ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

⚔️ Adliya tizimi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Nu'mon Muxammadiyev ishtirokida tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

💬 Uchrashuv davomida yosh yuristlar o‘z amaliy tajribalariga tayangan holda qonunchilikni takomillashtirishga oid taklif va tashabbuslarini maxsus taqdimotlar orqali taqdim etdi. Shuningdek, "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida kasbiy rivojlanish, tashabbuskorlik va xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishish omillari yuzasidan fikr almashildi.

📈 Ochiq muloqot chog‘ida adliya tizimida yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda zamonaviy g‘oyalarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🏆 Tadbir yakunida tizimda namunali mehnat qilayotgan hamda uchrashuvda faol ishtirok etgan bir guruh yosh mutaxassislar faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Bunday uchrashuvlar yosh xodimlarning innovatsion g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda adliya tizimida ochiq muloqot muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3👏21
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

⚔️ "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i "Yoshlar kuni" munosabati bilan Sirdaryo tumanidagi "Ilg‘or" mahallasi yoshlari bilan uchrashdi.

💬 Muloqot davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari muhokama qilinib, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida hayotiy tajriba va tavsiyalar ulashildi.

🌱 Uchrashuv Sirdaryo tuman texnikumida davom etib, bu yerda yo‘lga qo‘yilgan gidroponika usulida ko‘chat yetishtirish jarayoni bilan tanishildi.

👩‍🌾 Amaliy master-klass davomida yosh agronom Saltanat Boybo‘sinova zamonaviy issiqxona texnologiyalari, gidroponika usulining afzalliklari, yuqori hosildorlikka erishish hamda suv va resurslarni tejash imkoniyatlari haqida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashiga xizmat qilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

⚔️ "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 Jizzax viloyati adliya boshqarmasida adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda "Black King" brendi asoschisi S. Abduvoidov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

💬 Uchrashuv davomida yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, biznesni yo‘lga qo‘yishning ilk bosqichlari, zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalari hamda "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida fikr almashildi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

👥 Muloqotda O‘zbekiston bolalar tashkiloti Jizzax viloyat kengashi sardorlari ham faol ishtirok etib, o‘z taklif va tashabbuslari bilan uchrashuv mazmunini yanada boyitdi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

⚔️ "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida amaliy seminar tashkil etildi

📍 Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Peshku tumanidagi "Peshku limonchilik ravnaqi" fermer xo‘jaligida yoshlar ishtirokida huquqiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

🌱 Seminar davomida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, tomchilatib sug‘orish tizimining afzalliklari, suv resurslaridan oqilona foydalanish, issiqxona xo‘jaligini samarali tashkil etish hamda "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida qishloq xo‘jaligida samarali faoliyat yuritish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, fermer xo‘jaligi mutaxassislari tomonidan amaliy master-klass namoyish etildi.

💬 Ochiq muloqot chog‘ida yoshlarga qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlikni boshlash, yer uchastkalaridan foydalanish huquqi, kredit va subsidiyalar, shuningdek davlat tomonidan yaratilgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan foydalanish tartibi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etishga xizmat qilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM