare nomi bilan taqdim etilgandi. SHAREit yuklanishlar boʻyicha oʻzining raqobatchilari boʻlgan Xender, Zapya, Share Apps, SuperBeam, Pushbullet orasida yaqqol ustunlikka ega. Maʼlumot uzatishdan tashqari dastur CLONEit, CLEANit, SHAREit SD (Wi-Fi SD card), LISTENit, LOCKit va CONTROL xizmatlarini taqdim etadi. Bu dastur va shu kabilar yaratilgungacha maʼlumot uzatish uchun eng qulay va xavfsiz usuli Bluetooth yoki USB-flesh xotirasi boʻlgan. Bluetooth tezlik borasida oqsoqlik qilgan, USB-flesh xotira esa ulangan qurilmadan zararli viruslarni olishi ehtimoli katta boʻlgan. Bu kabi xabarlar koʻpgina universitetlar va jurnallarda eʼlon qilingan. Shu sabali ham Lenovo kompaniyasi Wi-Fi Directni ishlatgan holda fayl uzatuvchi dastur yaratish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. SHAREit dasturining 2017-yil taqdim etilgan 4.0.8 versiyasida logotipning biroz oʻzgarganiga guvoh boʻlishimiz mumkin, yaʼni uchta toʻgʻri chiziqlar oʻrniga uchta uchburchak chiziqlardan foydalanilgan. SHAREitning muhim xususiyati — u 5 ta qurilma ulanishi mumkin boʻlgan toʻgʻridan toʻgʻri simsiz aloqani hosil qiladi va bu kichik bir tarmoqni paydo qiladi.

Dasturning kamchiliklari va afzalliklari.

SHAREitning kamchilliklaridan biri bu uning koʻplab platformalarda ishlay olishidair, bunda har safar turli qurilmalardagi tarmoq sozlamalarini oʻzgartirib turish kerak. Dastur sizga Wi-Fi sozlamalarini sozlashingiz haqida tushuntirmaydi. Dastur fayl yuborishda „qaynoq nuqta“ni hosil qiladi va aynan shu narsani dastur sozlamalari orqali sozlash mumkin. Dastur tez-tez qotib qoladi yoki ishida muammolar paydo boʻladi. Ishlatish uchun yoʻriqnomaning yoʻqligi dasturni ishlatishda biroz qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.

Dastur kamchiliklari quyidagilar:

yoʻriqnoma kam;
doim ham ishlamaydi;
qotib qolish ehtimoli bor;
yangi yuborishlar uchun aloqani qayta ishga tushiradi.
Dastur istalgan turdagi va formatdagi maʼlumotlarni bir qurilmadan ikkinchi qurilmaga yuborish xususiyatiga ega. Ular rasm, musiqa, audio, videofayllar, dasturlar va boshqalar boʻlishi mumkin.

Dastur afzalliklari quyidagilar:
yuqori tezlik (20 M/s gacha);
har qanday fayllarni yubora olishi;
koʻplab platformalarda ishlay olishi va boshqalar.
Dastur uchun alohida litsenziya olish talab etilmaydi. Dastur hajmi hozirda 26-27 Mb atrofida boʻlib, Play Marketdan 1 mlrddan ziyod yuklab olingan. Bu xizmat eski qurilmadan yangisiga kontaktlar, SMS-MMS xabarlar, musiqa, rasm, dastur va boshqalarni nusxalab beradi.

Quyidagi dastur va mana bu dastur koʻplab qulayliklarga ega.

#apk #maqola #shareit
👉@Secretius👇
Hammaga salom!
Gamerlarga alohida salom!
Sizlarga syurprizim bor, avval yaxshilab oʻtirib, oldingizga suv quyib oling, "Birinchi oʼyinga tayyor" kinosi esingizdami?
Maqola👉 https://secretius.uz/startap-virtuix-omni-one-o%ca%bbyin-platformasi/

#site #posting #maqola
👉@Secretius
Forwarded from ️Secretius (Secretius)

Savollar va javoblar

1) Baʼzida Telegram, Instagram va hatto Google xizmatlari ishlamay qoladi? Bunga sabab nima? Bizda ularni "blok"lashganidanmi yoki shunga harakat qilishganidanmi?

Javob: Internet saytlari yoki ilovalari baʼzi vaqtlarda ishlamay qolishi yoki yaxshi ishlamasligi mumkin. Bunga:
1. Servisning serverlaridagi muammo yoki texnik tuzatish/toʻldirishlar;
2. Sayt yoki ilovaning dasturiy kodida xatolik;
3. Mahalliy tarmoqdagi internet uzilishlari boʻlishi ham mumkin;
4. Eng kam hollarda biror mintaqa yoki davlatda shu servisga tegishli domen va IP adressning bloklanishi.

2) Smartfonimga yangilanishlar kelaveradi, yangilaganim yaxshimi yoki yoʻq?

Javob:
Mana bu maqolaga qoʻshimcha sifatida "Android foydalanuvchilariga yangilanish kelsa nima qilish kerak?" aytib oʻtishim kerak boʻlgan yana bir jihat bor. Yangilanishning ham turlari bor. Beta va Barqaror (stabil).
Beta bu hali toʻliq ishlab chiqilmagan degani. Yangiliklardan birinchi bahramand boʻlmoqchilar uchun. Lekin ular xatoliklarga ham tayyor turishlari kerak. Undan keyin bu xatolar toʻgʻrilanib Barqaror versiya keyinroq chiqadi.

#savol #javob

UPD.: Servis faqat sizda ishlamayotganini downdetector.com sayti orqali bilib olishingiz mumkin.

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.