ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.75K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_sayyor_qabul

Xabar berganimizdek, ayni vaqtda respublika ishchi guruhi Namangan viloyatida bo'lib turibdi. Ular tomonidan viloyatning olis va chekka hududlarida aholi muammolari o'rganilmoqda.

Navbatdagi qabul Yangiqo‘rg‘on tumanining Bog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida bo'ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi, Oliy sud vakillari hamda Adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan fuqarolar sayyor tartibda qabul qilindi.

Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga shu yerning o‘zida huquqiy tushuntirish berilib, alohida o‘rganish talab qiladigan murojaatlar tegishli tashkilotlar ish yurituviga olindi.

Mahallaning faol fuqarolari adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramovga kundalik hayotda uchrayotgan muammolar yuzasidan qonunchilikka ham takliflar berishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_sayyor_qabul

Respublika ishchi guruhi tomonidan o'tkazilayotgan sayyor qabullarning navbatdagisi Kosonsoy tumanini "Besh ketmon" MFY hududida joylashgan madaniyat markazida bo'lib o'tdi.

Qabul davomida Adliya vaziri o'rinbosari M. Ikramov tomonidan adliya idoralari vakolati doirasida yechimini topadigan muammolarga tegishli huquqiy tushuntirish berildi. Fuqarolardan kelib tushgan 5 ta murojaat ish yurituviga olindi.

@adliyangiliklari