ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚔️ Bo‘lajak tadbirkorlar uchun amaliy biznes uchrashuvi tashkil etildi

📍 Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Yoshlar kuni" doirasida Termiz shahridagi "IMKON TERMIZ" MCHJda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar uchun amaliy biznes uchrashuvi tashkil etildi.

🤝 Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar, davlat imtiyozlari hamda biznesni qonuniy tashkil etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🏭 Shuningdek, ishtirokchilar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, muvaffaqiyatli tadbirkorlar tajribasi, biznesni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.

💼 Yoshlarga imtiyozli kreditlar, soliq yengilliklari, davlat xaridlari, elektron savdo platformalari, grant va subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

✅ Tadbir yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda biznes yuritish madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3