ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Samarqandda intellektual mulk idoralari faoliyati va xizmatlar sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi


🏛2026-yil 25–26-noyabr kunlari Samarqand shahrida intellektual mulk idoralarida strategik yetakchilik va natijalarga yo‘naltirilgan boshqaruv masalalariga bag‘ishlangan mintaqalararo forum bo‘lib o‘tmoqda.

⚖️Adliya vazirligi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Kavkaz, Markaziy Osiyo, Sharqiy Yevropa va arab mamlakatlarining intellektual mulk idoralari rahbarlari va vakillari, xalqaro ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

❗️Forumning asosiy maqsadi – intellektual mulk idoralari ishini samarali tashkil etish, ixtirochilar, ijodkorlar va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha xalqaro tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

Intellektual mulk idoralarining faoliyati yangi ixtirolar, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish bilan bevosita bog‘liq. Arizalarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishi huquq egalariga o‘z ishlanmasi yoki brendini rivojlantirish, bozorga olib chiqish va undan foydalanishni rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Shu bois forumda idoralar ishini aholi va biznes ehtiyojlariga moslashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yaxshilash, ekspertiza sifatini oshirish, arizalarni ko‘rib chiqish muddatlariga rioya etish va murojaatchilarning qoniqish darajasini o‘rganish masalalarini muhokama qildi.

Muhokamalarning muhim mavzularidan biri idora faoliyatini bajarilgan ishlar soni bilan birga, ularning amaliy natijasi asosida ham baholash bo‘ldi.

Bunda intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish va mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shilgan hissa idoralar faoliyatining muhim amaliy natijalari sifatida qayd etildi.


📌Forumning birinchi kunida intellektual mulk idoralarining o‘zgarib borayotgan vazifalari, rahbarlarning faoliyatni tashkil etishdagi o‘rni va uzoq muddatli maqsadlarni belgilash masalalari muhokama qilindi. Xususan, strategik maqsadlarni yillik ish rejalariga aylantirish, har bir vazifa bo‘yicha kutilayotgan natija, mas’ul va muddatlarni aniq belgilash yondashuvlari ko‘rib chiqildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏3👍2
O‘zbekiston - Yevropa Ittifoqi hamkorligi: adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar bo‘yicha kichik qo‘mitaning 22-majlisi bo‘lib o‘tdi

 
Joriy yilning 24-25-noyabr kunlari Adliya vazirligida “O‘zbekiston – Yevropa” Ittifoqi adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar bo‘yicha kichik qo‘mitasining 22-majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga O‘zbekiston tomonidan adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov, Yevropa Ittifoqi tomonidan Eva Palatova hamraislik qildi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi muntazam muloqotning muhim mexanizmlaridan biri bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlarini muhokama qilish, amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan fikr almashish va kelgusidagi amaliy hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqish imkonini berdi.

Tadbir doirasida qonun ustuvorligini mustahkamlash, sud-huquq tizimini takomillashtirish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda tegishli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Majlis yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud masalalar va hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikrlar umumlashtirildi. Muloqot natijalari sud-huquq islohotlari, inson huquqlarini himoya qilish va xalqaro majburiyatlarni amalga oshirish sohalarida keyingi hamkorlik uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥2👏1
Yaşnobod tumanida sayyor qabul ötkazildi

Adliya vaziri örinbosari – Tölovga qobiliyatsizlik işlari agentligi direktori N. Muxammadiyev Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida sayyor qabul ötkazdi. Qabulda tadbirkorlar va fuqarolar bilan oçiq muloqot qilinib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Qabul davomida 40 dan ortiq tadbirkor va fuqaroning tölovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari, sud boşqaruvçilari faoliyati, uy-joy, yer va kadastr hamda boshqa masalalarga oid murojaatlari körib çiqildi.

Murojaatlarning 5 tasi joyida hal etildi, 26 ta murojaat belgilangan tartibda röyxatga olinib, mas’ullarga ijro uçun yönaltirildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan huquqiy tuşuntiriş va tegişli tavsiyalar berildi. Şuningdek, ikki nafar fuqaroga özini özi band qilişda amaliy kömak körsatildi.

Mas’ullarga yönaltirilgan murojaatlarning qonuniy va adolatli hal etilişi alohida nazoratga olindi.

📱Website📱Telegram
📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!

Konstitutsiyamizning ayrim muhim moddalari haqidagi videorolikni tomosha qiling.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

To‘rt mintaqa ekspertlari Samarqandda jamlandi: intellektual mulk sohasida nimalar o‘zgaradi?


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2❤1