ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar

⚔️ “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E. Tursunov tomonidan Kegeyli tumani Yoshlar markazida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilib, unda o‘quvchi-yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, ularning muammolariga yechim topish hamda ochiq va samimiy muloqot muhitini yaratish asosiy maqsad etib belgilandi.

💬 Uchrashuvda vazir yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. U yoshlarning ta’lim jarayoni, sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy sharoitlar va kelajakdagi rejalari bilan bog‘liq fikrlarini tinglab, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.

🤝 Tadbir davomida yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar atroflicha muhokama qilindi. Ularning muammolariga yechim topish, takliflarini amaliyotga joriy etish yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2🔥1👏1😢1
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar
⚔️ Zarbdor tumanida ijodkor yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍"Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

💬 Uchrashuvda viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati hamda tuman adliya bo‘limi mas’ullari ijodkor yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

📖 Muloqot davomida mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim, tadbirkorlik va ijtimoiy sohalarda yaratilayotgan imkoniyatlar hamda amaldagi imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

📚 Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning huquqiy savodxonligini yuksaltirish va intellektual salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Tadbir yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2