ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.6K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
💥Live
#Sud_ex_konferensiya

Kadr ortidagi lahzalar, samimiy suhbatlar va yubiley shukuhi!


75 yillik tarixga bagʻishlangan anjuman nafaqat rasmiy nutqlar va tantanali marosimlar, balki qizgʻin muloqotlar, tajriba almashinuvi, yangi tanishuvlar va unutilmas taassurotlarga ham boy boʻlmoqda.

Minbardagi muhim fikrlar, kamera qarshisidagi intervyular, hamkasblarning samimiy uchrashuvlari, jurnalistlarning qizgʻin ish jarayonlari...

Bir tadbir — yuzlab taassurotlar, oʻnlab uchrashuvlar va tarixga muhrlanayotgan lahzalar!

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yilligi muhitini fotolavhalar orqali sizga ham ulashamiz.

Bu gal rasmiy kadrlardan tashqari, tadbirning oʻzgacha muhiti va jonli lahzalariga nazar tashlaymiz!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥Live
#Iqtibos
#Sud_ex_konferensiya

Purvi Pokxariyal: "Sud ekspertizasi — adolat va haqiqatga erishish yoʻlidagi muhim vosita"

"X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etayotganimizdan mamnunmiz.

Hindiston Milliy sud ekspertizasi fanlari universiteti Oʻzbekiston Respublikasi sud ekspertizasi markazi bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, mutaxassislar almashinuvi, oʻzaro tajriba oʻrganish va qoʻshma konferensiyalar tashkil etish borasida samarali aloqalar yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻzbekistonda jinoiy odil sudlov tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratilayotgani quvonarli. Bu yoʻnalishda Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor.

Bugungi kunda kiberjinoyatchilik koʻlamining ortib borayotgani, koʻplab jinoyatlarda mobil telefonlar va boshqa elektron qurilmalardan foydalanilayotgani raqamli sud ekspertizasining ahamiyatini yanada oshirmoqda.

Sud ekspertizasi jinoyatlarni fosh etish, haqiqatni aniqlash va adolatni qaror toptirishda muhim oʻrin tutadi. Shu bois raqamli sud ekspertizasi va kiberekspertiza sohasidagi ilmiy-amaliy salohiyatni yanada rivojlantirish zarur.

Biz Oʻzbekiston bilan ushbu yoʻnalishdagi hamkorligimizni mustahkamlash, ilgʻor tajribalarni oʻzaro almashish va sohani birgalikda rivojlantirishdan manfaatdormiz".


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
💥Live
#Iqtibos
#Sud_ex_konferensiya

"Sud va ekspertiza — odil sudlovni taʼminlashda bir-birini toʻldiruvchi muhim institutlardir"

Shukurov Akram Gʻayratovich - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari:

"Sud va ekspert oʻrtasidagi hamkorlik oddiy hujjat almashinuvi bilan cheklanmaydi. Sud tomonidan zarur materiallarni oʻz vaqtida taqdim etish, ekspert tomonidan esa ilmiy asoslangan, puxta va xolis xulosa tayyorlash odil sudlov sifatini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.
Ishonamanki, raqamlashtirish, amaliy muloqot va tajriba almashish imkoniyatlaridan samarali foydalanish sudlar va ekspertiza muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi hamda odil sudlov sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi".


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥Live
#Iqtibos
#Sud_ex_konferensiya

Husan Tangriyev:
Sud ekspertiza markazi yordamida 500 mlrd so'mlik noqonuniy tovarlar olib kirilishining oldi olingan

Noqonuniy tovarlarni fosh etishda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Bojxona qo‘mitasining asosiy hamkorlaridan biri. Oxirgi bir yil davomida markaz bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ekspertizalar natijasida 500 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi moddiy boyliklarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bundan tashqari, hamkorlik natijasida davlat budjetiga qariyb 100 mlrd so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirilishiga erishildi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2
💥Live
#Iqtibos
#Sud_ex_konferensiya

Sud ekspertlarining xolislik, mustaqillik va kasbiy masʼuliyatga tayangan faoliyatini yuksak qadrlaymiz


Ramazon Ashropov - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

"Ekspert mehnati chuqur bilim, aniqlik, sabr va halollikni talab qiladi. Har bir puxta asoslangan xulosa ortida inson taqdiri, uning huquqlari va adolatga boʻlgan ishonchi turadi. Tergovchi uchun har bir dalilning ishonchliligi, har bir holatning xolis tekshirilishi ish boʻyicha haqiqatni aniqlashda muhim oʻrin tutadi. 2025-yilda 22 mingdan ortiq ekspertiza oʻtkazilgan boʻlsa, joriy yilning 9 oyida 21 mingdan ortiq ekspertiza oʻtkazilgan. Sud ekspertlarining xolislik, mustaqillik va kasbiy masʼuliyatga tayangan faoliyatini yuksak qadrlaymiz. Markazning ilmiy va amaliy salohiyatini shakllantirgan faxriylar, oʻz bilimi va tajribasini yoshlarga oʻrgatib kelayotgan ustozlar mehnati eʼtirofga sazovor! Haqiqatni aniqlash va adolatga xizmat qilish yoʻlidagi sharafli mehnatingiz uchun minnatdorlik bildiraman!"


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
Ayni paytda Hindiston Milliy Sud ekspertizasi universiteti (NFSU) bilan aloqalar bo‘yicha ijrochi registrator, professor S.D. Jadeja bilan uchrashuv bo’lib o’tmoqda.

Unda adliya vaziri o’rinbosari Mirjalol Allakuliyev so‘nggi yillarda mamlakatimizda sud-ekspertlik faoliyatini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, uning ilmiy va amaliy salohiyatini yuksaltirishga davlatimiz rahbari darajasida alohida e’tibor qaratilmoqdaligini ta’kidlab o’tmoqda.
❤2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#Sud_ex_konferensiya

Mehnatimizni qadrlashganidan xursandmiz
Niyyora Saitova - sud eksperti

Markazimizning 75 yillik faoliyatini nafaqat xorijiy tashkilotlar, balki o‘zimizning idoralar ham e’tirof etmoqda. Bu biz uchun sharaf. Bu esa mehnatimiz besamar ketmayotganidan dalolat.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥Live
#Iqtibos
#Sud_ex_konferensiya

"Sunʼiy intellekt ekspertning oʻrnini bosmaydi, ammo uning imkoniyatlarini kengaytiradi"

Stepan Kulyomin –Shveysariyaning "Tecan" xalqaro biotexnologiya korporatsiyasining distributsiya va hamkorlik aloqalari boʻyicha katta menejeri

Bugungi kunda sunʼiy intellekt kriminologiya, kriminalistika va sud ekspertizasi sohalarida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Toʻgʻri, sunʼiy intellekt ekspertning oʻrnini toʻliq bosa olmaydi. Biroq u dalillarni toʻplash, tahlil qilish va tadqiqot jarayonlarini tezlashtirishda samarali yordamchi boʻla oladi. Shu bois dunyodagi koʻplab kriminalistik laboratoriyalar sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan faol foydalanmoqda. Shuningdek, turli mamlakatlarning kriminalistik laboratoriyalari oʻrtasida tajriba almashish, maʼlumotlar bazalarini oʻzaro integratsiya qilish va zarur axborotlarni tezkor almashish muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy texnologiyalar va xalqaro hamkorlik ekspertlarga vaqtni tejash, tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda ilgari imkonsizdek tuyulgan usullarni amaliyotga joriy etish imkonini beradi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥2