ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚔️ "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 Samarqand shahridagi Yoshlar kreativ bog‘ida "Yoshlar kuni" doirasida Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida o‘quv markazida tahsil olayotgan 50 nafardan ortiq yosh bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

💬 Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilinib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar yuzasidan fikr almashildi.

🎙 Tadbir doirasida "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida taniqli tadbirkor Akbar Maxmudov ham ishtirok etib, o‘zining hayotiy tajribasi, erishgan yutuqlari va bosib o‘tgan yo‘li haqida yoshlarga so‘zlab berdi.

🏆 Uchrashuv yakunida faol ishtirok etgan yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda davlat organlari va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚔️ "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida yoshlar bilan motivatsion uchrashuv o‘tkazildi

📍 Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan "Yoshlar kuni" doirasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi hamda "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida motivatsion muloqot tashkil etildi.

🤝 Tadbirda adliya tizimi xodimlari, tajribali advokatlar, mehnat faxriylari, hududiy adliya organlari yoshlari hamda yuridik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi.

💬 Uchrashuv davomida yoshlarga yuridik sohada muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, kasbiy rivojlanish imkoniyatlari, halollik va mas’uliyatning ahamiyati haqida tavsiyalar berildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga hayotiy misollar va amaliy tajribalar asosida javob qaytarildi.

👤 Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi birinchi o‘rinbosari yoshlarga mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar, adliya tizimidagi islohotlar hamda kasbiy salohiyatni ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan o‘z tavsiyalarini bildirdi.

"Muvaffaqiyat sirlari" mavzusidagi muloqot yoshlarni yuksak marralar sari ruhlantirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda adliya tizimi uchun malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81
🤝 Institut va YUNESKO vakillari o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasidagi amaldagi hamkorlik aloqalari sarhisob qilinib, yuridik ta’limni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xalqaro tajribalarni o‘quv jarayoniga joriy etish hamda malaka oshirish yo‘nalishlarida istiqboldagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, yuridik ta’lim sifatini oshirish, qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlar, seminar va treninglarni tashkil etish, shuningdek xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

🖥 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish va kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

📱minjusttraining.uz📱Facebook📱Instagram📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

🤝 Yosh arxivchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Jizzax viloyatidagi yosh arxivchi xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

💬 Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘rtasida ijtimoiy tadbirlarni yanada kengaytirish, arxiv sohasini rivojlantirish, shuningdek, "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida kasbiy tajriba va tavsiyalar yuzasidan fikr almashildi. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

📊 Qayd etilganidek, Jizzax viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalarida 66 nafar xodim faoliyat yuritadi. Shundan 24 nafari yoshlar hisoblanadi.

💡 Uchrashuv yakunida yosh arxivchilar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari va tashabbuslarini taqdim etdi. Xususan, "Arxiv karvoni" hamda "Eng yaxshi tuman arxivlari reytingi" loyihalari sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar sifatida taqdim qilindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM