ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

©️Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik — ilm-fan va ijodning muhim tamoyillari

✅Adliya vazirligi hamda Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamkorligida “Mualliflik huquqini himoya qilish” oyligi doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.

✅Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘rtasida mualliflik huquqiga hurmat, akademik halollik tamoyillariga rioya etish, plagiatning oldini olish hamda intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.


#MualliflikHuquqi #IntellektualMulk #AkademikHalollik #Plagiat

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Bankrotlik hukm emas. Ko‘pchilik shu so‘zini eshitganda, kompaniyaning hisobi butunlay nolga tenglashganini tasavvur qiladi. Aslida esa hammasi biroz boshqacha.


✅ Qonunchilikka ko’ra, korxona hamkorlari ya’ni bank yoki soliqchilardan bo‘lgan qarzini 3 oy davomida to‘lay olmasa va bu qarz miqdori belgilangan summadan oshib ketgan bo‘lsa, u to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

✅Ammo bu korxonani darhol yopish kerak degani emas. Galda vazifa ana shunday tadbirkorlik subyektlarini qayta “oyoqqa qo’yish”, qonun tilida sanatsiya qilish ya’ni sog’lomlashtirishdan iborat.

✅O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi To’lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi ishchi guruhi ana shu maqsadda Navoiy viloyatida bo’ldi. O‘rganish Nurota tumani va Navoiy shahrida toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonidagi 4 ta korxona faoliyati misolida olib borildi

✅Bunda korxonalarga tegishli mol-mulkning tarkibi, saqlanishi va undan foydalanish holati, mol-mulkni baholash, ijaraga berish va savdoga chiqarish jarayonlari hamda toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilining davomiyligi va uning choʻzilish sabablari tahlil etildi.

🔹Bugungi kunda ishchi guruh tomonidan, korxonalar faoliyatini tiklash va moliyaviy sogʻlomlashtirish imkoniyatlari, ish oʻrinlarini saqlab qolish hamda kreditorlar manfaatlarini taʼminlash masalalari bo’yicha belgilab berilgan chora-tadbirlar asosida sud boshqaruvchilari bilan muhokamalar tashkil etilmoqda. Korxonalarni sog’lomlashtirish maqsadida kreditorlar bilan kelishuvlarga erishilmoqda.

📱Website📱Telegram
📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2
#Mehr_ulash

❤️«Mehr ulash» — bir ezgu tomchi, bir hayotga umid

✔️Adliya vazirligida insonparvarlik, mehr-oqibat va ezgulikni targ‘ib etishga qaratilgan «Mehr ulash» donorlik aksiyasi tashkil etildi.

❗️Aksiyaning asosiy maqsadi — ixtiyoriy qon donorligining ahamiyatini keng targ‘ib qilish, donorlik madaniyatini rivojlantirish hamda inson hayotini saqlab qolishga qaratilgan ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.

✔️Tadbirda donorlarimiz ixtiyoriy ravishda qon topshirib, inson hayotini asrab qolishdek xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

✔️Donor qoni og‘ir kasalliklarni davolash, murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, qon topshirish — nafaqat tibbiy ehtiyoj, balki yuksak insonparvarlik va ijtimoiy mas’uliyat namunasidir.

✔️Unutmang, bir donor uch nafargacha inson hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shishi mumkin. Ba’zan bir ezgu qaror kimningdir hayotga bo‘lgan umidini tiklaydi, bir oilaga esa quvonch va ishonch bag‘ishlaydi

♥️ Bir ezgu tomchi — kimdir uchun yangi hayot imkoniyati!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤4👏3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏭 Samarqand viloyatida to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda

📍Samarqand viloyati hududidagi to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan yirik korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash, mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida amaliy choralar ko‘rilmoqda.

👥 Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi ishchi guruhi tomonidan bankrot korxonalarning haqiqiy holati joyiga chiqib o‘rganilmoqda.

📊 Har bir korxona bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish, faoliyatini tiklash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan aniq choralar belgilanmoqda.

🤝 Shuningdek, tegishli davlat organlari, tashkilotlar hamda korxona mulkdorlari bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔄 Kelgusida bankrot korxonalar faoliyatini tiklash, ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash hamda ish o‘rinlarini saqlab qolish bo‘yicha manfaatdor tashkilot va idoralar bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🎯 Asosiy maqsad — korxonalarni imkon qadar saqlab qolish, faoliyatini tiklash, ish o‘rinlarini asrash va yangi ish o‘rinlari yaratish!

📱Website📱Telegram
📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
#20_kun

🛡 1 KUN — 1 YECHIM

Har bir aniqlangan kamchilik — tizimni yaxshilash imkoniyati

Korrupsiyaviy xavf yoki kamchilik aniqlanganda faqat unga munosabat bildirish bilan cheklanib qolmaslik kerak.

🔹 Uning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, kelgusida takrorlanmasligi uchun choralar belgilanadi.

✅ Yechim: aniqlangan holatlarni tahlil qilish va profilaktik choralarni kuchaytirish.

🎯 Natija: bir xil muammolarning takrorlanish xavfi kamayadi.

#1Kun1Yechim

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
👍3❤2