ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

“Polvonlar” mahallasida sayyor qabul o'tkazildi

Qorako’l viloyat markazidan eng olisda joylashgan tumanlardan biri. Mazkur hududdagi “Polvonlar” mahalla fuqarolar yig’ini tuman ma’muriy markazidan qariyib 30 km masofadagi olis mahalalardan hisoblanadi. Hududdagi Kurash markazida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan “Yangi Zamon”, “Polvonlar” va “Mirob” mahallalari aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan Toshloqlik tadbirkorga buzilgan savdo do‘koni uchun 93 mln so‘m kompensatsiya puli undirib berildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Biz_birgamiz

Ikki kun davomida Toshkentda ''Biz birgamiz'' loyihasi doirasida 100 ga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar IV Respublika savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkada o‘z uylarida turli xil buyum va mahsulotlar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan, biroq ularni sotishda qiyinchiliklarga uchrayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar sotildi.

Ma'lumot uchun: Ushbu tadbir Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

@adliyangiliklari
#Biz_birgamiz

Tez orada ''Maftunkor ranglar jilosi'' tanlovi g‘oliblari aniqlanadi

Toshkent viloyatining tog‘ yon bag‘rida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida “Maftunkor ranglar jilosi” respublika ko‘rik tanlovi doirasida shaxmat sport turi va rasm chizish bo‘yicha bellashuvlar davom etmoqda.

Tanlov Adliya vazirligining ''Biz birgamiz'' loyihasining jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli tadbirlaridan biridir.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#Biz_birgamiz

“Maftunkor ranglar jilosi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Xabar berilganidek, bugun 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida “Maftunkor ranglar jilosi” respublika ko‘rik tanlovi doirasida shaxmat sport turi va rasm chizish bo‘yicha bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda respublikaning 14 hududidan jami 28 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Tanlovning rasm chizish turi bo‘yicha g‘oliblar:
1- o‘rin — Sevinch Baxriddinova (Buxoro)
2- o‘rin — Anora Samieva (Namangan)
3-o‘rin — Xosiyat Abdukulova (Sirdaryo)
Tanlovning shaxmat turi bo‘yicha g‘oliblar:
1-o‘rin — Elmurodov Islom (Buxoro);
2-o‘rin — Ergashev Abduqodirov (Andijon);
3-o‘rin — Shamiddinov Arslonbek (Sirdaryo)
Barcha g‘olib bolajonlarni tabriklaymiz!

@adliyangiliklari