ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

12-aprel
▪️ So‘rovnoma: Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati a’lo baholandi.

▪️ Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

13-aprel
▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari Aktam Muxammadiyev Boyovut tumanidagi “Mirishkor” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

▪️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Adliya vazirligi mas'ul xodimlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ayni kunlarda ma'muriy adliya sohasida Yevropa tajribasini o‘rganish uchun Fransiya Respublikasiga tashrif buyurdi.

▪️ Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish departamenti direktori Alise Balode boshchiligidagi delegatsiya Adliya vazirligiga tashrif buyurdi.

13-aprel
▪️Adliya vazira Ruslanbek Davletov Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlot bilan uchrashdi.

14-aprel
▪️ “Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida Toshkent shahrida sayyor qabul o‘tkaziladi.

▪️ Davlat organlarining "Ochiqlik indeksi"da Adliya vazirligi yana birinchi o‘rinda.

▪️ Adliya vazirligi rahbariyati jizzaxlik tadbirkorlar bilan uchrashdi.

15-aprel
▪️ "Yuridik yordam ko'rsatish masalalari" mavzusida ovozli chat tashkil etildi.

▪️ O‘zbekiston delegatsiyasi ma'muriy adliya sohasida Fransiya tajribasini o‘rganmoqda.

▪️ Toshkentda “Yangi Oʻzbekistonda ommaviy xizmatning islohoti: ong va huquqiy siyosatdagi oʻzgarishlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ish boshladi.

▪️ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
____________

#Adliya_tahlil

▫️ Adliya vazirligi: Umumiy ovqatlanish sohasi takomillashtirishga muhtoj.

▫️ Madaniy boyliklar hisobining yuritilishi, ularning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalari: xorijiy tajriba va amaliyot.

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

18-aprel
▪️ Byudjetdan pul olmay xalqqa qulaylik yaratish mumkin. Yunusobodda boshqalarga o‘xshamagan yangi DXM ochildi.

19-aprel
▪️ AOKAda normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish borasida amalga oshirlgan ishlar va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

▪️ Senatda “Mahalliy vakillik organlarining norma ijodkorligi faoliyatida qonuniylikni ta'minlash hamda 2022-yilda o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayoni natijalari” mavzusida vebinar o‘tkazildi.

20-aprel
▪️ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A. Karimov Finlyandiyaning Favqulodda va muxtor elchisi I. Ryaysyanen bilan uchrashdi.

21-aprel
▪️ Beshariq tumanida yangidan barpo etilgan zamonaviy ko‘rinishga ega Davlat xizmatlari markazi ish boshladi.

▪️ Furqat tumanida ham zamonaviy ko‘rinishga ega davlat xizmatlari markazi ish boshladi.

▪️Adliya vaziri o‘rinbosari Aktam Muxammadiev tomonidan Urgut tumaning “Kenagas” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan ta’lim sohasi xodimlari uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bo‘lajak yosh yuristlar bilan uchrashdi.

▪️ Adliya vaziri Qarshi tumanidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan sohaga oid masalalarni muhokama qildi.

22-aprel
▪️ Adliya vazirligi tomonidan “Oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligini kamaytirish va kam ta'minlangan aholini bepul iste'mol mahsulotlari bilan ta'minlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

▪️ Adliya vazirligi nikohni qayd qilishda 1 oylik muddatni bekor qilish taklifini berdi.

▪️ AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish haqida so‘z bordi.

23-aprel
▪️ Adliya vazirligi qoshidagi «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi «Huquq yo‘nalishidagi eng faol nashriyot» nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

@adliyangiliklari