ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Iqtibos

Ruslanbek Davletov, adliya vaziri:

Biz, huquqshunoslar milliy g‘oya sifatida, aholini qonun ustuvorligi g‘oyasi atrofida birlashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb hisoblaymiz. Chunki qonun odamlarning ahloqiy, siyosiy qarashlaridan qat'iy nazar yagona talablarni belgilaydi, barcha uchun majburiy me'yorlarni o‘rnatadi.

Qonun ustuvorligi esa shunday me'yorki, fikrlar xilma-xil bo‘lsa ham munosabat, yondashuv bir xil bo‘ladi, shu bilan birga qonun ustuvorligi turli xil fikrlarni ham hurmat qiladi, muammolar bir yoqlamalik bilan emas huquqiy vositalar bilan hal etiladi.

@adliyangiliklari
#Iqtibos

Ruslanbek Davletov: Samosud balki o‘sha zahoti kimningdir qonga to‘lgan ko‘zlarini yoki kuzatib turganlarning instinktini va ehtiyojini qondirar, lekin uzoq istiqbolda erkin jamiyat qurishga katta to‘siq bo‘ladi

Jamiyatdagi huquqiy ongni o‘lchovlaridan biri bu insonlarning bir biriga bo‘lgan cheklovlari va zo‘ravonligining cheklanishidir.

Ayniqsa, bizni jamiyatda samosud holatlari huquqing ongga teskari ishlaydigan holatdir. Oxirgi paytlarda bu holatlar ham oshib bormoqda.

Samosud balki o‘sha zahoti kimningdir qonga to‘lgan ko‘zlarini yoki kuzatib turganlarning instinktini va ehtiyojini qondirar, lekin uzoq istiqbolda erkin jamiyat qurishga katta to‘siq bo‘ladi va odamlarning adolatli va xavfsiz sharoitda yashashga ishonchini so‘ndiradi.

Shuning uchun, bu boradagi targ‘ibot va tashviqotni kuchaytirib, samosud holatlariga qarshi kurashishimiz lozim.

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisidagi adliya vazirining axborotidan

@adliyangiliklari