ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
​#Adliyaspartakiadasi

Ruslanbek Davletov: Biz katta adliya jamoasimiz — sport esa bizni yanada jipslashtiradi!

“Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ayniqsa, xodimlarimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy ruhni kuchaytirish maqsadida Adliya vazirligi tizimida birinchi marta “Adliya spartakiadasi”ga start berdik.

Spartakiadada markaziy apparat va hududiy adliya organlaridan 135 nafar ishtirokchi sportning 10 turi bo‘yicha o‘zaro bellashadi.

Biz barcha ishtirokchilar o‘zidagi bor salohiyatni to‘liq namoyon etib, musobaqalarda eng so‘nggi soniyalargacha sog‘lom raqobat ruhida kurash olib borishiga ishonamiz. Biz kutgan natija aynan mana shu — o‘zaro sog‘lom va adolatli muhitni yanada kuchaytirish.

G‘oliblar musobaqa mezonlaridan kelib chiqib o‘z ishtiroki, erishgan natijasiga qarab munosib taqdirlanadi. Eng katta yutuq esa — bizning jipsligimiz, maqsadga tomon oxirigacha intilishimiz va eng yuksak marralarni ham qo‘rqmay oldimizga qo‘yishga ishonchimiz bo‘ladi.

Haqiqiy adliyacha timbilding!

Adliya xodimi deganda ham ishda, ham oilada, ham sportda, umuman jamiyat hayotida boshqalarga namuna bo‘ladigan ko‘p qirrali shaxs ko‘z oldimizda gavdalanishi kerak. Biz adliyachilarni shunday tasavvur qilamiz va shunga intilamiz.

Ishonamizki, bu kuchli start bo‘ladi: xodimlarimiz sport bilan bundan keyin ham doimiy shug‘ullanib borishadi”.

Ruslanbek Davletov,
adliya vaziri.


@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyaspartakiadasi

Joriy yilning 11—12-iyun kunlari Adliya vazirligi tomonidan tizim xodimlari uchun o‘tkazilayotgan “Adliya spartakiadasi” – ana shunday xayrli tashabbuslardan biri bo‘ldi.

Bellashuvning birinchi kuni. Jazirama yoz, havo ham faslga yarasha issiq. Ammo bu holat spartakiada ishtirokchilarini zarracha cho‘chitayotgani yo‘q.

Adliya xodimlari o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqish yuqoriligini nafaqat shu shashtdan, balki ularning ushbu musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rganidan ham bilish qiyin emas: zarur anjomlar shay, barcha sport formasida.

Soha xodimlari uchun mazkur yirik tadbir ilk marotaba o‘tkazilayotgani uchun ham – hamma uning boshlanishini intiqlik bilan kutmoqda. Tashkiliy jarayonlar esa, ko‘rib turganingizdek a'lo darajada.

Batafsil 👉videoda

@adliyangiliklari