#Adliya_tanlov
📢📢 Huquqiy fanlar bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi
Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari uchun huquqiy fanlardan “Huquqiy fanlar olimpiadasi” va “Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy sud ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessi” tanlovlari o‘tkaziladi.
Maqsad yuridik texnikumlarning bilimli va iqtidorli o‘quvchi-yoshlarini aniqlash va ularning intellektual salohiyatini oshirish, olimpiada ishtirokchilariga yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan yosh olimlar va pedagog xodimlarni jalb qilgan holda “ustoz-shogird” an'analarini yanada mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga keng imkoniyatlarni yaratishdir.
Shuningdek, yuridik texnikumlar o‘quvchilarning nazariy bilimlarini yuridik amaliyot bilan bog‘lash ko‘nikmasini shakllantirish, o‘quvchilarning sudda nutq so‘zlash qobiliyatini rivojlantirish, o‘quvchilarda jamoada ishlash qobiliyatini, tezkor fikrlash, tahlil qilish hamda optimal qarorlarni qabul qilish ko‘nikmasini rivojlantirish, o‘quvchilarda kasb etika va umumiy kasbiy-huquqiy madaniyatni shakllantirish maqsadida Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida “Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy sud ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessi” tanlovlarini o‘tkazish tartibi ham tasdiqlandi.
Ta'kidlash joizki, har ikkala tanlov ham yuridik texnikumlar o‘quvchilarining intellektual qobiliyatini rivojlantirish va huquqshunoslikka nisbatan hurmat ruhini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
@adliyangiliklari

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yil 15-maydan 15-iyunga qadar “Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha huquqiy savodxonlik oyligi e'lon qilingan.
Oylik doirasida “Bir qadam” videoroliklar tanlovini o‘tkazish belgilangan.
Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.
Videoroliklarni baholash va g‘olibni aniqlashda quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi:
▫️mavzu mohiyatini to‘g‘ri tushunganlik;
▫️holatni yoritishda ta'sirchan ifoda;
▫️original yondashuv.
⏳Videorolikning davomiyligi 1 daqiqadan oshib ketmasligi kerak.
Tanlovga materiallar 10-iyungacha @birqadamtanlovibot Telegram boti orqali qabul qilinadi.
❗️Tanlovga taqdim etilgan videoroliklar hakamlar hay'ati tomonidan saralanib, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritiladi.
Tanlov g‘olibi planshet hamda diplom bilan taqdirlanadi.
Huquqiy, ijodiy salohiyatingizni namoyon eting va g‘olib bo‘ling!