ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#oyning_eng_yaxshi_texnik_xodimi

🔷Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Xamroyeva Komila Yusuf qizi 2025-yilning dekabr oyi uchun vazirlik tomonidan “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.

🔷Komila Xamroyeva 2025-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.

🔷 K.Xamroyeva vazirlikdagi mehnat faoliyatini 2025-yilning iyun oyida Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida boshlagan.

🔷2025-yilning oktabr oyidan boshlab Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

🔷 K.Xamroyeva ish yurituvida bo‘lgan 15 ta qonunchilik hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazgan, shuningdek “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi qayta ishlanishida o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan yordam berib, rahbariyat ko‘rsatmalariga muvofiq, vazirlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

🔷Vazirlik jamoasi Komila Xamroyevani ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
20👏7👍4🔥4😢1
#oyning_eng_yaxshi_texnik_xodimi

🔷Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va ijro nazorati boshqarmasining 1-toifali ish yurituvchi kotibi Norbekova Sabina Ibrohimovna 2026-yilning yanvar oyi uchun vazirlik tomonidan “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.

🔷Sabina Norbekova 2019-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.

🔷Mehnat faoliyatini 2019-yilda 1-son Toshkent shahar yuridik kollejida Fuqarolik huquqi va mehnat huquqi fanlari o‘qituvchisi sifatida boshlagan.
▪️2020-yilda - Uchtepa tumani 11-son davlat notarial idorasi notarius yordamchisi;
▪️2020-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va ijro nazorati boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida davom ettirmoqda.

🔷Sabina Norbekova vazirlikning ichki hujjatlarini ijroga qaratib, Smartoffice tizimiga kiritib borish, Edo.ijro.uz tizimidagi Prezident hujjatlaridagi topshiriqlarni monitoring qilib, ijrosi bo‘yicha ma’lumot kiritib borish, mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya etish, boshqarma va xodimlar faoliyati yuzasidan bildirgi va boshqa hujjatlar tayyorlab, tizimlar orqali kiritish kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.

🔷Vazirlik jamoasi Sabina Norbekovani ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
10👏8🎉5🔥1
#oyning_eng_yaxshi_texnik_xodimi

🔷Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Shukurov El’dor Narzulla o‘g‘li 2026-yilning fevral oyi uchun vazirlik tomonidan “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.

🔷El’dor Shukurov 2024-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.

🔷Mehnat faoliyatini 2024-yilda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida boshlab, hozirga qadar faoliyatini davom ettirmoqda.

🔷El’dor Shukurov Minsk va Kishinyov konvensiyalari doirasida chet davlatlar hamda hududiy adliya organlaridan kelib tushgan 80 dan ortiq xat va hujjatlarning ijrosi ta’minlash, “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali kelib tushgan arizalar asosida 150 dan ortiq advokatning guvohnomasi chop etilishi, “E-notarius.uz” va “E-advokat.uz” elektron tizimlari bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolarga tizimdan foydalanish tartibi yuzasidan muntazam amaliy yordam ko‘rsatish kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.

🔷Vazirlik jamoasi El’dor Shukurovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍265🔥3👏1😢1
#oyning_eng_yaxshi_texnik_xodimi

Adliya vazirligi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Kenjayeva Marvaridxon Shuhrat qizi joriy yilning iyun oyi uchun “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.

🤔Marvaridxon Kenjayeva 2025-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan. Hozirda Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichi talabasi.

✔️Marvaridxon Kenjayeva Adliya vazirligida o'z mehnat faoliyatini 2025-yilda boshlab, hozirda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2 ta Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2 ta qarori xatlovdan o‘tkazish hamda ish yurituvida bo‘lgan 3 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda samarali faoliyat olib bormoqda.

🔖Faoliyati davomida fidokorona mehnati, intizomi va tashabbuskorligi bilan, hujjatlarning sifati va o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlashda ham yuqori mas’uliyat va fidoyilik namunasini ko‘rsatmoqda.

Vazirlik jamoasi Marvaridxon Kenjayevani ushbu e’tirof bilan tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida yanada yutuqlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥8👍3
#oyning_eng_yaxshi_texnik_xodimi

Adliya vazirligi Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Abdupataxova Omina Rustamovna joriy yilning iyul oyi uchun “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.

🤔Omina Abdupataxova 2008-yilda Toshkent yuridik kollejini tamomlagan. Hozirda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichi talabasi.

✔️Omina Abdupataxova Adliya vazirligida o'z mehnat faoliyatini 2008-yilda Adliya vazirligi Kadrlar boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlab, hozirda Inson resurslari boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida ish faoliyatini davom etirib kelmoqda.

➡️Omina Abdupataxova tomonidan Adliya vazirligida kadrlar bilan ishlash yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirish, adliya organlari va muassasalarining 1 998 nafar xodimiga xizmat guvohnomalari berish, vazirlik markaziy apparati xodimlarining tabeli va kunlik mehnat intizomi “MinJustHR” dasturi orqali nazorat qilish, xodimlarning mehnatga layoqatsizlik varaqalari, xizmat safarlari bilan bog‘liq hujjatlari hamda vazir buyruqlari tegishli elektron tizimlarda yuritish, xodimlarning shaxsiy yig‘ma jildlari va mehnat daftarchalari belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda 80 dan ortiq xodimga berilgan martaba darajalari bo‘yicha ko‘chirmalar taqdim etish kabi yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

🔖Faoliyati davomida fidokorona mehnati, intizomi va tashabbuskorligi bilan, hujjatlarning sifati va o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlashda ham yuqori mas’uliyat va fidoyilik namunasini ko‘rsatmoqda.

Vazirlik jamoasi Omina Abdupataxovani ushbu e’tirof bilan tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida yanada yutuqlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24👏14🔥7👍6