#Adliya_tainlov
Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markaziga yangi direktor tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xo‘jayev Kamoliddin Ulug‘bek o‘g‘li – Adliya vazirligi huzuridagi AKTRM direktori lavozimiga tayinlandi.
K. Xo‘jayev 1990 -yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 2013-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat bosqichini, 2016-yilda ushbu universitet hamda akademik almashinuv asosida Yaponiyaning Tsukuba universitetida magistratura bosqichini tamomlagan, xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat bo‘yicha mutaxassis.
U o‘z mehnat faoliyatini 2014-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boshlagan.
Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Davlat xizmatlari agentligida Davlat xizmatlarini raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Adliya vazirligi jamoasi Kamoliddin Xo‘jayevni ushbu tayinlov bilan chin dildan tabriklaydi. Kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!
@adliyangiliklari